Dunyodagi eng keksa jonivor.

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyodagi eng keksa jonivor.

Jonatan laqabli toshbaqa Yer yuzida hayot kechirayotgan eng keksa jonivor deb tan olindi. U 2022-yilda 190 yoshni qarshilaydi. Toshbaqaning ogʻirligi 440 kilogrammga teng. U Avliyo Yelena orolida hayot kechiradi. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, Jonatan 1832-yilda dunyoga kelgan.

Uning Avliyo Yelena oroliga 1882-yilda olib kelingani haqidagi qaydlar bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Odatda Jonatanning turdoshlari oʻrtacha 50 yil hayot kechirishadi. Toshbaqa oʻzi yashaydigan orolda 31 ta gubernator almashganini koʻrgan, bu vaqt davomida AQSh da 40 ta prezident almashgan.
Jonatan bugungi kunda veterinarlarning doimiy nazorati ostida hayot kechirmoqda.

Оставьте комментарий