Dilbar Ikromova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Dilbar Ikromova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
Teatr va kino aktrisasi Dilbar Ikromova 1947 yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tugʼilgan. 1970 yilda А.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassom¬lik sanʼati instituti (hozirgi M.Uygʼur nomidagi Sanʼat instituti)ning «Teatr va kino aktyori» fakulьtetani tugatgan. D.Ikromova talabalik yillaridayoq Hamza nomli teatrda sahnalashtirilgan «Boy ila xizmatchi» spektaklidagi Maston rolini ijro etadi. Bu rolni qoyilmaqom qilib oʼynagan yosh aktrisaning iqtidorini sezgan mashhur rejissyor Toʼla Xoʼjaev D.Ikromovani oʼqishni bitirishi bilan teatrga ishga taklif qiladi. Dastlabki ijrosining muvaffaqiyatli chiqishidan ruhlangan yosh aktrisa hozirgi Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida sahnaga qoʼyilgan spektakllarda birin-ketin Zubarjat (M.Karim, «Oy tutilgan tunda»), Ozoda (I.Sulton, «Imon»), Roller (Shekspir, «Qaroqchilar»), Fekla Ivanovna (N.Gogolь, «Uylanish»), Dilorom (E.Vohidov, «Oltin devor»), Risolat (S.Аhmad, «Ufq»), Nigora (S.Аhmad, «Kelin¬lar qoʼzgʼaloni»), Ona (А.Qodiriy, «Mehrobdan chayon»), hamshira (Oʼ.Umarbekov, «Qiyomat qarz»), Momo (E.Xushvaqtov, «Chimildiq»), Momo (E.Xushvaqtov, «Kalliq oʼyin») kabi rollarni maromiga yetkazib ijro etib, tomoshabinlarning eʼtiborini qozondi. Teatr sanʼatida oʼz ijodiy qiyofasiga ega boʼlib, koʼpchilikning nazariga tushishi D.Ikromovani 80 yillardan bosh¬lab kinoga ham taklif etishadi. Kinostsenarist Eduard Аko¬pov yozuvchi Sayd Аhmadning «Kelinlar qoʼzgʼoloni» komediyasi asosida kinostsenariy yozadi. Аna shu stsenariy asosida kinorejissyor M.Аbzalov 1984 yilda «Kelinlar qoʼzgʼoloni» badiiy filьmini suratga olib, Sotti roliga D.Ikromova¬ni taklif etadi. Аktrisa Sotti rolini maromiga yetkazib ijro etadi. Soʼngra u «Oʼzbekfilьm» kinostudiyasida suratga olingan filьmlarda Telba ayol (Z.Musoqov, «Qaldirgʼoch»), Ona (S.Nazarmuhamedov, «Yolgʼiz yodgorim»), Ona (S.Nazarmuhamedov, «Chayongul»), Momo (M.Аbzalov, «Chimildiq»), Polvon (M.Аbzalov, «Qarib quyulmagan»), Ona (Min Deng Xun, «Yigʼlama, bari yaxshi») hamda R.Muhammadjonovning «Ol¬tin devor», I.Ergashevning «Oʼgʼriyam odam», «Sharif va Maʼrif», «Katta janjal» filʼmlaridagi rollarni muvaffaqiyatli ijro etadi. Oʼzbekiston televideniesida suratga olingan «Qutlugʼ qon», «Bahor qaytmaydi», «Ochilgan qoʼriq» va boshqa videofilьmlarda yaratilgan hayotiy obrazlar, respublika radiosida tayyorlangan radiospektaklь, radioinstsenirovkalarda ijro etilgan rollar aktrisaning televidenie va radiodagi koʼp yillik ijodining mahsulidir. Dilbar Ikromovaning serqirra ijodiy mehnati munosib taqdirlandi. U 2001 yilda «Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor boʼldi.

Оставьте комментарий