Jaloliddin Ahmadaliyev Ona nolasi (qo`shiq matni)

DO`STLARGA ULASHING:

Jaloliddin Ahmadaliyev Ona nolasi (qo`shiq matni)

Devorlarni ushlab yura boshlasam
Gaplarim noto‘g‘ru qura boshlasam
Kalayi-saharlab tura boshlasam
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

Choyimga bo‘ktirib yesam nonimni
Xotining koyisa olmay yonimni
Qiyin qiynoqlarga qo‘yma jonimni
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

Bolam, bolam, bolam
Bolam ey, bolam (2x)

Bir gapni o‘n marta qaytarib aytsam
Nonga deb ketsam, non olmay qaytsam
Bir kun sog‘, o‘n besh kun to‘shakda yotsam
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

Qimmat idishlaring sindirib qo‘ysam
Ko‘rpamni quyoshga ildirib qo‘ysam
Ustimdan hammani kuldirib qo‘ysam
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

Kelmasang o‘n marta qilsam qo‘ng‘iroq
Qaydasan bolam deb xo‘p qilsam so‘roq
Bilsang xavotirdan o‘lgan yaxshiroq
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

Mehmoning kelganda o‘tiraman jim
Onang ekanimni bilmaydi hech kim
Xonamga qamasang og‘riydi ko‘nglim
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

O‘ksib yig‘layversam hud-behuda
Biron taom qumsab qolsam gohida
To‘rdan go‘rim yaqin bo‘lgan chog‘ida
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

Mehmoning kelganda o‘tiraman jim
Onang ekanimni bilmaydi hech kim
Xonamga qamasa og‘riydi ko‘nglim
Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam
Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam

Bolam, bolam, bolam
Bolam ey, bolam (2x)

Оставьте комментарий