Gulkaramning foydali xususiyatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Bir yillik sabzavot. Oq rangdagi to’pgullari iste’mol qilinadi. Mo’tadil iqlimga ega hududlarda yetishtiriladi.

Kaloriyaliligi — 21 kkal. 

Gulkaram tarkibida kaliy, magniy, kaltsiy, marganets, temir , mis , rux , ftor, karotinlar , C, K, B1, B2, B6 vitamin lari mavjud .

Ushbu sabzavot saraton kasalliklari profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.

Gulkaram yordamida toksinlarni chiqarish

Gulkaramdagi enzimlar organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi. O’z vaqtida chiqarib tashlanmagan toksik birikmalar hujayralarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o’z navbatida o’smalar paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Enzimlar gulkaramdagi vitamin va minerallar bilan birikib, uning saratonga qarshi kurashish xususiyatini kuchaytiradi.

Gulkaramning kaloriyasi juda past bo’lsa ham, to’yimlilik hissini beradi, shu tufayli uni semirishdan qo’rqmagan holda iste’mol qilish mumkin.

Kipr karami

Gulkaram ning vatani Kipr hisoblanadi , shuning uchun uni oldiniga «Kipr karami» deb atashgan. U 2500 yildan buyon iste’mol qilinadi. Gulkaram qadimiy Misr va Eronda yetishtirilgan. Keyin u Italiyada paydo bo’ladi, bu yerdan gulkaram XVI asrda butun Yevropa bo’ylab tarqaladi.

Hozirgi paytda sho’rvalar va sabzavotli taomlarning masallig’i sifatida ishlati ladi. Uni qaynatib pishirish va salatlarda pishirilmagan holda foydalanish mumkin.

Gulkaram o’zi nima?

Gulkaram fraktallar tushunchasini anglashga yordam beradigan tabiiy ob y ekt hisoblanadi. Uni matematika sohasiga 70-yillarda Yel universiteti olimi Benua Mandelbor kiritgan. O’ziga aynan o’xshashlik fraktalning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi, ya’ni bir butunning bir qismi — bu butunning kichraytirilgan nusxasidir. Shunday qilib, gulkaramdagi har bir to’pgul butun gulkaramning aksi hisoblanadi. Fraktallar tibbiyot, gidrologiya va moliya kabi turli sohalarda qo’llaniladi.

Mark Tven ushbu sabzavot haqida shunday degandi: « Gulkaram — bu oliy ma’lumotli oddiy karamning o’zi».

Manba: Forum.ziyouz.com

Оставьте комментарий