Boʻlajak bolangiz koʻzining rangi

DO`STLARGA ULASHING:

Boʻlajak bolangiz koʻzining rangi

Koʻpchilik boʻlajak onalar bolaga kimning genlari oʻtishini aniqlash uchun koʻp vaqt sarflaydi. Uning koʻzlari xuddi shunday moviy rangda boʻladimi? Yoki unga xolavachcha buvi Jeyinning ajoyib yashil koʻzlari oʻtadimi?

Ota-onasi koʻzlarining rangidan qatʼi nazar, yevropa irqidagi deyarli barcha bolalar moviy koʻzlar bilan tugʻiladi. Bu yangi tugʻilgan chaqaloqlar koʻzidagi rangdor pardada toʻq-jigarrangga boʻyalishni taʼminlovchi «melanin» pigmenti hali ishlab chiqarila boshlamaganligidan sodir boʻladi. Bola koʻzining asl rangini uch yoshgacha aniq aytib boʻlmaydi.

Koʻzlarning rangini nima belgilaydi

Koʻzlarning rangi- bu ikkala ota-ona genlarining majmui bilan belgilanadigan jismoniy oʻziga xoslik.

Olimlarga maʼlum koʻzlar rangining uchta geni mavjud, lekin ularning ikkitasigina tegishli ravishda oʻrganilgan. Ular jigarrang, yashil va moviy koʻz ranglarini oʻtishini tushuntiradi. Biroq, ular nima uchun ayrim bolalarning koʻzlari kulrang, och-jigarrang yoki boshqa tusda ekanligini tushuntirib bermaydi.

Genlar- bu nasliylikning asosiy birliklari; ular bolaning koʻpgina hos belgilarini aniqlab beradi. Genlar shuningdek, juft boʻlib oʻtadi. «Allellar» genlarda aniqlanadi va har qanday belgini namoyish boʻlishini belgilab beradi. Har bir oʻtgan jihat ikkita allellar sababli boʻlgan.

Bitta allel boshqa allelning ustidan ustunlik qiladi. U dominantli deb ataladi, ustunlik qilolmagani esa retsessiv deb ataladi. Koʻzlarning rangiga kelsak, jigarrang allel har doim yashil va moviydan ustunlik qiladi, yashil allel esa har doim moviydan ustunlik qiladi, moviy esa, oʻz navbatida, har doim retsessiv hisoblanadi.

Jigarrang ko`zlar odamlarda va dunyoning ko`p qismida dominant hisoblanadi. Dunyo aholisining yarmidan ko’pida ular bor. Ko’zning ko’k rangi retsessiv genlarning natijasidir.

huggies.uz

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek