Erkaklar «Sustligini» 7 sababi.

DO`STLARGA ULASHING:

Aytishlaricha erkaklarning shaxvoniylik (seksual) xissiyoti oddiy xolat: agarda ayol ko‘ngildagidek va sevimli bo‘lsa bu borada xech qanday muammolar bo‘lmasligi kerak.

 

1. «Oshiqcha» yoki «yetmasligi»
Erkaklar potensiyasi individual xususiyatlari va yoshiga bog‘liq. Seksologlar fikricha erkaklarning normal jinsiy aloqalari chastotasi kuniga uch maxaldan to oyiga bir maxalgacha tebranishi mumkin. Urtacha chastotasi 30 yoshgacha erkaklarda xaftasiga 3 va undan ortiq marta, 30 yoshdan keyin xaftasiga 2-3 marta, 60 yoshdan keyin 8-9 kunda bittaga to‘g‘ri kelishi mumkin. Androloglar fikricha 30-45 yoshlardagi erkak kishi uchun xaftasiga xech bo‘lmasa bir marta jinsiy xayot bilan cheklanish norma xisoblanadi. Ma’lumki potensiyani saqlashning eng yaxshi yo‘li muntazam jinsiy xayoi kechirish. Tabiat bu to‘g‘risida ratsional – u qaysi a’zolar «xarakatda» bo‘lsa shu a’zolarni energiya bilan ta’minlaydi. Muskullarni ortiqcha zo‘riqtirish xam mumkin emas. Bu ularning bo‘shashishi shu jumladan potensiyaga xam zarar yetkazishi mumkin.

2. Xayot tarzining bir xilligi
Ma’lum bir lavozimda, bir xil faoliyat turi bilan uzoq vaqt (5-6 yil) ishlash ijodiy potensialni susayishiga va mexnat unumdorligini pasayishiga olib keladi. Bunday bir xillik ruxiy charchash, sezgilarni o‘tmaslashuvi olib keladi. Vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli komandirovkalar va turistik sayoxatlarda bo‘lish xayotga rang baranglik olib kirib, ijodiy to‘lqinlanishga sabab bo‘ladi.

 

3. Noto‘g‘ri ovqatlanish.
Ortiqcha ovqatlanish, ratsionda yog‘li va shirin maxsulotlarni ko‘pligi semirishga sabab bo‘ladi. Bu esa nafaqat jismoniy dangasalik, balki reflekslarning pasayishi va mayda kapillyarlardagi (shu jumladan urug‘dondagi) aterosklerotik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Kon tomirlar devorining yo‘g‘onlashuvi jinsiy a’zolar oziqlanishining buzilishi va kerak paytlarda qon bilan to‘lishini buzilishiga olib keladi. 40 yoshdan ortgan insonlarda esa noto‘g‘ri ovqatlanish qandli diabet shakllanishi va potensiyani stabil pasayishiga sabab bo‘ladi.
Seksual faoliyatni Ye vitaminiga boy maxsulotlar kuchaytiradi: yong‘ok, kungaboqar pistasi, jigar, tuxum, grechka va suli yormasi, o‘simlik moyi, vitamin S tutuvchi dengiz maxsulotlari (baliq), beta-karotinga boy maxsulotlar (sabzi, petrushka, shaftoli, karam, shirin murch).

 

4. Turmushdagi disgarmoniya.
Jinsiy xayotdagi uzoq muddatli tanaffus erkaklarda boshlang‘ich paytlarda muammolarga sabab bo‘ladi. Ayollar buni ayriliq paytidagi xiyonat deb xisoblaydi. Aslida bu uzoq «tiyilish» natijasi bo‘lib, bunday paytlarda muammolarni xal qilish ayol kishining xulqiga bog‘liq. O‘zaro tushunishlar asosida qurilgan munosabatlar bunday vaqtinchalik kamchiliklarga ko‘z yumadi.

 

5. Alkogol ichish.
Ayrim erkaklar ichkilik yordamida «sherga» aylanishiga ishonishadi. Kichik dozalarda alkogol ichish xaqiqatda stimulyatsion ta’sir etadi. Bu ayniqsa uyatchan va qa’tiyatsiz erkaklar uchun «dadillik dozasi» xisoblanadi. Ammo alkogolni ko‘p miqdorda ichish aromatazalar miqdorini kamaytiradi. O‘z navbatida aromatazalar yetishmovchiligi gipofizdagi testosteron ajralishini ta’minlovchi markazlarga tormozlovchi ta’sir etadi. Ma’lumki testosteron miqdori erkaklarning seksual faolligi bilan to‘g‘ri proporsional xisoblanadi.

 

6. Ayollarni tez-tez almashtirish.
Turg‘un seksual buzilishlar doimiy «sherikka» ega bo‘lmagan erkaklarda ko‘p uchraydi. Ularni tez-tez almashtirib turish va «tasodifiy aloqalar» insonni ruxiy zo‘riqishi va turli xil infeksion kasalliklarni «ilashtirib olishiga» sabab bo‘ladi.

 

7. Sport.
Mutaxassislar fikricha katta sport nafaqat inson salomatligiga balki qandaydir ma’noda pensiyaga xam salbiy ta’sir etadi. Professional sport inson imkoniyatlari chegarasidagi jismoniy va ruxiy zo‘riqishlar bilan kechadi.
Aynan potensiyani kuchaytiruvchi sport turlari xam mavjud bo‘lib ularga: suzish, chang‘ida uchish, tennis, ertalabki gimnastika va yugurish, aerobika va baydarkada suzish kiradi.
© www.gepamed.uz

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek