Biografiya

Murod Muhammad Doʻst (1948)

Murod Muhammad Doʻst 1948 yili Samarqand yaqinidagi Jom qishlogʻida tugʻildi. Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetida, soʻng Moskvadagi adabiyot institutida tahsil oldi. U “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida, “Sharq yulduzi” jurnalida, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida, “Oʻzbekkino” Davlat aksiyadorlik kompaniyasida xizmat qildi. Ijodi oʻtgan asrning 70-yillaridan boshlanib, “Qaydasan, quvonch sadosi?” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1976 yili nashr etildi. Shundan soʻng adibning […]

Murod Muhammad Doʻst (1948) Читать дальше »

Barot Isroil (1938)

Barot Isroil 1938 yilda Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq (hozirgi Ohangaron) tumaniga qarashli Toshsoy qishlogʻida, dehqon oilasida dunyoga keldi. 1953 yilda Toshkent poligrafiya texnikumida matbaachi ixtisosini egallab, 1956 yildan Toshkent shahridagi 1-sonli bosmaxonada ish faoliyatini boshlaydi. Ayni shu yillari “Imtihon” sheʼrini yozib, oʻzi yashagan tumanning “Mashʼal” gazetasida eʼlon qildiradi. Isroil Toshkent davlat pedagogika institutida (1960–1966) tahsil

Barot Isroil (1938) Читать дальше »

Isajon Sulton (1967)

Isajon Sulton 1967 yilda Fargʻona viloyati, Rishton tumanidagi Avazboy qishlogʻida tavallud topdi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1985–1990 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Adibning “Munojot” (1990), “Oydinbuloq” (1995), “Boqiy darbadar” (2011), “Ozod” (2013), “Bogʻi Eram” (2015) nomli kitoblari chop etildi. “Ozod” romani uchun muallif Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun

Isajon Sulton (1967) Читать дальше »

Tolib Yoʻldosh (1918–2002)

Bolalar va kattalarning ardoqli shoiri Tolib Yoʻldosh 1918 yil Toshkentning Chilonzor mavzei, Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. U turmush tashvishlari bilan boʻlib, qirq yoshidan soʻng ilm egallashga kirishadi. Tayyorlov va kechki kurslarda oʻqidi. Tolib Yoʻldoshning birinchi sheʼriy toʻplami “Boʻri bilan chol” 1943 yilda chop etilgan. “Shundan beri, ‒ deb yozadi shoir tarjimai holida,

Tolib Yoʻldosh (1918–2002) Читать дальше »

Omon Matjon (1943)

Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topdi. Oʻrta maktabni tugatgach, Samarqand davlat universitetida tahsil oldi. 1969–2002 yillar mobaynida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Choʻlpon” nashriyotida direktor boʻlib ishladi. Omon Matjon oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab matbuotda oʻz sheʼrlari bilan koʻrina boshladi. Keyinchalik shoirning eng

Omon Matjon (1943) Читать дальше »

Muhammadsharif Soʻfizoda (1880–1937)

Muhammadsharif Egamberdi oʻgʻli Soʻfizoda oʻzbek demokratik va maʼrifatparvarlik davri adabiyoti anʼanalarini davom ettirgan adiblar sirasiga kiradi. Adibning shaxsiy ishidagi savol varaqasida “Soʻfizoda 1880 yilning 29 yanvarida Chustda, kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan, maʼlumoti oʻrta, asosiy kasbi oʻqituvchilik, qilib turgan vazifasi va ishi shoirlik boʻlib, oilasi 8 jondan iborat”, deb koʻrsatilgan. Soʻfizodaning adabiyotga ixlosi juda erta uygʻonadi.

Muhammadsharif Soʻfizoda (1880–1937) Читать дальше »

Uygʻun (1905–1990)

Rahmatulla Otaqoʻzi oʻgʻli Uygʻun 1905 yili hozirgi Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyatining Marki qishlogʻida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qishlogʻidagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida oʻqidi. 1925 yildan boshlab Toshkent qishloq xoʻjalik texnikumida oʻzbek tili va adabiyotidan dars berdi. Uygʻun 1927 yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga oʻqishga kirib, Mirtemir, Hamid Olimjon, Amin Umariy, Hasan Poʻlatlar bilan tanishadi.

Uygʻun (1905–1990) Читать дальше »

Mahmud Toir (1952)

Mahmud Toir 1952 yil 31 avgustda Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Parkent qishlogʻida tavallud topdi. Nizomiy nomidagi oʻrta maktabni bitirgach (1959–1969), Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetining kechki boʻlimiga oʻqishga kirdi. Ayni paytda talabalar shaharchasidagi qurilish tashkilotida duradgor boʻlib ishladi. Harbiy xizmatdan soʻng oʻqishni davom ettirdi. Respublika radiosining bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida ishladi. “Parkent

Mahmud Toir (1952) Читать дальше »

Muhammad Rahimxon II – Feruz (1844-1910)

Feruz XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyotida oʻziga munosib oʻringa ega boʻlgan adiblardan biridir. U shoir, musiqashunos, davlat arbobi va feodal hukmdor edi. Feruz, yaʼni Muhammad Rahim 1844 yilda Xivada Said Muhammad oilasida tavallud topdi. U boshlangʻich maʼlumotini xususiy muallimdan oladi, biroz muddat madrasada tahsil koʻradi, davlat, huquq ilmini esa unga zamonasining

Muhammad Rahimxon II – Feruz (1844-1910) Читать дальше »

Normurod Norqobilov (1953)

Normurod Norqobilov 1953 yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanidagi Qishliq qishlogʻida tugʻildi. Harbiy xizmatda boʻlib qaytgach (1971–1973), zavod-fabrikalarda slesar, temir yoʻl depolarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk tushiruvchi boʻlib ishladi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1976–1982). 1982–1983 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida xizmat qildi. 1983 yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib

Normurod Norqobilov (1953) Читать дальше »