Butan Qirolligi

DO`STLARGA ULASHING:

Butan Qirolligi
འབྲུག་རྒྱལ་ཁབ་
Druk Gyal Khap

Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Janubiy Osiyodagi, Himolay tog‘larining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming km2. Aholisi 782 937 kishi (2017). Poytaxti — Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga bo‘lingan.

Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshlig‘i — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.

Оставьте комментарий