Jeyms Fenimor Kuper

DO`STLARGA ULASHING:

Jeyms Fenimor Kuper

Jeyms Kuper 1789-yil 15-sentyabrda Berlingtonda tug’ilgan amerikalik yozuvchidir.

Uning birinchi romani — «Ehtiyotkorlik» 1820-yilda yozilgan. Kuperga 1821-yilda yozilgan Amerika inqilobi tarixiga oid «Josus» tarixiy sarguzasht romani katta shuhrat keltirgan. Kuperning 32 ta romani, 10 jilddan ortiq sayohatnomalari hamda bir necha jilddan iborat publitsistik asarlari bor.

«So’ngi mogikan» (1826), «Cho’l» (1827), «Izquvar» (1840), «Chingachkuk — ulkan ilon» (1840) kabi romanlarida oq tanlilarga qarshi kurashgan Amerika indeyslarining hayoti, vatanparvarligi tasvirlangan.

«Lotsman» (1823), «Boston qamali» (1825) romanlari dengizchilarning sarguzashtlariga bag’shlangan.

Tarixiy romanlari:

■ «Qandingni ur» 1831-yil
■ «Geydenmauer yoki Benediktliklar» 1832-yil
■ «Jallod va uzumzorlar abbatligi» 1833-yil
■ «Monikinlar» 1835-yil

Amerika adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan Kuper asarlari ko’plab tillarga tarjima qilingan, ular asosida kinofilmlar ishlangan.

@Sahifa13

Оставьте комментарий