Karantin vaqtida vazn orttirmaslikning asosiy 5 qoidasi

DO`STLARGA ULASHING:

Sog’lom ovqatlanish tartibiga rioya qiling

Bu barchaga oddiydek tuyuladi, lekin aynan ushbu qoidaga ko’pchilik e’tibor bermaydi.Karantindan oldingi ovqatlanish tartibingizni davom ettirishga  harakat qiling. Odatdagi rejimning o’zgarishi ishtaxaga no’to’g’ri ta’sir etishi mumkin. Lekin bu ertalabdan kechgacha buterbrodni gazli ichimlik bilan iste’mol qilib yurganlarga tegishli emas. Ular allaqachon sog’lom ovqatlanish rejimini tuzib chiqishlari kerak.

Karantin vaqtida vazn orttirmaslikning asosiy 5 qoidasi
Karantin vaqtida vazn orttirmaslikning asosiy 5 qoidasi

Kaloriya miqdorini hisoblang

Ko’p odamlar kaloriyalarni hisoblash usulini keraksiz deb hisoblaydi, ammo bu usul ortiqcha vazn yig’ilmasligi uchun juda zarur. “Kuniga maksimal 1200 kkal” rejimini tuzing. Oddiy ovqatlaning biroq o’zingizni och qoldirmang. Bugungi kunda internet orqali jinsingiz, yoshingiz, vazn va bo’yingizni hisobga olib kaloriya hisoblashning oson usullarini topishingiz mumkin. Kaloriyalarni hisoblash qat’iy dietasiz kilogramm yo’qotishning samarali usullaridan biridir.

Monitor oldida ovqat yemang

Monitor qarshisida ovqatdan bosh torting, shunda siz vaznni kuch sarflamasdan yo’qotishingiz mumkin. Hozirda ko’pchilik karantin chog’ida televizorda turli tuman filmlar, ko’rsatuvlar  tomosha qilmoqda. Shu jarayonda taom iste’mol qilish holatlari ham yo’q emas. Ajablanarlisi shundaki, monitor qarshisida taom iste’mol qilgan odam to’yganini his etmaydi. Agar siz televizor ko’rib ovqatlanishga odatlangan bo’lsangiz, u holda kichik kosaga suzilgan taomingizni yengda, to’yganingizni sezmasangiz ovqatdan so’ng sabzavotli salatlar iste’mol qiling.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullaning

Ish bilan yelib yugurgan paytlarimizda vazn yo’qotib yurar edik. Karantinda esa deyarli ko’pchilik divanda yotadi, kam harakat bo’lib qoladi. Shu bois ham jismoniy harakatlarni to’xtatmang. Mashqlar orqali siz ortiqcha vazn to’plashning odini olasiz, salomatligingiz yaxshilanadi va kayfiyatingiz ham chog’ bo’ladi. Qomatni yaxshi saqlash uchun terlab, og’ir jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning hojati yo’q. Karantin paytida chunchaki kundalik yengil mashqlar bilan shug’ullanishning o’zi kifoya.

Uyingizni tartibga keltiring

Sog’liqni saqlash vazirligi iloji boricha tez-tez uyni shamollatish va tozalashni tavsiya qiladi. Faqat COVID-19 pandemiyasi paytida emas, balki har doim. Bu sog’likka foydali va ko’zlarga quvonch baxshlaydi. Tozalash boshqa afzalliklarga ham ega. U nafaqat uyni, balki miyani tozalashga ham yordam beradi. Uyni tozalash karantin uchun juda yaxshi faoliyatdir, chunki u qo’shimcha kaloriyalarni mukammal darajada yo’qotadi.

17 комментариев к “Karantin vaqtida vazn orttirmaslikning asosiy 5 qoidasi”

  1. Уведомление: Mies Ei Ole Kiihottunut Seksissä

  2. Уведомление: pic5678

  3. Уведомление: psilocybin mushrooms online usa​

  4. Уведомление: marlin 45-70 for sale

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: golden teacher cubensis

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: psilocybe mushrooms for sale dc area

  9. Уведомление: passive income

  10. Уведомление: Side hustle

  11. Уведомление: link

  12. Уведомление: สล็อตวอเลท

  13. Уведомление: 7 up strawberry pie recipe

  14. Уведомление: Buy Psychedelics New South Wales

  15. Уведомление: Where to find DMT in Perth

  16. Уведомление: Nike

  17. Уведомление: Codeless software testing tool

Комментарии закрыты.