DO`STLARGA ULASHING:
Bolalar uchun mantiqiy savollar to’plami javoblari bilan. Bolalar hamda do’stlar davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami.
Risolat buvining Rustam ismli nevarasi, Momiq laqabli mushugi va Qoplon laqabli iti bor. Buvining nechta nevarasi bor?
Savolning javobi
Bitta
Karim maktabga boradigan yo’lga 10 daqiqa sarflaydi. Agar u do’sti bilan boradigan bo’lsa, qancha vaqt sarflaydi?
Savolning javobi
10 daqiqa
Nimani uchidan tortib, yerdan ko’tarib bo’lmaydi?
Savolning javobi
Ip o’ramini
Bog’da 8 ta o’rindiq bor edi. Uchtasi bo’yaldi. Bog’da nechta o’rindiq bo’ldi?
Savolning javobi
8 ta o’rindiq
Non uch bo’lakka bo’lindi. Nonni necha marta kesishdi?
Savolning javobi
2 marta
Mening ismim Tohir. Singlimning faqat bitta akasi bor. Singlimning akasining ismi nima?
Savolning javobi
Tohir
Yuk mashinasi qishloqqa ketayotgan edi. Yo’lda u 4 ta mashinani uchratdi. Qishloqqa qancha mashina ketayotgan edi?
Savolning javobi
Bitta
Qaysi biri yengilroq: 1 kilogramm paxtami yoki 1 kilogramm temir?
Savolning javobi
Bir xil
Ikki bola 2 soat davomida shashka o’ynadi. Har bir bola qancha vaqt o’ynagan?
Savolning javobi
2 soat
Bir haydovchi haydovchilik guvohnomasini olmasdan yo’lga chiqdi. Bir tomonlama harakatlanish belgisi turgan edi, biroq haydovchi qarama-qarshi tomonga qarab yurdi. Yo’l patrul xizmati xodimi uni ko’rdi, ammo to’xtatmadi. Nima uchun?
Savolning javobi
Haydovchi piyoda yurib ketayotgan edi
