Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun dars ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

 Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: Kimlar?, nimalar? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar(Mustahkamlash).
Mavzu: Kimlar?, nimalar? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar(Mustahkamlash).
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kim?, kimlar?, nima?, nimalar?, shaxs, narsa-buyum.
Soatlar soni: 45 daqiqa.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Kim?, nima? so’roqlariga javob bo’lgan birlikdagi so’zlar va kimlar?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan ko’plikdagi so’zlar bilan amaliy tanishtirish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Mustahkamovchi dars
Metod: suhbat, tushuntirish,  muammoli izlanish,  munozara.
Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin.
Jihoz:  Slaydlar, mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.
Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta’limiy: Kim?, nima? so’roqlariga javob bo’lgan (bitta shaxs va bitta narsani bildirgan) birlikdagi so’zlar va kimlar?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan (ikki va bir necha narsa va shaxsni bildirgan) ko’plikdagi so’zlar bilan amaliy tanishtirish.
Tarbiyaviy: odamlar orasida o’zaro hutmat – ehtirom munosabatia bo’lish
Rivojlantiruvchi: mavzu yuzasidan bilim,malaka va ko’nikmasini shakllantirish.
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o’quvchilar kim?, nima? so’roqlariga javob bo’lgan birlikdagi so’z va kimlar?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni mustahkamlaydi.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
Bajariladigan ish nomi
Metod
Vaqt
1-bosqich  Tashkiliy qism
O’quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
Suhbat
3 daqiqa
2-bosqich
(Reflektsiya)
Ehtiyojlarni aniqlash
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
Munozara
2 daqiqa
3-bosqich
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
     a) Uy vazifasini tekshirish.
b) O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
 
Savol javob
Tarmoqlash metodi
5 daqiqa
4-bosqich.
Yangi mavzu bayoni.
  1. Darslikdan 155-mashq orqali tushuntiriladi.
 2. 156-mashq shartiga ko’ra bajariladi.
  3.Dam olish daqiqasi.
(slayd asosida olib boriladi)
 4. 156-mashq mustaqil bajartiriladi.
 5. Lug’at ishi
Suhbat
Savol          javob
Tushuntirish
8 daqiqa
6 daqiqa
3 daqiqa
5 daqiqa
 3 daqiqa
5-bosqich.
Mustahkamlash.
“Davom ettir” o’yini o’tkaziladi.
Muommoli       izlanish
6 daqiqa
6-bosqich. Baholash.
1. O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.
2. Dars yakunlanadi.
1 daqiqa
  1 daqiqa
7-bosqich.
Uyga vazifa
157-mashq.
Uyga vazifani o’quvchilarga tushuntirib beriladi.
Tushun-tirish
2 daqiqa
                                  
                          Darsning borishi:
         
  1. Tashkiliy qism:
  2. a)
  3. b) Davomat aniqlanadi.
  4. c) Qish fasli haqida ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
  — O’lkamizda hozir qaysi fasl?
  — Qish fasli qaysi oydan boshlanadi?
  — Qishda qaysi bayramlar nisonlanadi?
  — Qish haqida kim she’r aytadi?
Shundan so’ng darsda rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar e’lon qilinadi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslatib o’tsam. Bular
  1. Intizom
2.Ahillik
3.Faollik
  1. Aniqlik
  2. O’ng qo’l qoidasi
  3. Boshqalar fikrini hurmat qilish (Slayd orqali ham namoyish etiladi)
  1.    Uyga vazifani mustahkamlash.
O’qituvchi: O’quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi?
          O’quvchi: Uyga 154-mashq berilgan
          O’qituvchi: Hamma bajarib keldimi?
          O’quvchilar: ….
Tarmoqlash  metodi orqali uyga vazifanimustahkamlaymiz.
  1. Yangi mavzu bayoni.
   Darslikdagi 155 – mashq sharti o’qiladi.  Matn chegaralari aniqlanadi. Kimlar so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar aniqlanadi.
O’qituvchi: Kim so’rogiga javob bo’ladigan so’zlarni toping
Kim? Davronboy
Kim? Omonboy
Kim? Aka
Kim? Uka
  1. Dam olish daqiqasi.
Slayd orqali olib boriladi.
  156-mashq sharti o’qitiladi. Kimlar so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar aniqlanadi.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.
 
          Davom ettir o’yini o’ynaladi. Bunda o’quvchilar Kim/ so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni aytishlari lozim bo’ladi.
               6.Baholash.
-Darsda nimalarni bilib oldingiz?
— ……
     Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi
 
  1. Uyga vazifa.
157-mashq.
So’roq o’rniga mazmunga mos so’zlarni qo’yib, gaplarni ko’chiring Shaxsni bildirgan so’zlarni tagiga chizing.
Kim paxta teradi? — Paxtakor

Оставьте комментарий