Elektron pochta yaratish , xat jo`natish va qabul qilish

DO`STLARGA ULASHING:

Elektron  pochta yaratish , xat jo`natish va qabul qilish
Biz eng ko’p tarqalgan pochta xizmati ko’rsatuvchi mail.ru pochta-axborot portali bilan tanishamiz.Yangi pochta adres yaratish uchun mail.ru pochta-axborot portalining bosh sahifadagi “Sozdat pochtu” bandi yoki “Registrasiya v pochte” bandlaridan biri tanlanadi. Natijada ekranda ro’yxatdan o’tish anketa so’rovnomasi joylashgan sahifa ochiladi:

Elektron pochta dushmani — SPAM haqida
Bu sayt orqali  virus haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Endi viruslarni birma bir ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Bu maqolada spam haqida yozmoqchiman. Ba’zi birovlar spamni virus tarkibiga qo‘shishmaydi, to‘g‘ri hammani o‘z fikri bir. Agar mani fikrim qiziq bo‘lsa, kompyuterga zarar keltiradigan barcha narsa virusdir, shu qatorda spam ham.
 Spam(spam) bu — sizga kerak bo‘lmagan, siz kutmayotgan xabardir. To‘liqroq aytadigan bo‘lsak, noma’lum insondan, noma’lum tashkilotdan reklama ko‘rinishiga ega bo‘lgan elektron xujjatdir. Ko‘pincha elektron xujjatga nisbatan spam ishlatiladi. Lokal tarmoq ichida ham spam xabarlar bo‘lishi mumkin. Spamning yomon tomoni shundaki, u keraksiz xabarlar bilan elektron pochtangizni to‘latib yuboradi, trafikni kerak bo‘lmagan xabarlarni ochish uchun sarf qilishga olib keladi. Agar spam xabarlarning soni juda ko‘plab, tezlikda kelsa, pochta serverini ishdan chiqishiga, internet kanalining yuklamasi oshib ketishiga ham olib kelishi mumkin. Spam jo‘natadigan insonlar yoki tashkilotlar spamerlar deyiladi.
Spam orqali, saytga kiruvchilarni hisoblaydigan hisoblagich ko‘rsatkichini oshirish ham mumkin. Shuning uchun sayt yaratishda spamga qarshi filterlar qo‘yiladi. Oddiy misol, kommentariya yozishda CAPTCH(avtomat tushunmaydigan son yoki harflarni yozish) tizimining yo‘lga qo‘yilganligi. Shu orqali xabar qoldirayotgan shaxs inson yoki robot orqali amalga oshirilayotganini nazorat qilish mumkin.
Asosan spamlar skript orqali foydalanuvchilarga jo‘natiladi, biror algoritm tuziladi va ommaga taqdim etiladi. Shu bilan birga, spam xabarlarni birma bir qo‘lda jo‘natadigan turlari ham chiqib qoladi.
Spam orqali quyidagi xabarlar kelishi mumkin:
— Pullik qo‘ng‘iroqlar. Biror mahsulot reklama qilinadi va nomer ko‘rsatilib, shu nomerga qo‘ng‘iroq qilish taklif etiladi. Qo‘ng‘iroq qilsangiz, avtojavobbergich ko‘taradi va sizga ulanganingiz uchun pul yoziladi.
— Pullik piramidalarni reklamasi. Sizning pulingiz ko‘payib ketishi aytiladi, lekin dastlab biror summa tikish kerak deb ham qo‘yadi.
— Ma’lumotlar yig‘ish. Biror anketa jo‘natiladi va siz to‘latgan ma’lumotlar yig‘ilib, statistika qilinadi.
— Troyanlarni jo‘natish. Troyan dasturchalar sizning kompyuteringiz haqida ma’lumotlar to‘playdi.
Bulardan boshqa turlari ham bor, biror turiga yo‘liqqan bo‘lsangiz, kommentariyada shu haqida yozib qoldirishingiz mumkin. Bu boshqalar uchun foydali bo‘ladi(siz tushgan holatga boshqalar tushmasin).
Spam xabar kelgan manzillarni bilib, ulardan keladigan xabarlarni bloklab qo‘yish mumkin, lekin spam jo‘natiladigan manzillar har safar o‘zgarib keladi va siz hammasini bloklab qo‘ya olmaysiz. Spam yoki spam emasligini xatni ochmasdan bilish mumkin, spam xabar manzili ko‘pincha tushunarsiz ko‘rinishga ega bo‘ladi va xabar mavzusi ham sizga notanishdek tuyuladi.Bunday hollarda elektron xatlarni ochmay, darrov o‘chirib yuborish kerak bo‘ladi.
Hammasi tushunarli, lekin spammerlar, sizning pochta manzilingizni qayerdan olishadi? Hammasi oddiy, siz o‘z pochta manzilingizni kiritib, biror forum yoki biror saytlarda ro‘yxatdan o‘tasiz, yoki kamida kommentariya yozasiz. Bo‘ldi manzil tayyor, maxsus manzillarni yig‘adigan dasturlar bor, shular orqali spammerlar manzilingizni topib olishadi va spam jo‘natadigan manzillar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishadi, qarabsizki hamma yeringiz spam.
Qisqacha «wikipedia» dan olingan, spam tarixini yozib o‘tsam. SPAM bu mahsulot belgisi bo‘lib, 1936 yilda tashkil etilgan. SPAM savdo belgisi ostida Hormel Foods Corporation firmasi go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqgan. Asosan bu mahsulotlar harbiylar uchun tayyorlangan, keyinchalik mahsulot ko‘pligidan boshqalarga ham sotilgan. Bu mahsulotning reklamasi juda ko‘p joylarda bo‘lgan: barcha do‘konlarda, restoranlarda, radiolarda, avtobus va tramvaylarda. Keyinchalik, 1986 yil bir hil turdagi xabarlar ko‘payib ketadi, ya’ni moliyaviy piramida mavzusida va bu biznesning reklamasi ko‘pligini oldingi davrdagi SPAM mahsulotiga o‘xshatishadi. Keyinchalik bu ommalashib barcha keraksiz elektron xabarlarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi.

12 комментариев к “Elektron pochta yaratish , xat jo`natish va qabul qilish”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  2. Уведомление: sbobet

  3. Уведомление: แทงบอลโลก

  4. Уведомление: click over here now

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: visiter le site Web

  8. Уведомление: discover here

  9. Уведомление: Best universities in Africa

  10. Уведомление: health tests

  11. Уведомление: superkaya88

  12. Уведомление: psychedelic drugs cause which of the following effects quizlet

Комментарии закрыты.