Biografiya

Burhonuddin al-Margʻinoniy (1123-1197)

Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123 yil 23 sentyabrda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom xuquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din va-l-milla[1] va Burhonuddin al-Margʻinoniy[2] nomlari bilan mashhurdir. Burhonudsin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning […]

Burhonuddin al-Margʻinoniy (1123-1197) Читать дальше »

Matnazar Abdulhakim (1948–2010)

Matnazar Abdulhakim 1948 yilning 20 fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlogʻida tugʻildi. Rossiya Federatsiyasi Taganrog davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Harbiy xizmatdan soʻng Urganch tuman roʻznomasida boʻlim mudiri, maktablarda rus tili va adabiyoti muallimi boʻlib ishladi. Jurnalistika bilan shugʻullandi. 1982–1997 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimida adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha Xorazm Maʼmun akademiyasida ilmiy

Matnazar Abdulhakim (1948–2010) Читать дальше »

Shavkat Rahmon (1950–1996)

Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentyabrda Oʻsh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1966 yili oʻrta maktabni bitirgach, qurilishda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishladi. 1973 yili Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul xodim boʻlib

Shavkat Rahmon (1950–1996) Читать дальше »

Luqmon Boʻrixon (1965)

Luqmon Boʻrixon 1965 yilning 15 iyulida Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanining Yangiobod qishlogʻida tugʻildi. 23-oʻrta maktabni bitirgach, 1983–1985 yillarda harbiy xizmatni oʻtadi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan soʻng “Turkiston”, “Maʼrifat” gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri oʻrinbosari vazifalarida xizmat qildi. “Begimqul katta” hikoyasi “Yoshlik” (1987) jurnalida chop etilib, ustozlar

Luqmon Boʻrixon (1965) Читать дальше »

Ahmad Donish (1827-1897)

Ahmad Donish yoki Ahmad Kalla deb nom qozongan Ahmad ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-Xanafi as-Siddiqiy al-Buxoriy Buxoro amirligida XIX asrning oʻrtalarida yashab ijod etgan, ilgʻor fikrlari bilan nom qozongan shoir, mutafaxkir, maʼrifatparvardir. U 1827 yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Shu yerdagi maktab va madrasalarda bilim olib, oʻz davrining ilgʻor olimi va mutafakkiri darajasiga koʻtarildi. Ahmad

Ahmad Donish (1827-1897) Читать дальше »

Toʻra Sulaymon (1934–2005)

Toʻra Sulaymon 1934 yili Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Yoyilma qishlogʻida tugʻildi. 1936 yilda oilasi Mirzachoʻlga koʻchirma qilingan shoir oʻz tarjimai holida shunday yozadi: “Mening qaysi yili tugʻilganim aniqmas. Enamning aytishlariga qaraganda, qolaversa, oʻzimning qachon maktabga borib, qachon roʻzgʻor ishlari bilan kattalarday jiddiy shugʻullana boshlaganimni eslasam, tugʻilgan yilim oʻttiz ikkinchi yilga toʻgʻri keladi. Bunday deyishimning sababi,

Toʻra Sulaymon (1934–2005) Читать дальше »

Oydin Hojiyeva (1942)

Oydin Hojiyeva 1942 yilning 22 aprelida Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi Boʻston qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi (1960–1965). “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1965–1976), “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri (1976–1985), “Gulxan” jurnali (1985–1994), “Saodat” jurnali (1994–2013), jurnal ilovasi “Gulchehralar” gazetasi bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Ilk kitobi

Oydin Hojiyeva (1942) Читать дальше »

Kavsar Turdiyeva (1958)

Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻildi. 1975 yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Soʻng Leningrad davlat universitetida oʻqishni davom ettirdi (1981). Kavsar Turdiyeva Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil

Kavsar Turdiyeva (1958) Читать дальше »

Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505)

XV asrning ikkinchi yarmida Xurosonda Alisher Navoiy atrofida toʻplangan alloma, shoir va donishmandlar orasida mashhur va qomusiy talant egalaridan biri Voiz Koshifiydir. Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tugʻilgan, uning ota-onasi, bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors,

Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) Читать дальше »