Finlandiya

DO`STLARGA ULASHING:

Finlandiya (fincha: Suomi, shvedcha: Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1991 yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi.

Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000 yil 1 martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi.

Оставьте комментарий