Pulni qanday taqsimlash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Pulni qanday taqsimlash kerak?

Pulni boshqarish ilmi bu — ilmlarning eng muhimlaridan biridir. Pul ilmi haqida gapirganda, «6 Kuvshin» usuli eng qulay va soddalaridan biri hisoblanadi. Ushbu usulga ko’ra siz o’z daromadlaringizni quyidagi tartibda taqsimlaysiz:

Sayt yaratish va internetda pul topish
Sayt yaratish va internetda pul topish

1. 55% — zaruriy ehtiyojlar uchun, ya’ni ro’zg’or harajatlariga.

2. 10% — qimmatbaho harajatlar. Ushbu pulni siz uzoq vaqt ishlatiladigan mahsulotlar, masalan avtomobil xarid qilish uchun yig’ishingiz mumkin.

3. 10% — ta’limga. Ushbu pulni eng avvalo o’zingizga sarflang. Kitob olib o’qing yoki seminar va treninglarda qatnashing.

4. 10% — investitsiya. Bu summani siz ikkinchi yoki uchinchi daromad manbalarini yaratish uchun investitsiya qiling.

5. 10% — jamg’arma. Bu pulni siz «qora kun»ga olib qo’ying. Inson qanchalik optimist bo’lmasin, ertangi kun qanaqa bo’lishini bilib ololmaydi. Shu sababli mablag’ingizning ma’lum qismini «qora kun»ga asrab qo’yganingiz ma’qul.

6. 5% — xayru ehson. Ushbu kuvshinga ajratgan pulingizni siz xayru ehsonga, yoki qarindoshlar va oila a’zolaringizga hadyalar xarid qilishga sarflashingiz mumkin.

Ishoning, daromadlaringizni ushbu uslubga ko’ra taqsimlash va qoidaga qat’iy rioya qilish sizni HH yaqin bir necha yil ichida moliyaviy mustaqil bo’lishingizni ta’minlab beradi!

Abdulboriy Qodir

10 комментариев к “Pulni qanday taqsimlash kerak?”

  1. Пингбэк: สล็อตวอเลท

  2. Пингбэк: dumps pin shop 2022

  3. Пингбэк: Belfast escorts

  4. Пингбэк: nova88

  5. Пингбэк: สินเชื่อที่ดินแลกเงิน

  6. Пингбэк: sbo

  7. Пингбэк: disable screenshot

  8. Пингбэк: long range hunting rifles for sale​

  9. Пингбэк: types of passive income

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek