Biografiya

Munis Xorazmiy (1778-1829)

Amir Avazbiy oʻgʻli Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmdayashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va marifatparvardir. Munis oʻzbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli oʻrinni egallaydi. U muarrix sifatida oʻzining “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarini yozdi, shoir sifatida devon tuzdi. Tarjimon sifatida tarixiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima […]

Munis Xorazmiy (1778-1829) Читать дальше »

Latif Mahmudov (1933)

Bolalar va oʻsmirlar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Latif Mahmudovdir. U 1933 yilning 1 iyulida Toshkent shahar Mirobod mahallasida tugʻildi. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimida tahsil oldi (1951–1956). Mehnat faoliyatini Respublika radiosida muharrirlikdan boshlab, keyinchalik Bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar Bosh tahririyati Bosh muharriri vazifasida (1958–1978) xizmat qildi. 1979 yildan esa

Latif Mahmudov (1933) Читать дальше »

Sharafiddin Ali Yazdiy (vafoti – 1454 yil)

Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma” asarining muallifi sifatida tarix zarvaraklarida mangu muhrlangan muarrixlardan boʻlib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning birinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft mavzeida (Taft-i-Yazd deb ham atalgan), taxminan XG/

Sharafiddin Ali Yazdiy (vafoti – 1454 yil) Читать дальше »

Haydar Xorazmiy (XIV – XV asrlar)

Haydar Xorazmiy (14-asrning oxiri – Xorazm – 15-asrning 1-yarmi) – shoir. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Muhokamat ul-lugʻatayn” asarlari hamda oʻzining “Mahzan ul-asror” dostonida berilgan. Haydar Xorazmiy asosan Xorazmda yashagan va ogʻir hayot kechirgan. Birmuncha vaqt Hirotda temuriylardan Umar-shayxning oʻgʻli Sulton Iskandar

Haydar Xorazmiy (XIV – XV asrlar) Читать дальше »

Bahodir Karim (1966)

1966 yil 7 fevralda Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati Toza-yormish qishlogʻida tugʻilgan. 1983 yili Toza-yormish qishlogʻidagi 30-oʻrta maktabni bitirdi. 1984–1986 yillarda Primorye oʻlkasida harbiy xizmatda boʻldi. 1986 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU) oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilindi va uni 1991 yili imtiyozli diplom bilan bitirdi. Bu dargohda O. Sharafiddinov, U. Normatov, B. Qosimov, N. Xudoyberganov, L.

Bahodir Karim (1966) Читать дальше »

Sunnatilla Anorboyev (1922–2003)

Taniqli adib, mohir jurnalist Sunnatilla Anorboyev 1922 yilda Janubiy Qozogʻiston viloyatining Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida tavallud topgan. Avval toʻliqsiz oʻrta maktabda, soʻngra Namangandagi pedagogika texnikumida tahsil oldi. Nihoyat, Toshkent davlat pedagogika institutida oʻqishni davom ettirdi. 1942–1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etdi. Urushdan qaytgach, oʻqituvchilik qildi. 1949 yillardan boshlab respublika gazeta-jurnallarida faol qatnasha boshladi. Sunnatilla

Sunnatilla Anorboyev (1922–2003) Читать дальше »

Erkin Samandar (1935)

Shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlogʻida dunyoga kelgan. Xorazm davlat pedagogika institutida tahsil olgach (1952–1957), Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi Beruniy nomli oʻrta maktabda oʻqituvchi (1957–1958)lik qildi. Shundan soʻng Urganch tumani “Paxtakorlar ovozi” gazetasining texnik kotibi boʻldi. OʻzFA til va adabiyot instituti aspiranti (1967), Oʻzbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining

Erkin Samandar (1935) Читать дальше »

Azizxon Qayumov (1926–2018)

Qoʻqonlik mashhur oʻqituvchi Poʻlatjon Qayyumiy xonadonida 1926 yilning 19 yanvar kuni dunyoga kelgan Azizxon oilada uchinchi farzand, ikkinchi oʻgʻil edi. Bu maʼrifatparvar oiladan keyinchalik ikki mashhur adabiyotshunos yetishib chiqishi bejiz boʻlmagan. A. Qayumov Qoʻqondagi 3-oʻrta maktabda mohir muallimlar qoʻlida tahsil koʻrish bilan birga, bolalikdan sheʼrga havasi tufayli Oʻzbekiston xalq shoiri Charxiy domlaga ham shogird boʻlgandi.

Azizxon Qayumov (1926–2018) Читать дальше »

Izzat Sulton (1910–2001)

Yirik adabiyotshunos, isteʼdodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yilda Oʻsh shahrida tugʻildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga oʻqishga keladi. Avval “Namuna” ish maktabi, soʻngra taʼlim-tarbiya texnikumida oʻqiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda oʻqituvchilik qiladi. Izzat Sulton 1930 yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqiydi. Samarqand shahrida chiqadigan “Batrak” gazetasi tahririyatida masʼul

Izzat Sulton (1910–2001) Читать дальше »

Abu Bakr Narshaxiy (899-959)

Abu Bakr Narshaxiy – Markaziy Osiyo tarixnavisligining ilk qadimiy durdonalaridan biri boʻlmish “Tarixi Buxoro” deb shuhrat topgan nodir asarning muallifidir. U oʻz asarini 943–944 yillarda arab tilida yozgan va uni shu yillarda taxtga oʻtirgan Somoniylar davlati hukmdori Amiri Hamid, yaʼni Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943–954)ga bagʻishlagan. “Buxoro tarixi”ning oʻzida

Abu Bakr Narshaxiy (899-959) Читать дальше »