Inson organizimida KALSIY yetishmovchiligining alomatlari

DO`STLARGA ULASHING:

🔴Inson organizimida KALSIY yetishmovchiligining alomatlari

❗️Inson salomatligi hamda xotirjamligi uchun organizmda barcha vitaminlar va mineral moddalar me’yorda bo‘lishi zarur.

❗️U yoki bu moddaning yetishmovchiligidan inson tanasi xastalanib, bu haqda signal beradi.
Bu kalsiy moddasiga ham tegishlidir. Uning yetishmovchiligidan nafaqat bolalar va yoshi ulug‘ kishilar, balki mehnatga yaroqli yoshdagi aholi ham aziyat chekadi.
❗️Bundan tashqari yoshligida yetarli miqdorda kalsiy moddasiga boy ne’matlardan iste’mol qilmaslik qariganda suyak va bo‘g‘im kasalliklariga chalinishga sabab bo‘ladi.

✅Quyida keltiriladigan tanadagi o‘zgarishlar kishini bu haqda ogohlantiradi:
➖Tirnoq, soch va suyaklar mo‘rtligi.
➖Tirnoq yupqalashib, sekin o‘sadi, lat yeyish va sinish hollari oson bo‘lib qoladi.
➖Sochlarning rangi o‘chib, ko‘p to‘kiladi, uchlaridan sinishi ko‘payadi.
➖Kalsiy yetishmovchiligidan tishlar zaiflashadi. Ular sinuvchan va shikastlanishga ta’sirchan bo‘lib qoladi.
➖Kalsiy yetishmovchiligini boshidan kechirayotgan kishi asabiy va serjahl bo‘lib qoladi. Tez charchaydi, fikrlari tarqoq bo‘ladi. Shuningdek, badanda tez-tez titroq yuz berib turadi.
➖Bolalarda o‘sishning sekinlashuvi kalsiy yetishmovchiligidan darak beradi.

✅Organizm kalsiyni o‘zlashtirishiga ma’danli gazlashtirilgan ichimliklar, kofe va alkogol to‘sqinlik qiladi.

@doridarmonlar

Оставьте комментарий