G’urur va xushomad haqida maqollar

DO`STLARGA ULASHING:

Berib yaxshi ko’ringuncha,
Bermay yomon ko’rin.

Beta’maning boshi baland.
Behuda olqishlagan do’st emas.

Gado gadodan uyalar.

Dimog’dorga bir gap oz,
Ikki gap ko’p.

Yovga yalinma — joningni olar,
Dovga yalinma — molingni olar.

Zamonasozlik — masxarabozlik.

Ichak-qorin go’sht bo’lmas,
Laganbardor do’st bo’lmas.

Ko’rganga ko’z, eshitganga quloq bo’lma.

Muzga suyanma, yovga sig’inma.

Noo’rin g’urur — boshga balo.

Ota o’g’li bo’lsang,
Ota nomini baland tut.

Rostini aytsang, urarlar,
Xushomadni suyarlar.

Sahroyining xushomadidan dashnom chiqar.

Surur bir boshqa,
Kibr-u g’urur bir boshqa.

Xom kishini xushomad xarob etar.

Xushomad so’zlagan til
Yalab-yalab yara etar.

Xushomadgo’yga qo’y so’ydirma.

Xushomadgo’yning salomi ta’masiz bo’lmas.

Egilganga bukilma.

Har odamga sunma aslo bo’yningni,
Puch yong’oqqa to’ldiradi qo’yningni.

Haqni aytsa, urarlar,
Xushomadni suyarlar.
Xushomadni suymasa,
Kaltak olib quvarlar.

16 комментариев к “G’urur va xushomad haqida maqollar”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: maxbet

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: Guns For Sale Online

  5. Уведомление: cc dumps sites

  6. Уведомление: Buy Custom 30-06

  7. Уведомление: 토토밀라노

  8. Уведомление: 토토벳스핀

  9. Уведомление: pour plus d'informations

  10. Уведомление: Learn More Here

  11. Уведомление: เว็บพนัน

  12. Уведомление: buy mushrooms online

  13. Уведомление: Where to Buy Changa DMT online New South Wales

  14. Уведомление: buy marijuana online

  15. Уведомление: magic mushroom dispensary​

  16. Уведомление: Codeless Test Automating Tools

Комментарии закрыты.