III chorakda qaysi fanlarning o‘tilishida o‘zgarishlar bo‘ladi?

DO`STLARGA ULASHING:

III chorakda qaysi fanlarning o‘tilishida o‘zgarishlar bo‘ladi?

✅ Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2021-2022 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejaga ko‘ra:

👉 1-sinflarda 1-2-choraklarda haftasiga 4 soat «Alifbe», 4 soat «Yozuv» o‘qitilgan, o‘rniga 3-4-choraklarda haftasiga 8 soat «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fani o‘qitiladi;

👉 7-8-9-sinflarda «O‘zbekiston tarixi» fani o‘quv yilining 1-2-choraklarida haftasiga 1 soatdan o‘qitilgan, 3-4-choraklarda haftasiga 2 soatdan, «Jahon tarixi» fani o‘quv yilining 1-2-choraklarida haftasiga 2 soatdan o‘qitilgan, 3-4-choraklarida haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi;

👉 Jismoniy tarbiya fani sport zali mavjud bo‘lmagan maktablar uchun dekabr, yanvar va fevral oylarida 1-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

Оставьте комментарий