Hayotiy savollar javoblari bilan

DO`STLARGA ULASHING:

Eng sara hayotiy savollar javobi bilan — ushbu sahifada e’lon qilingan barcha savollar biz yashab turgan yer sharining qaysidir burchagida sodir bo’lgan voqea va hodisalardan tashkil topgan.

Savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishdan avval, o’z bilimingizni sinab ko’rishni tavsiya etamiz. Savolning javobini bilish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

1 — «Dovud» haykali muallifi kim?

2 — Aniq soatlar mamlakati qaysi?

3 — Ma’lumki payg’ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?

4 — «Gulliver»dagi uchuvchi orol nomi?

5 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning «Injil»dagi ismlari?

6 — Angliya terma jamoasi xujumchisi Maykl Ouen hozir qaysi klub libosida harakat qilmoqda?

7 — AQSh tarixida muddati tugamay iste’fo bergan birinchi prezident kim?

8 — «Time» jurnali tomonidan «yil odami»ni qo’lga kiritgan birinchi amerikalik qora tanli kim?

9 — Moskva shahriga asos solgan knyaz kim edi?

10 — O’zbekiston Oliy Ligasidagi «To’palang» jamoasi qaysi viloyat sharafini himoya qiladi?

11 — Shoir Mavlono Lutfiy Navoiyning qaysi g’azali uchun butun umrlik ijodini almashmoqchi bo’lgan?

12 — Yer kurrasida g’aroyib bir dengiz bor. Uning sohillari yoq. U qaysi dengiz va qayerda joylashgan?

13 — Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?

14 — Koinotga ko’tarilgan birinchi ayol kim?

15 — «Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi» asari muallifi kim?

16 — Buyuk Amir Temurning onasi ismi nima edi?

17 — 1999 yili «Oltin to’p» sohibi bo’lgan futbolchini aniqlang.

18 — 1940-yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so’rab xat yo’llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo’lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?

19 — Yupiterning eng katta yo’ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?

20 — «O’zbek maqomchilar ansambli» ning asoschisi kim?

21 — Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?

22 — Qadimgi greklarning uyqu xudosi kim? Uni rimliklar qanday atashar edi?

23 — Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?

24 — Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?

Islomiy va Diniy savollar javoblari bilan

25 — Misrdagi Asvon to’g’oni va Nil daryosini bog’laydigan Nasser ko’li kimning nomiga qo’yilgan?

26 — 1995-2003-yillarda eng yaxshi film nominatsiyasi bo’yicha Oskar mukofotini qo’lgan kiritgan filmlar qaysi?

27 — Dendrologiya fani nimani o’rganadi?

28 — Xiyonati, zino bilan qo’lga tushgani uchun o’z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim edi?

29 — 2004 yil, Afinada o’tkazilgan yozgi olimpiada o’yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?

30 — Ma’lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o’qib bo’lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?

31 — Germaniyaning «Bavariya» klubida o’ynayotgan gollandiyalik xujumchini aniqlang.

32 — Arablarda insonni o’z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma’nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo’lgan?

33 — Everest cho’qqisiga birinchi bo’lib ko’tarilgan yangi zelaydiyalik alpinist?

34 — Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?

35 — «Toshkent kurant soati» nechanchi yilda qurilgan?

36 — Quyoshning yerdagi yo’ldoshi deb nom olgan o’simlik?

37 — Jahonning eng yosh milliarderi kim?

38 — Ilk plastik operatsiya qachon va qaerda o’tkazilgan?

39 — O’zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?

40 — Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?

41 — Shoir Mahmudho’ja Behbudiy qaysi shaharda tug’ilgan?

42 — Margilanets: Ucha olmaydigan qush qaysi?

43 — AbdulAziz: Edison kashf qilgan 3 ta ixtironi sanang.

44 — Chexiya terma jamoasi xujumchisi Milan Barosh hozirda qaysi klub sharafini himoya qilmoqda?

45 — «Isroil» so’zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?

46 — Dunyodagi eng baland to’g’on qaysi? Uning balandligi qancha?

47 — Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo’ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?

48 — Kemiruvchi chumoli?

49 — Karlos Valderrama o’z vaqtida qaysi terma jamoada to’p surgan?

50 — Mixail Bullgakovning «Usta va Margarita» asaridagi mushukning nomi?

51 — Turkiston jadidlarining birinchi gazetasi qaysi?

52 — Inglizchada ayollarga nisbatan qo’llanadigan Mrs. qaysi so’zning qisqartma formasi?

53 — Daniya parlamenti qanday ataladi?

54 — Saturn sayyorasining eng katta yo’ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?

55 — Ingliz tilida bitta so’z bor — barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng uzun inglizcha so’z. Bu qaysi so’z?

56 — Handaq g’azoti musulmonlar uchun g’alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma’lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo’lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?

57 — Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o’zining mashhur «Keldim. Ko’rdim. G’alaba qozondim!» iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?

58 — «Alvido qurol» asari muallifi kim?

59 — Dunyodagi turistlar eng ko’p tashrif buyuradigan mamlakat qaysi? Yiliga qancha turist tashrif buyuradi?

60 — Rim katolik cherkovi tomonidan o’ldirilgan mashhur italian fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?

61 — Muz hokkeyi bo’yicha birinchi jahon chempionati qachon o’tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo’lishgan?

62 — Shoir Alisher Navoiyning so’nggi asari qaysi?

63 — Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o’giring.

64 — Nurfologiya nima?

65 — «Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas», iborasi kimga tegishli?

66 — Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?

67 — Dunyodagi eng uzun temiryo’l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?

68 — Qishda uyda nima yaxlaydiyu, ko’chada yoq?

69 — Shaxmat bo’yicha birinchi jahon chempioni kim? U qayerlik?

70 — Mashhur fransuz rassomi, «Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?» asari muallifi?

71 — Hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino qaysi? Uning balandligi qancha, necha qavatdan iborat?

72 — Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo’lgan?

73 — Neptun sayyorasini kashf etgan olim?

74 — Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?

75 — Germaniya, Kanada, Hindistonning eng boy kishilari kim?

76 — Chingiz Aytmatovning qaysi asari qahramoni Ona Yer bilan suhbatlashadi?

77 — Shoir Bobur necha yoshida taxtga o’tirgan?

78 — «O’tkan kunlar»da Usta Olimning qaynisi, Saodatning ukasi ismi nima edi?

79 — Har bir musulmon bilishi shart bo’lgan savol: Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.

80 — Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug’ilgan?

81 — Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?

82 — O’rgimchaklarni o’rganuvchi fan?

83 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur’oni karimda zikr etilgan payg’ambarlarga o’xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg’ambarga o’xshatganlar va nima uchun?

84 — Xristianlikka o’tgan birinchi Rim imperatori?

85 — Dunyoda kattaligi jihatdan Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi ko’l qaysi?

86 — Fransiyaning eng birinchi prezidenti va ayni paytda 3-imperatori bo’lgan shaxs kim?

87 — Dunyoda maydoni bo’yicha Sahroi kabirdan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi cho’l qaysi?

88 — Dunyodagi eng uzun ko’l qaysi?

89 — Yangi ixtirolar odatda patentlashtiriladi. Bizning kundalik hayotimizda asosiy aloqa vositasiga aylangan Telefon patenti uchun 1876-yilda 2 amerikalik ixtirochi bir-biriga nisbatan 2 soatlik oraliqda ariza topshirishadi. Patent kimga va Telefon apparatiga qanaqa nomer berilgan?

Оставьте комментарий