Bepul VPN — xavfsizligingiz uchun zararli.

DO`STLARGA ULASHING:

? Bepul VPN — xavfsizligingiz uchun zararli.

Siz ayrim saytlarni cheklab o’tish uchun VPNdan foydalanasiz. Ammo hamma ham pullik VPN’lardan foydalanmaydi. Bepul VPN’lar ma’lumotlaringizni sotishini bilasizmi?

? Mantiqan o’ylab ko’ring — VPN serverlarini joylashtirish va ishga tushirish pullik. Nega endi kompaniya sizga VPN’ni shunchaki tekin qilib qo’yishi kerak? Axir u bankrot bo’ladi-ku. Yo’q, u shunchaki ma’lumotlaringizni reklama beruvchilarga sotadi. Siz qaysi saytlarga kirishingiz, Google’ga nima deb so’rov berishingiz barchasi 3-shaxslarning bazasiga boradi.

Yaqindagina 21 mln. Android uchun VPN foydalanuvchilarininig ma’lumoti sotuvga qo’yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Baza 3 ta mashxur VPN’larning ma’lumotlarini saqlagan — SuperVPN, ChatVPN, GeckoVPN. VPN tanlashda ehtiyot bo’ling!

? @itechmedia — #VPN

2 комментария к “Bepul VPN — xavfsizligingiz uchun zararli.”

Оставьте комментарий