KOMPYUTER (qisqa ma’lumot)

DO`STLARGA ULASHING:

Kompyuter (ingl. computer — “hisoblovchi”), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — belgilangan algoritm (kompyuter dasturi) boʻyicha axborotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash hamda natijani chiqarish uchun moʻljallangan hisoblash vositasi.
Kompyuter (ing . computer — hisoblayman) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, Kompyuter ( bundan keyin qisqartirilib K. deb yurtitiladi) hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981 yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh (“Makintosh”) yoki oddiygina “maki” deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga “sichqon” manipulyatori va printer kiritiladi. “Sichqon” ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish – ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

18 комментариев к “KOMPYUTER (qisqa ma’lumot)”

  1. Уведомление: tor2door market

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: snuscore de

  4. Уведомление: cc cvv shop

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: savoir plus

  7. Уведомление: 토토샤오미

  8. Уведомление: Investment

  9. Уведомление: Penis Envy Mutant Mushrooms – 4 Oz

  10. Уведомление: passive income

  11. Уведомление: เว็บพนัน

  12. Уведомление: 토렌트 다운

  13. Уведомление: where to buy magic mushroom chocolate

  14. Уведомление: stapelstein

  15. Уведомление: Devops solutions

  16. Уведомление: scam site

  17. Уведомление: faceless youtube automation

  18. Уведомление: LSM99 สล็อตเว็บตรง

Комментарии закрыты.