Bolani mustaqil hojatga o’rgatish mashg’ulotini qachon boshlash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Bolani mustaqil hojatga o’rgatish mashg’ulotini qachon boshlash kerak?
Bolani mustaqil hojatga o’rgatishning eng muhim jihati — bola har qancha vaqtda hojat chiqarishini bilishi hisoblanadi. Bolani o’z xohishidan qat’iy nazar, tezroq gorshokka o’rgatmoqchi bo’lgan biz kattalar esa bola siydik yo’llaridagi o’zgarishlarni o’zi kuzatishiga to’sqinlik qilamiz. Bunda bolakay bir necha marotaba tagini ho’llab qo’yishi va buni noqulayligini his qilishi normal holat. Mustaqil hojatga o’rgatish, ya’ni bolani gorshokka o’rgatishning eng optimal vaqti 18 oy hisoblansa-da, bu har bir bola organizmining individual holatiga bog’liqdir. Bolani mustaqil hojatga o’rgatish vaqti kelganini bilish uchun bolakayni xatti-harakatlarini kuzatish lozim. Masalan, ko’plab bolalar hojat bajarayotganida tikka turib oladilar. Bolalar, odatda, hojatlarini yurgan holatda bajaradi, lekin ular siydik yo’llarining mushaklarini nazorat qilishni boshlaganlarida yurishmaydi, balki turishadi, kutishadi, xojat chiqarishadi va yana yurishni davom ettiradilar. Bunda bolakay xojat chiqarmoqchi bo’lganida, ota-onasining yoniga borib oladi yoki qayerlargadur berkinib, xojatini chiqargandan keyingina yana o’z ishida davom etaveradi. Bolani gorshokka o’rgatish vaqti kelganini aynan shu harakatidan oson payqab olasiz.
Shundan so’nggina 3kunlik qoidani bajarsangiz ham bo’ladi.
Xo’sh, uch kunlik qoida nima?
Bu sinov qoidasi. Shunga ko’ra, birinchi kunda bolakayga har qanday suyuqlikni shimib, bola ostini quruq saqlab turadigan bir martalik taglik emas, namni o’ziga singdirib olmaydigan matoli taglik ishlatishingiz lozim. Chunki bolakay qachonki namlikni his qilsa, bu unda noqulaylik hissini tug’dirsa, shundagina undan halos bo’lish uchun qandaydir belgi berishga majbur bo’ladi. Bu majburiyat esa, unda shu namlikni oldini olishni, natijada esa, gorshokka o’tirib ishini bajarish ko’nikmasini shakllanishiga yordam beradi. Agar bolaga qancha ko’p namlikni yaxshi shimadigan va unga qulaylik tug’diradigan bir martalik tagliklar kiydirsangiz, unda mustaqil xojatga bo’lgan extiyoj kamayib boradi.
Demak, mashg’ulotning birinchi kunida bolaga namlikni noqulayligini his qilishi mumkin bo’lgan matoli ko’p martalik taglik ishlatish kerak. Shunda bolakay ho’llik noqulayligini his qiladi va sekin-astalik bilan siydik yo’llari mushaklarini ishlata boshlaydi.
Ikkinchi kuni mato butunlay olib tashlanishi kerak. Bolaga «agar xohlasang, senga boshqa taglik kiydirmayman», deya taklif bildiring. Matoli taglik kiydirmasdan, trusik yoki ishtoncha kiydiring. Bola hojatini kiyimiga bajarganida , u namlanishning noqulayligini ko’proq his qiladi va bu noqulaylik uchun o’zi yechim izlay boshlaydi.

Uchinchi kuni ular o’zlarining yechimlarini ishlab chiqara boshlaydilar. Ba’zi bolalar nima bo’layotganini to’liq anglamasligi mumkin. Bu holatda uning yoniga kelib, «Senga bu holat yoqmayapti, to’g’rimi, kel, unda gorshokka o’tiramiz, shunda taging ho’l bo’lmaydi, xohlasang, men senga yordam beraman», deya unga o’z yordamingizni taklif qiling.

Xo’sh, tunda nima qilish kerak?
Aslida, tungi to’sishlar kunduzgiga qaraganda bir qancha osonroq. Qachonki, bolakay kunduzi gorshokka o’tirish ko’nikmasini shakllantirganda,tungi xojatlar ham o’z — o’zidan bolaning nazorati bilan bajariladigan bo’ladi. Buning uchun dastlabki kunlarda bolakayga yordam berib, to kunduzgi to’sishlar normaga tushmaguncha, tunda har ehtimolga qarshi matolik tagliklar ishlatib turamiz. Chunki bolakay noqulay namlikni his qilishi biz uchun asosiy OLTIN qoida !
@ uyqumashguloti
Davomi..👇👇
Boshlanishi..
Bolani mustaqil xojatga o’rgatish mashg’uloti ham onalardan metin iroda va tog’dek sabr talab qiladi. Albatta, bu mashg’ulotni boshlashdan oldin o’zingizning emotsional holatingizni to’g’ri baholab, barqarorlashtirishingiz zarur. Asosiysi, bolakayga o’zingiz bilmagan holda hissiy jarohat yetkazib qo’yishdan extiyot bo’ling! Buning uchun esa quyidagilarni qilmasligingiz zarur :
1. Oshiqcha his-tuyg’ular va reaktsiyalardan saqlaning! Emotsional barqaror bo’lishga va hotirjamlikni ushlashga harakat qiling.
2. Hojatga borasanmi, deb tez-tez so’ramang. Bu holat bolakayni bezdirib qo’yishi va bu mashg’ulotga g’ayriodatiy, deb qarashiga olib keladi.
3. Bolaga axlatini ko’rsatmang. 4.Hojatxonada bolani kutib, bezor qilmang. Vaziyatni tezlashtirmoqchi bo’lmang.
5. Vahimaga tushmang, shoshmang
TURK TILIDAN
NODIRA ADHAMOVA
Tarjimasi.☺️
@ uyqumashguloti

Оставьте комментарий