Go‘dakning “jajji dorixona”sida nimalar bo‘lishi zarur?

DO`STLARGA ULASHING:

?Go‘dakning “jajji dorixona”sida nimalar bo‘lishi zarur?
Bular quyidagilar:

✅Asetomenofen (og‘riq qoldiruvchi suyuq dori). Bolalar uchun u paratsetamol bilan birga (isitma tushirish uchun) dorixonadan olinadi. Asosiy nomlari: Taylenol, Panadol;
✅Oq oddiy leykoplastr;
✅Spirtli paxta tamponlari;
✅Antibiotikli maz;
✅Dezinfeksiyalovchi suyuqlik (aptekalarda turli xili mavjud: Betadine, Hibiclens);
✅Steril leykoplastr;
✅Paxtali cho‘plar;
✅Steril bint;
✅Vodorod peroksidi;
✅Muz solingan paketchalar (doim muzlatgichda tursin, bola lat yeganda shikastlangan joyga qo‘yish uchun tayyor bo‘lib turadi);
✅Ipekakuana siropi (qustiradigan suyuqlik bo‘lib, bola tasodifan zaharlanganda vrach bilan maslahat qilgan holda qayt qildirish uchun qo‘llaniladi);
✅Pipetka, o‘lchov qoshiqcha (dori berishda o‘lchash uchun);
✅Burun tozalash uchun namokob suv (dorixonalarda mavjud – Sodium Hloride);
✅Uchi o‘tkir bo‘lmagan kichik qaychi (tirnoq olish uchun);
✅Kichik plastrlar;
✅Termometr;
✅Pinsset;
✅Glitserin svechalar (bola qornida gaz yig‘ilib, ichi qotganda foydalaniladi);
✅Bolalarni cho‘miltirish uchun giyohlar (masalan badanida issiqlik toshmalari bo‘lganida ittikanak – chereda bilan cho‘miltirish foyda beradi.)
✅Regidron (ich buzilishida qo‘llaniladi).
@doridarmonlar

Оставьте комментарий