Hulkar Abdullayeva — Onam bo’ladi

DO`STLARGA ULASHING:

Hulkar Abdullayeva — Onam bo’ladi 

Bir ayol bor yer yuzida,
O`shal mening onam bo`ladi.
Hayot o`xshar xuddi o`ziga,
O`shal mening onam bo`ladi. (x2)

Bir ko`zida tabassum har dam,
Bir ko`zida g`amni yashirgan. (x2)
Goho shodon, goho ko`ngli kam,

O`shal mening onam bo`ladi. (x2)

Munis Onam, sochlari qirov,
Yig`lab turar, yig`lasa birov. (x2)
Suv so`rasang, choy tutar darrov,
O`shal mening onam bo`ladi. (x2)

Mehmonini kaftida tutgan,
Farzand desa, jonini tikkan, (x2)
Farzandim deb qaddini bukkan
O`shal mening onam bo`ladi. (x2)

Bir ayol bor yer yuzida,
O`shal mening onam bo`ladi.
Hayot o`xshar xuddi o`ziga,
O`shal mening onam bo`ladi. (x2)

Оставьте комментарий