Biznes sohasida eng kerakli top 10 saytlar.

DO`STLARGA ULASHING:

Biznes sohasida eng kerakli top 10 saytlar. (1–qism)

1. Entrepreneur.com
• Ingliz tilidan tarjima qilganda «tadbirkor» so’zini anglatuvchi «entrepreneur» sayti, barcha yoshdagi katta va kichik tadbirkorlar o’qishi lozim bo’lgan ajoyib bloglar sayti.

2. Wall Street Journal (http://wsj.com/)
• Dunyo bo’ylab eng yirik biznes-jurnallardan biri bo’lgan bu saytda eng yaxshi maqolalar, yangiliklar, turli xil informatsiyalar(biznes boshlashdan tortib to uni moliyalashtirishgacha) mavjud.

3. Business Owner’s Toolkit by BizFilings. (http://bizfilings.com/)
• Biznesdagi turli tuman formulalar, foydali strategiyalarni va 0 dan biznes boshlashni shug’ullantiruvchi sayt.

4. Ben’s Blog (https://a16z.com/author/ben-horowitz/)
• Start up larni qanday rivonlantirish, qanday qilib yaxshiroq CEO bo’lish va shu kabi juda ham kerakli mavzularga doir darslar taqdim qiladi.

5. Fizzle.co
• Yaxshi ko’rgan ishingiz bilan shug’ullanib, chiroyli va unumdor biznes boshlashni onlayn-treyninglar orqali o’rgatuvchi foydali sayt.

Biznes sohasida eng kerakli top 10 saytlar. (2–qism)

6. LinkedIn (http://linkedin.com/)
• Barcha o’z sohasining professionallarida bo’lishi zarur bo’lgan eng yaxshi sayt. Bu yerda siz eng yaxshi biznesmenlarni, IT mutaxassislarini va turli kasb egalarini shahsiy va ijtimoiy hayotdan yaqinroq tanishingiz mumkin.

7. Tara Gentile (http://taragentile.com/)
• Tara Gentile biznes motivator va strategist bo’lib, u endi biznes boshlayotgan va biznesda ma’lum bir darajaga yetgan tadbirkorlarni biznesni chin dildan boshqarish va biznesda hissiyotlarni to’g’ri boshqarish bo’yicha tadbirkorlarga dars beradi.

8. A smart bear (https://blog.asmartbear.com/)
• Biznes va marketing bo’yicha qiziqarli strukturalar va biznes g’oyalarni ajoyib karikaturalar bilan beruvchi sayt.

9. Ducttape Marketing (https://ducttapemarketing.com/)
• Bu sayt biznes-marketolog John Janstchning biznes bo’yicha ajoyib blog-postlar va elektron-kitoblar taqdim qiluvchi juda ham foydali sayti. Bloglar tushunarli tilda yozilgan.

10. Ted.com
• 15 daqiqadan oshmaydigan turli xil biznesga doir videolar mavjud ajoyib sayt.

👉 @biznes_talim – #Top10

Оставьте комментарий