Hayit bayrami tabriklari

DO`STLARGA ULASHING:

Hayit bayrami
Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak,
«Qabul et!»-deb turar har bitta malak,
Mo’min suyangan tog’i HAYIT muborak!
Aldamchi dunyoda sensan suyanchim
Haq yo’lni Allohim dilimga solgin.
Kunim bitar bo’lsa sendan o’tinchim,
Joynamoz ustida jonimni olgin. . .
Aldamchi dunyoda sensan suyanchim
Haq yo’lni Allohim dilimga solgin.
Kunim bitar bo’lsa sendan o’tinchim,
Joynamoz ustida jonimni olgin. . .
– Alloh bor bo’lsa, mo’jiza ko’rsatsin! — degan kishiga bir shayx:
– Dunyoda mo’jiza bo’lmagan narsani sen ko’rsat! — deb javob beribdi.
Ushbu kun Olloxning inoyatidir,
Barcha duolarning ijobatidir,
Hamrohingiz bo’lsin eng ezgu tilak,
Aziz insonimga Hayit muborak!
Dunyo bir bog’dir mevasi inson,
Insonning mag’izi etiqod iymon.
Iymonga quvvatdir xur-u salovat,
Axli islom shodligi «HAYIT» muborak!
Jannat yo’lingizda bir darak bo’lsin,
Shafoat elchisi taborak bo’lsin,
Arafa kuningiz xayrli o’tib,
Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin
Qur’on suralain yod olib dilda,
Ollohga shukrona aytaman shu on
Muborak sanalgan «Hayit» kunlarda
Sizni tabriklayman ey aziz inson.
Allohning rahmati bir sizga bo’lsin,
Umringiz Islomning nuriga to’lsin,
Shukurkim yetkazdi ulug’ kunlarga,
Ushbu Ayyomingiz muborak bo’lsin!
Sizga ham bizga ham ISLOM muborak!
Qalbimiz bahori Qur’on muborak!
Allohdan ajr kutib duo qilguvchi…
Bayramlar sayyidi Hayit muborak!!!
Ollohim hammamizni qalbimizga mehr-sahovat, ko’zimizdagi porloq nur dilimizdagi yorug’likla mujassam bo’lishligini, tanu-jonimizga sog’lik, yor-birodarlarimizga omonlik, yashayotgan har kunimizga quvonchu-shodlik, Xonodanimizga baxt ato qilsin, INSHOOLLOH!
Tunlarni titratsa yurakda zorim,
tilimda yangrasa dilimda borim,
qalbdagi eng ezgu niyatlar bilan,
Xayitla tabriklayman dilga yaqinim…
Ko’chalarda yosh-u qari,
Chexralarda kulgulari,
Ushalgandek orzulari
Bugun mo’min xurram erur,
Bugun bizning bayram erur!

G’azab toshi otilmaydi,
gumrohniyam boshi chopilmaydi.
So’kkan odam topilmaydi,
Ayyom dardga malxam erur,
Bugun bizning bayram erur!

Bugun ko’pga yordir namoz,
Namozlarda yangrar: safroz.
Go’zal onlar munchalar oz,
Sof ko’ngilga alam erur,
Bugun bizning bayram erur!

Ey, xabari yo’q bu dindan,
Bu xoliga kulma dildan.
Ne qilsang qilaver ertadan
Bugun bizning bayram erur!
Bugun bizning ayyom erur!

Namozga bosh egib, ahli musulmon,
Joynomoz ustida niyat qilishsin.
O`ziga so`rashsin insof-u iymon,
Ramazon Xayiti muborak bo`lsin!
Qonla kirib jon chiqar,
Rahmondan Shayton qo’rqar.
Nafskor nafsini tiygan,
Olloh bu kunni Muborak qilgan.
Och va suvsiz qolmoqni,
Sabr toqat qilmoqni,
Olloxga yetishmoqni,
O’rgandim ro’za ila.
Muborak oylarga yetkazdi Ollox,

Kimlarga armon bo’ldi bu kunni ko’rmoq.

Yaratganga shukur aylab so’raylik panoh,

Kelasi Ramazonga ham yetkazsin Olloh!!!

O`tayotgan Go`zal tong muborak!
Orzular ushaluvchi kun muborak!
Qalblarni tozalovchi shu on muborak!
Eng qadrli oy Ramazon Muborak!
Besh yoshlar bor edim öshanda,
Menga ilk oyatni örgatishgandi.
OLLOX bir OLLOXdan özga ilox yöq deya,
OLLOXni qalbimga singdirishgandi.
Qolga olib Quronni

Yodga oling Kalomullohni

Duo qilib ayting shukurlar

Muborakdir JUMA kunlar!

Shaytonlar zanjirbanddir bu kunda,
Farishtalar yog’ilgaydir bu kunda,
Duolar ham ushalgaydir bu kunda,
Bu shundayin ulug’ va muborak kunda!
Ko’pdir ayollik sha’niga befarq boqqan ayollar
Oqibatda ko’z yoshlari soydek oqqan ayollar
Guldey ayollaring kirib go’zallik degan uyga
Go’zal bo’ldim deb chiqsalar tushib kulguli kuyga
Ислом неъматини бошингга тож кил.
Калбинг АЛЛОХга бер, сажда — меърож кил.
Каъбатуллохга етолмасанг гар.
Ота онанг тавоф айла, хар жума хаж кил!
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom — Ramazoni sharif
bilan chin qalbimizdan qutlashga
ijozat bergaysiz.
Eshit do’stim, sen bu kun yomonlikdan qayt,
Undan ko’ra savob qil, yaxshi so’zlar ayt,
Men xam seni tabriklay shunday ulug’ payt,
Chunki bugun qutlug’ bayram Ramazon Hayit!
RAHMAT TILAB SAJDA SARI SHOSHILAMIZ.
JANNAT BOG’IN UMID QILIB, DILDA UCHQUN.
DILIMIZDA OLLOH YODI TILDA ZIKR.
SAODATGA ELTADIGAN HAYIT MUBORAK!!!
Iymon oxiri nurli kelajak,
Jannat kaliti nomozdir albat.
Maqsad savob ish qilishdan iborat,
OLLOH suygan kun ramazon muborak.
Tun bag’rini yorib chiqdi nur,
Ibodatga shaylandi tilim.
Duolarim asrasin sizni,
Ayyom muborak dilga yaqinim!
Dinimiz faqat ISLOM bo’lsin,

Qo’limizda faqat QUR’ON bo’lsin.

Do’st-u birodarlarimiz ham NAMOZDA bo’lsin,

Musulmonlar JUMA ayyomingiz muborak bo’lsin!

Bomdodda bosh egib ahli musulmon,
Joynomoz ustida niyat qilibsiz,
O’ziga so’rasin rizq-iymon,
JUM’A Ayyomingiz muborak bo’lsin.
Shaytonlar zanjirbanddir bu kunda,
Farishtalar yog’ilgaydir bu kunda,
Duolar ham ushalgaydir bu kunda,
Bu shundayin ulug’ va muborak kunda!
Miskinlarni boy yedirib ichirsin.
Arazlashgan bir-birini kechirsin.
Olloh olov kamzullarni yechirsin.
Mo‘min-musulmonlar, HAYIT muborak!
Mo‘min-musulmonlar, IYT al-Fitr muborak!
Salom do’stlar!
Yaqindir Muborak kunlar!
Ayyom bilan tabriklab,
Kutmoqdaman we’rlar!
Боши «Раҳмат», ўртаси «Марҳамат»,
охири эса «Жаннатга йўл» бўлган муборак
Рамазон ойининг сиз учун
ҳайрларга васила бўлишини тилайман…
Och va suvsiz qolmoqni,
Sabr toqat qilmoqni,
Olloxga yetishmoqni,
O’rgandim Ro’za ila!!!
Sizni bizni YARATGAN,
Bulbul qilib sayratgan.
Yakkayu yagona ALLOH,
LA ILAHA ILLOLLOH.
Doimo yorug’ bo’lsin hayot yo’lingiz
Omad sizga yor bo’lsin bo’lmasin armoningiz.
Sizga dunyodagi eng ezgu tilak
Ramazon oyingiz bo’lsin muborak!!!
Yaqinlaringizni qiling ziyorat
O`qigan namozingiz bo`lsin ijobat
Eng yaxshi ishingiz bo`lsin ibodat
Ramazon oyingiz bo`lsin muborak!!!
O`tayotgan Go`zal tong muborak!
Orzular ushaluvchi kun muborak!
Qalblarni tozalovchi shu on muborak!
Eng qadrli Oy Ramazon Muborak!
Bu Oy shunday oy erurki, bul oying tengi yo‘qdir,
Bu oy nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir.
Bu oy qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam,
Bu oy Alloh kalomini tinglagay har bir odam.
Ro’zador insoning og’zidan chiqayotgan hid
Alloh taoloning nazdida mushk hididan ham afzaldir.
Ko’zlarim har kecha bamisli buloq,
Salovat qalbimga osilgan baldoq.
JANNATning yo’liga yoqilgan chiroq,
Tavba-tazarruning chog’i Ramazon…
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak.
«Qabul et!»- deb turar har bitta malak,
Mo’minning suyangan tog’i Ramazon…
Saharda turaman-ko’nglimda faroh,
Dil xushnud, etganga bulbuldek «chah-chah».
E’tiqod o’sadi-ulkan bir daraxt,
Insof diyonatning bog’i Ramazon..
Bandaman, Allohdan iymon söragan,
Gunohim-böynimga osilgan marjon…
Ruhimni poklikka, nurga öragan
Umidim yölchisi Mohi Ramazon..!
Ro’za tutuvchi uchun ikkita (qalbga eng ko’p xuzur beradigan) xursandchilik bor:
1. Iftorlik vaqtida
2. Allohning xuzuriga borganda.
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Miskinlarni boy yedirib ichirsin.
Arazlashgan bir-birini kechirsin.
Olloh olov kamzullarni yechirsin.
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Boshimiz ustida porlagan oftob,
Qo’lingdan yetaklar hidoyat tomon.
Har bitta kunini etaylik tavof,
Yillar qo’rg’onining shohi Ramazon…!
Dilimda iltijo, qilurman sajda,
Ibodat bandaga eng oliy toj-da!
Mahsharda uyg’otsin ajib bir mujda…
Yuragi gadoning Mohi Ramazon..
Tun bag’rini yorib chiqdi nur,
Ibodatga shaylandi tilim.
Duolarim asrasin sizni,
Ayyom muborak dilga yaqinim!
Men senga tilayman gulday go’zal baht,

Shirin hayot ila shirin muhabbat.

To’la umr ko’ringiz bo’lmasin yarim,

Doimo asrasin Allohi Karim!

Zamin uzra tushmish bugun malaklar,

Alloh rahmatiga to’lmish falaklar.

Ijobatdir bugun har bir tilaklar,

Alloh dargohida cho’zing bilaklar.

Hayot mo’jizakor, jilvakor asli,

Sezamizmi ahir buni har doim?

Kechirimlar, shukurlar erur kun fasli,

Avf etar bizlarni tangrim, Hudoyim.

RAHMAT TILAB SAJDA SARI SHOSHILAMIZ.
JANNAT BOG’IN UMID QILIB, DILDA UCHQUN.
DILIMIZDA OLLOH YODI TILDA ZIKR.
SAODATGA ELTADIGAN QURBON HAYIT MUBORAK!!!
Ey do’st-u birodarlar

Duo uchun oching qo’llar!

Yaqinlaringiz haqqiga duolar qiling

Juma muborakligin biling!

Duoga qo’l ochib bugun saharda,

Shu insonga baxt berishni qilmagin kanda.

Tolei samolardek bo’lsin ilohim,

Nimaiki so’rasa bergin ollohim!

Ey do’stu birodarlar,
Duo uchun oching qo’llar.
Yaqinlaringiz haqqiga duolar qilib,
Allohga ayting shukurlar.
Qolga olib Quronni

Yodga oling Kalomullohni

Duo qilib ayting shukurlar

Muborakdir JUMA kunlar!

Ey do’stu birodarlar!

Allohga ayting shukurlar

Balki dersizlar NIMAga

Chunki yetkazbi Muborak Jumaga!

Bugun tukiladi falakdan savob
Bugun ushaladi orzu va istak,
Bugun balki kiyomatdir
Bilmasman ammo…
Dinimiz faqat ISLOM bo’lsin,

Qo’limizda faqat QUR’ON bo’lsin.

Do’st-u birodarlarimiz ham NAMOZDA bo’lsin,

Musulmonlar JUM’A ayyomingiz muborak bo’lsin!

Doimo bo’laylik toat-ibodatda,

Doimo bo’laylik odob-axloqda.

U dunyoda ko’rishaylik Jannatda,

Yaqinlarni eslash ham bir savobda.

Qo’lga qo’yib xnani,

Ko’zga surib surmani,

ALLOH dedik bir vaqtda

Uchrashaylik JANNATDA.

Rozalar tildamas dildadir taxir,

Taroveh kongilga bo’lganda og’ir.

Shamoldan tez kelib ketdingku ahir,

Yana kel biz seni kutarmiz nochor!

Bilmam ko’ngillardan ketdimi g’ubor,

Sening poyoningda ming nadomad bor.

Oylarning sultoni mohi Ramazon,

Yana kel biz seni kutarmiz nochor!

Kutdigu davolar chiqmadi tetik,

Bizni mag’lub etdi yuz minglab hadik.

Afsusda turibmiz har doimgidek,

Yana kel biz seni kutarmiz nochor!

Kunlarim omonat xayot g`animat,

Eshitib turganingiz, so`zim g`animat.

Har lahza OLLOXning inoyatidir,

Nasibamiz tugasa xayot g`animat.

JUMA ayyomingiz muborak bo`lsin!

Bu kunlarni g`animat bilgin

Qaytarilmas bu kun xech qachon.

Shirkdan o`zingni yiroqda tutgin

JANNAT bizlarga bo`lmasin armon.

Tuproqdan yaralmish aslida inson

Oxiri tuproqqa qaytar begumon

ROBBIM rizosiga erishmoq uchun

IXLOS VA IBODAT YAGONA IMKON.

Tortiq bolsin sizga duo-salomlar,

Duoda eng gozal, shirin kalomlar.

Iloho uyingiz nurlarga to’lsin,

Ramazon oyingiz muborak bo’lsin!

Niyatimiz Jannatga kirmoq

Afzalidir haq jamolin ko’rmoq.

Amalimiz islomni qurish

To’g’ri yo’ldan adashmay yurish.

Quyosh chiqib hutbidan turib

Yaqinlar haqqiga duolar qilib.

Barchamizni panohingda asragin dedim

Hajlaringda mehmon aylagin dedim.

Ro’zai Ramazon kirib kelgan vaqt

30 kun ro’za deb turamiz barvaqt.

Alloh uchun qilsak gar, ozgina toqat

Ro’zaning savobin beradi har vaqt.

Ushbu kunda tilaklarim ummon bir olam,
Unda yo’q aslo g’am tashvishu alam.
Dunyodagi tilaklar bo’lganda xam jam,
Siz uchun baribir u tilaklar kam.
Дунйода севгисиз яшамок гунох,
Ишкдан куз юмганлар аслида гумрох.
Лекин менинг севгим узимга хамрох.
Шод кунларимга хам ёлгиз у гувох.
Менинг суйганим бу албатта АЛЛОХ.
Qalbimizda chiroyli tilak,
Savoblardan beradi darak.
Sizga izhor ayladim istak,
Ramazon oyi bo’lsin muborak!!!
Ollohning rahmati bo’lsin bizlarga,
Qalbimiz hidoyat nuriga to’lsin.
Shukrkim yetkazdi qutlug’ kunlarga
Xayit ayyomingiz muborak bo’lsin!
Tortiq bo’lsin sizga duo-salomlar,
Duoda eng go’zal, shirin kalomlar.
Iloho uyingiz nurlarga to’lsin,
Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!
Mo’minni sevdirgan mehr muborak!
Ro’zada asqotgan sabr muborak!
Bundanda ajoyib, bundanda go’zal,
Ming kundan yahshiroq HAYIT MUBORAK !
Sizni suysin Payg’ambarlar sardori,
Siz ham bo’ling ul jannatning gavhari.
Ollohdan so’raylik ezgu bir niyat,
Aziz zamondoshim “Hayit” muborak!
Ollohning rahmati bir sizga bo’lsin,
Umringiz islomning nuriga to’lsin.
Shukrkim etkazdi ulug’ kunlarga,
Ushbu “Hayit ayyomi” muborak bo’lsin!
Ahli islom jannati,
Muhammadning ummati.
Islomdir sizga sarbon,
Muborak hayit ayyom!
Rahm, sabr, itoat,
Duoingiz ijobat!
Dinimiz faqat islom
Muborak hayit ayyom!
Umr berdi Ollohim, shukurlar bo’lsin!
Islomda yaratdi, zikrlar bo’lsin!
Qalbing ilm-nurlarga to’lsin,
Ramazon oyi muborak bo’lsin!
Oshiq bo’ldim Ollohda,
Go’zal Rasulullohga.
Robbisini sevganlar,
Qo’l urarmi gunohga?!
Yuragimda ohim bor,
Ortimda gunohim bor.
Ne g’am chekarsan ko’ngil,
Avf etuvchi Alloh bor.
Roziman desa Olloh,
Kel desa Rasululloh.
Baht erur shunday qulga,
Aytgin Alhamdulilloh!
Ramazon oyi muborak bo’lsin!
Yaratganning mag’firatin tilab dildan,
Ibodatdan huzur va ishq istalgan kun.
Tabriklayin, izn bering ey, dindoshim:
Etti kunga sulton bo’lgan JUMA bugun.
Jannat darbozasi ochilsa bu kun,
Osmondan farishta yog’ilsa bu kun.
Sizni panohida asrasin robbim,
Hayrli bo’lsin shu bugungi kun!
Bu Muborak oy avval ko’nglingizda bulut bo’lsin
Ko’z yosh uchun,so’ngra yomg’ir bo’lsin
Ilohiy sevganingizni yashatish uchun
Ramazon oyingiz muborak bo’lsin
Allohning rahmati sizga bo’lsin,
Qalbingiz yanada iymon, nurga to’lsin.
Shukurkim yetkazdi ulug’ kunlarga,
Xayit ayyomingiz muborak bo’lsin.
Rabbisi Alloh,
Qiblasi Kabatulloh,
Rasuli Muhammad,
Payg’ambariga ummat,
Kitobi Qur`on,
Dili to’la Iymon,
Sizga eng ezgu tilak
Ushbu kun muborak.
Eshit do’stim, sen bu kun yomonlikdan qayt,
Undan ko’ra savob qil, yaxshi so’zlar ayt,
Men xam seni tabriklay shunday ulug’ payt,
Chunki bugun qutlug’ bayram-QURBON Hayit!
Dunyo muxabbatin o’zga joylagan,
Oyning yuzin yopar extimol etak.
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Xayit ayyomingiz bo’lsin muborak.
Assalomu alaykum va rahmatullohu
va barakotuhu ahli musulmon!!! Barchangizni
QURBON HAYTI bilan tabriklayman.
Sizga borliqni yaratgan
Olloh Taolodan mazmunli umr,
xayrli oxirat tilayman!!!
Сиз жуда омадлисиз, бу «смс»ни мен ўз қадрдонларимга юборяпман, сиз ҳам улардан бирисиз. Рамазонда уйингиз нурга тўлсин…
Бу ой ҳамма қатори сизга ҳам ҳайр-баракат келтиришини тилаб, Рамазонингизни қутлайман…
Бу ой баҳонаси билан, Ислом қуёши қалбингизни янада ёритишига тилакдошман. Рамазон Муборак…
Бу ой ҳонадонингиз гўзаллик, бирлик ва баробарлик билан ўтсин, Рамазон ойи муборак бўлсин.
Бу Муборак ой аввал кўнглингизда булут бўлсин ёғиш учун, сўнгра ёмғир бўлсин илоҳий севгингизни яшатиш учун. Рамазонингиз муборак бўлсин…
Боши «Раҳмат», ўртаси «Марҳамат», охири эса «Жаннатга йўл» бўлган муборак Рамазон ойининг сиз учун ҳайрларга васила бўлишини тилайман…

3 комментария к “Hayit bayrami tabriklari”

Оставьте комментарий