Ikrima ibn Abu Jahl

DO`STLARGA ULASHING:

Birozdan so’ng bu yerga mo’min muhojir 
Ikrima keladi. Uning oldida otasini 
so’kmanglar, chunki o’likni so’kish tirikka ozor
beradi, mayyitga esa yetib bormaydi.
Muhammad Rasululloh

Хush, kelibsiz, muhojir chavandoz!
Payg’ambar janoblari Ikrimani 
shu so’zlar bilan qarshi olgandilar.

U quraysh qabilasining eng obro’li va badavlat xonadonidan bo’lib, rahmat payg’ambari hidoyat va haq da’vatini oshkoro boshlagan paytda yoshi o’ttizni qoralab qolgandi. Makkadagi ko’zga ko’ringan zodagoplarning farzandlari Sa’d ibn Abu Vaqqos, Mus’ab ibn Umayr va boshqa yuqori mavqe’li yoshlar qatori uning ham iymonga kelishi uchun barcha omillar mavjud edi. Agar otasi bo’lmaganida, ehtimol, ish biz kutganday bo’larmidi?!
— Farzandini Haqdan to’suvchi ota kim deb o’ylaysiz?
U Makkadagi eng katta zolim, shirk bayrog’ining tug’dori, Alloh taolo tarafidan mo’minlarning sodiqligi sinalganida o’zining qiynoq-qistovlari, hiyla-nayranglari bilan bu imtihonda faol ishtirok etgan Abu Jahldir (o’shanda mo’minlar iymonlarida mustahkam turib, imtihondan yorug’ yuz bilan o’tgandilar).
Otaning kimligini bilib oldingiz. Endi farzand bilan tanishing: U qurayshning mashhur chavandozlaridan va dong’i ketgan bahodirlaridan biri Ikrima ibn Abu Jahl al-Maxzumiydir.

Ikrima ibn Abu Jahl otasining hukmiga ergashibon Muhammad alayhissalomga dushmanlarcha munosabatda bo’ldi. Allohning rasuliga qattiq adovat qildi, ashobi kiromlarga ko’p aziyatlar yetkazdi. Islom va musulmonlarga nisbatan tajovuzkorligi bilan otasini nihoyatda quvontirdi.
Badr kuni shirk ma’rakasining boshida turgan ota «Lot va Uzzo (qurayshiylar topingan butlar) nomiga qasamki, Makkaga faqat Muhammadni yenggachgina qaytamiz, ammo qaytishdan oldin g’alabani nishonlab Badrda uch kun bazm uyushtiramiz. Тuyalar so’yamiz, sharobxo’rlik, kayfu safo qilamiz, qaynalarni (qo’shiqchi ayollar) kuylatib, raqqosalarni o’ynatamiz», deb qasam ichdi. Bu urushda Ikrima uning o’ng qo’li bo’ldi.
Lot va Uzzo esa Abu Jahlning duolarini ijobat etishmadi, chunki ular hech narsani eshitmaydilar… Jangda munofiqlarga yordam berishmadi, negaki ular ojizdirlar…
Mushrikboshi shu jangda halok bo’ldi. O’g’li Ikrima uning qonga belanib yotganini, inqillab-sinqillab, it azobida joni uzilganini o’z ko’zi bilan ko’rdi, biroq bugungi mag’lubiyati uni jasadni olib ketib, Makkada dafn etish imkoniyatidan mahrum qildi. Jonlarini asrash maqsadida tumtaraqay qochgan mushriklar Quraysh sayyidining jussasini Badrda qoldirib ketishdi. Musulmonlar uni ko’pgina maqtullar qatori Qalib qudug’iga tashlab, ustidan tuproq tortishdi.

Shu kundan e’tiboron Ikrima ibn Abu Jahlning islomga munosabati keskin o’zgardi. Ilgarigi adovati otasiga ko’r-ko’rona ergashishi tufayli bo’lsa, endi uning yuragi musulmonlardan o’ch olish istagi bilan ura boshladi. Shuning uchun Ikrima o’ziga o’xshagan bir qancha alamzadalar bilan mushriklar qalbida Muhammad alayhissalomga bo’lgan adovat olovini kuchaytirishga intilib, Badrda talofat chekkan kishilarni qasosga undadi. Natijada, Uhud jangi ro’y berdi.
Ikrima bu jangga birinchilar qatori chiqdi. Badrda yaqinlaridan ayrilgan motamsaro ayollar saflarning orqasida erlarining shijoatini qo’zg’otib, daf (urib chalinadigan, doiraga o’xshagan asbob) chalib turish, bironta askar qochishni hayoliga keltirsa, dalda bo’lish uchun Uhudga otlanishdi. Ularning orqasida Ikrimaning xotini Ummu Hakim ham bor edi.
Quraysh lashkarining o’ng qanotiga Хolid ibn Valid, chap qanotiga Ikrima ibn Abu Jahl bosh bo’ldi. Asosan shu ikki sarkardaning xizmatlari bilan mushriklar zafar quchib, Muhammad alayhissalom va ashobi kiromlardan ustun keldilar. Quraysh sardori Abu Sufyoi to’la qoniqish hissi bilan:
— Bu Badr evaziga! — deb qo’ydi.

Хandak, urushida mushriklar Madinani bir necha kun qamalda tutib turishdi. Hech qanday harakatsiz faqat kutishdan zerikkan Ikrimaning sabr kosasi to’lib ketdi. Хandaqning torroq joyini topdi-da, otini sakratib, musulmonlar tarafiga o’tib oldi. Unga bir necha otliq ergashdi. Ulardan Amr ibn Abduvud al-Omiriy o’z jur’atining qurboni bo’ldi. Ammo Ikrima esa zo’rg’a qochib qutildi.

Makka fathi kuni qurayshliklar Muhammad alayhissalomga qarshi turishga qurblari yetmasligini anglab, musulmonlar yo’lini bo’shatib qo’yishdi. To’g’risini aytganda, ularning bu qarorni qabul qilishlariga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning e’lonlari ham sabab bo’ldi. U kishi sarkardalarga «Makka ahliga tegmang, illo qurol ko’tarib chiqqinlarga nisbatan yarog’ ishlating», deya buyruq berdilar.
Lekin Ikrima ibn Abu Jahl o’zining bir necha sherigi bilan quraysh qaroriga qarshi chiqdi va ulkan qo’shinning yo’liga g’ov bo’lishga intildi. Sanoqli daqiqalar davom etgan kichik to’qnashuvda Хolid ibn Valid ularning surobini to’g’rilab qo’ydi. qochgani qochib, qolgani yer tishladi. Otining chopqirligi evaziga jon saqlab qolganlardan biri Ikrima edi.

Shunda Ikrima hamma narsani boy berganini tushundi….
O’sib-ulg’aygan shahri Makka musulmonlarga bo’yinsundi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qurayshliklarning jamiki adovatlarini bag’rikenglik bilan avf etdilar, ammo bir necha kishini nomma-nom sanab, ularni Ka’baning pardalari ostida topsalar ham qatl qilishga buyurdilar. O’limga mahkumlar ro’yxatining eng avvalida Ikrima ibn Abu Jahl turardi. Shuning uchun u Makkadan maxfiy tarzda chiqdi-da. tinchroq boshpana istab, Yaman tarafga yo’l oldi.

Ikrimaning ayoli Ummu Hakim Hind binti Utba (Abu Sufyonning xotini) boshchiligidagi xotin-xalajlar bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bay’at qilish uchun bordi. Payg’ambar alayhissolomning huzurlarida ikki zavjai muborakalari, qizlari Fotima va bani Abdulmuttolib ayollari o’tirishardi. Niqob taqib olish Hind (u Uhud kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amakmlari Hamza ibn Abdulmuttolibni qatl qildirib, qornini yordirgan va quloq-burunlarini kestirib tashlaganidan xijolat chekib yuzini to’sib olgandi):
— Yo Rasululloh, O’zi uchun tanlagan dinni izhor qilgan Allohga hamdlar bo’lsin. Men sizga qarindosh ekanligimizni eslatib, muruvvat ko’rsatishingizni iltimos qilaman. Men Allohning yakka ilohligiga iymon keltiruvchi va sizning haq rasul ekaningizni tasdiqlovchi ayolman, — dedi. So’ng niqobni yechib, o’zini tanitdi, — Hind binti Utba.
— Hush ko’rdik, — dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
— Yo Rasululloh, — so’zida davom etdi Hind, — ilgari Yer yuzidagi uylar ichida eng xarobasi sizning uyingiz bo’lishini istardim. Endi esa eng aziz uy sizniki bo’lishini xohlayman.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Hali iymoning bundan ham ziyoda bo’ladi», deb qo’ydialar. So’ng Ummu Hakim o’rnidan turdi. Islomini izhor etib, iltimos qildi:
— Yo Rasululloh, Ikrima qatl qilishingizdan ko’rqib, Yaman tarafga qochib ketdi. Unga omonlik bering, Alloh sizga omonlik bersin.
Payg’ambar alayhissalom «U omondir», dedilar.
Ummu Hakim rumlik g’ulomini hamrohlikka olib, darhol yo’lga tushdi. Cho’lning ichiga kirganlarida g’ulom sohibasini yo’ldan ozdirmoqchi bo’ldi. Ayol yolg’ondakam va’dalar bilan uni umidlantirib, arablarning bir mahallasiga yetganlarida ulardan yordam so’radi. Ular g’ulomni bog’lab. qamab quyishdi.
Ayol erini qidira-qidira, oxiri Тihoma mintaqasida, qizil dengiz sohilida uchratdi. Ikrima bir musulmon kemachidan dengizning narigi qirg’og’iga o’tkazib qo’yishini iltimos qilardi.
— Ixlos qil o’tkazib qo’yaman, — derdi kemachi.
— Qanday ixlos qilay?
— «Ashahadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh», degin.
— O’zim shuni aytishdan qochib yuribman-ku!
Ularning tortishuvi tugamasdan yetib kelgan Ummu Hakim Ikrimaga qarata:
— Ey amakimning o’g’li, men eng yaxshi, eng afzal, eng olijanob insonning oldidan kelyapman… Muhammad ibn Abdullohning oldilaridan kelyapman… Men u kishidan siz uchun omonalik so’radim. U kishi sizga omonlik berdilar, — .dedi.
— Sen u bilan gaplashdingmi? — so’radi Ikrima.
— Ha, gaplashdim. U kishi sizga omonlik berdilar. Ayol shu gapni takrorlay-takrorlay, axiyri, erini qaytnshga ko’ndirdi. Yo’l-yo’lakay rumlik g’ulomning qilmishini aytib berdi. Ikrima islomga kirmay turib, o’sha mahalladan o’tayotganlarida g’ulomni o’ldirdi.
Хordiq uchun to’xtagan manzillarining birida Ikrima xotini bilan qo’shilishni istadi, ammo ayoli bunga ko’nmay, qattiq turib oldi.
— Men muslimaman, siz mushriksiz, — dedi u.
Ikrima taajjubga tushdi:
— Ilgari bir gapimni ikki qilmasding. Birdaniga butunlay o’zgarib qolibsan.
Ular Makkaga yaqinlashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblariga dedilar:
— Birozdan so’ng bu yerga mo’min muhojir Ikrima ibn Abu Jahl keladi. Uning oldida otasini so’kmanglar, chunki o’likni so’kish tirikka ozor beradi, mayyitga esa yetib bormaydi.
Darhaqiqat, ko’p o’tmay Ikrima ayoli bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning majlislariga kirib keldi. Payg’ambar alayhisalom azbaroyi xursandliklaridan ridolarini ham kiymay, istiqbolga chiqdilar…
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam joylariga o’tirgach, Ikrima so’radi:
— Ey Muhammad, Ummu Hakimni aytishicha, siz menga omonlik berganmishsiz?!
— Shunday, sen omonsan, — dedilar u kishi.
— Siz nimaga chaqirasiz, ey Muhammad? — yana so’radi Ikrima.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Allohdan o’zga iloh yo’q va Muhammad Allohning bandasi ham elchisi, deb guvohlik berishga, namozni doimo mukammal o’qishga, zakotni o’z vaqtida o’tashga chaqiraman, — deb islomning barcha ruknlarini sanab o’tdilar.
— Хudo haqqi; siz chaqirayotgai yo’lingiz butkul haq, buyurayotgan narsalaringizning bari yaxshilik. Siz bu da’vatni boshlamasdan turib ham oramizdagi eng sodiq va olijanob kishi edingiz, — dedi Ikrima va qo’lini cho’zib, iymonini elon qildi. — Guvohlik beramanki, Allohdan o’zga iloh yo’q va siz Allohniig haq elchisisiz.
So’ng dedi:
— Yo Rasululloh, menga eng yaxshi kalimani o’rgatib qo’ying.
— Sen uni hozirgina aytding, — dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, — Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh.
Ikrima so’radi:
— Yana nima dey?
— Allohni va shu yerda xozir bo’lganlarning guvohligida aytamanki, men muhojir mujohid musulmonman, degin, — o’rgatdilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
Ikrima hozirgina o’rgangan so’zlarini baralla aytdi. Shunda Payg’ambar alayhissalom dedilar:
— Bugun mendan nima so’roving bo’lsa, so’ra. Qo’limdan kelsa, albatta, beraman.
— Sizga nisbatan qilgan jumla adovatlarim, sha’ningizga aytgan barcha noma’qul gaplarim uchun Allohdan mag’rifat so’rab bering, — iltimos qildi yangi musulmon.
— Parvardigoro, uning menga nisbatan qilgan hamma adovatlarini, sen yoqqan nurni o’chirish yo’lidagi barcha xatti-harakatlarini, sha’nimga aytgan oshkor va maxfiy noo’rin gaplarini kechir.
Ikrimaning.yuzi quvonchdan porlab ketdi:
— Yo Rasululloh men ilgari odamlarni Allohning yo’lidan to’sish uchun qilib yurgan nafaqamni ikki barobar oshirib, Allohning yo’lida sarflashga, islomga qarshi kurashni tashlab, butun kuch-g’ayratimni, molu dunyomni islom yo’lidagi kurashga safarbar etishga qasam ichaman.

* * *

Shu kundan e’tiboran da’vatchilar safiga jangu jadallarda dong chiqargan pahlavon, kechalari namozda qoim, kunduzlari ro’zador — soim, masjidlarda Allohning kitobini muhabbat bidan o’quvchi inson qo’shildi. U ko’pincha tilovat asnosida mushafni yuziga bosar va «Robbimning kitobi… Robbimning kalomi…», — derdi. Ko’zlari esa jiqqa yosh bo’lardi.

Ikrima Allohning elchisiga bergan va’dasida sodiq turdi. Islomga kirganidan keyingi hamma jihodlarda ishtirok etdi, barcha jangovar safarlarda qatnashdi.
Тashna odam jazirama issiqqa muzdek suvga qanchalik oshiqsa, Ikrima ham Yarmuk g’azotiga shunday ishtiyoq bilan chiqdi. Musulmonlarning ahvoli tang bo’lib turgan bir paytda otidan sakrab tushdi. qilichining qinini sindirib, rumliklar qo’shinining ichiga kirib ketdi. Buni ko’rgan Хolid ibn Valid:
— Ey Ikrima, bunday qilma, orqanga qayt. Sening o’liming musulmonlar uchun katta talofat bo’ladi, — deb qichqirdi.
— Meni o’z holimga qo’y, Хolid. Sen Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning peshqadam sahobalaridansan, ammo men otam bilam u zotga nisbatan ko’p dushmanliklar qilganman. Mana, bugun ilgarigi gunohlarimni yuvish fursati keldi. Men bir necha jangda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qarshi urushganman. Endi, kelib-kelib, rumliklardan qochamanmi?! Bu hech qachon bo’lmaydi! — na’ra tortdi Ikrima. So’ng musulmonlarga qarata xitob qildi: — «Kim to o’lguncha urishishga, bay’at beradi?»
Ikrimaning amakisi Horis ibn Hishom, Ziror ibn Azvar va yana to’rt yuz musulmon bay’at qildilar, Ular Хolid roziallohu anhuning fustotini (lashkarboshi uchun o’rnatiladigan qarorgoh) mudofaa etib, yopirilib kelayotgan dushmamni surib tashlashdi.
Musulmonlarga navbatdagi g’alabani keltirgan Yarmuk ma’rakasi nihoyasiga yetganda jang maydonida og’ir jarohatlangan uchta mujohid yotardi. Ular Horis ibn Hishom, Ayyosh ibn Abu Rabia va Ikrima ibn Abu Jahllar edi. Тomogi qaqrab ketgan Horis bazo’r pichirlab, suv so’radi. Unga suv uzatganlarida tashnalikdan tili tanglayiga yopishib qolgan Ikrimaga ko’zi tushib «unga beringlar», dedi. Ikrima ham suvni olmasdan sal nariroqda chanqab, lablari quruqshagan Ayyoshga ishora qildi. Ayyosh uzatilgan suvni ichishga ulgurmay, dunyodan ko’z yumdi. Avvalgi ikki mujohid ham chanqoqlarini qondirolmay birodarlarining ketidan dorulbaqoga ravona bo’lishdi. Alloh ularning baridan rozi bo’lsin. Ularga bir qultum ichgandan so’ng tashnalik nimaligini mutlaqo bilmaydigan Havzi Kavsar suvidan ato qilsin. Firdavs jannati bog’larida rohatlanmoqlikni nasib etsin.

Doktor Abdurahmon Ra’fat al-Boshoning  «Sodiq sahobalar qissasi» (Toshkent, “O’zbekiston”, 1997) kitobidan olindi.

20 комментариев к “Ikrima ibn Abu Jahl”

  1. Уведомление: Buy Guns Online

  2. Уведомление: Crawley escorts

  3. Уведомление: คลิปหลุด

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: Henry Mares Leg 44 Magnum Lever Action Firearm

  6. Уведомление: good dumps with pin shop online

  7. Уведомление: Child porn CD's

  8. Уведомление: buy sig sauer guns

  9. Уведомление: buy remingtonarms

  10. Уведомление: mushroom from mario

  11. Уведомление: passive income

  12. Уведомление: Feuilleter

  13. Уведомление: 8 x 8 cookie bars

  14. Уведомление: Click Here

  15. Уведомление: นักศึกษารับงาน

  16. Уведомление: bbw cameltoe

  17. Уведомление: Betkick

  18. Уведомление: kaws rocks | crumpets vape | guava gas strain |springfield farms carts | dmt vape uk | curepen legend og | mad river melts | buy dmt vape pen |kaws rocks weed | boutiq vapes |glo extracts | kaws weed | georgia pie strain

  19. Уведомление: cheap k2 spray on paper

  20. Уведомление: afghani gold seal hash

Комментарии закрыты.