FAT32 formatli fleshkani, ichidagi fayllarini saqlagan holda NTFS formatiga o’tkazish

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

FAT32 formatli fleshkani, ichidagi fayllarini saqlagan holda NTFS formatiga o’tkazish
#ancha_foydali

Hozirda fleshkalar, 2 xil turdagi format asosida format qilinmoqda: FAT32, NTFS.
FAT32 asosan, fleshkani Linux tizimiga, televizorga, avtomobilga, videoregistratorga ulashda ishlatilmoqda. Bu format turining asosiy kamchiligi 4GB’dan katta fayllarni yozib bo’lmasligida(FAT32 va NTFS haqida alohida post yozaman).
NTFS bu — Windows tizimiga tegishli format turi.

Formatlar haqida qisqa yozib o’tdim, endi ko’pchilikda bo’lgan quyidagi holatni ko’rib chiqamiz.

Sizda FAT32 formatli fleshka mavjud, uni ichida kerakli fayllar bor. Siz bu fleshkaga 4 GB’dan katta fayl yozmoqchisiz, lekin yozolmaysiz, sababi format boshqa, bu muammoni yechimlaridan biri, fleshka ichidagi barcha fayllarni biror joyga tashlab, keyin uni NTFS formatda formatlab, so’ng, ko’chirilgan fayllarni qayta fleshkaga yozish. Bu vaqt talab qiladigan jarayon.

Quyida FAT32 formatni, fayllarni saqlagan holda NTFS formatga o’tkazishni oson usulini ko’rsataman:

1. FAT32 formatli, ichida fayllari mavjud fleshkani kompyuterga ulaymiz.
2. Bu fleshka, kompyuterda biror harf bo’lib namoyon bo’ladi, misol uchun G disk.
3. Win+R → cmd va Enter orqali, «Командная строка» oynasini ochamiz va ichiga quyidagini yozamiz:
convert G: /fs:ntfs
G — bu, kompyuter fleshkani ko’radigan harfi(sizda boshqacha bo’lishi mumkin).
4. Buyruq bajarilgandan so’ng, fleshka formatini va ichidagi fayllari mavjudligini tekshiramiz.

☝️Dastlab, sizga kerak bo’lmagan fayllar bilan bu jarayonni qilib ko’ring. Yana bir narsa, NTFS formatdan FAT32 formatga yuqoridagi buyruq orqali o’zgartirishning iloji yo’q.

MOSTBETDAN BONUS OLING

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek