Kundalik nizolar va uchrayotgan muammolar aslida… 20+

DO`STLARGA ULASHING:

Kundalik hayotimizda tez-tez uchrayotgan va yo‘l qo‘yilishi oson bo‘layotgan oilaviy nizo va ajrim sabablarini quyidagicha tahlil qilamiz:

— “Kelinimni qizim dedim”, “Qaynonamni onam”. Bular yuzaki aytilayotgan fikrlar. Avvalo ona qiziga tanbeh berish bilan birga aytganiga osonlikcha ko‘nmasa o‘rniga boshqa qiz izlamaydi. Qizlar ham gap eshitganda arazlab o‘ziga boshqa uy yoki ota-ona izlashmaydi;

Juft tanlashdagi xatolik. Did borasida har kim o‘z qarashlari bor, turmush o‘rtoq tanlovida ham shunday. Kimgadir qaysar, o‘z fikriga ega inson ma’qul kelsa, kim uchundir aksincha kamsuqum va bo‘ysunuvchan umr yo‘ldoshi mos keladi. Agarda qarashlari turli xil bo‘lsa er-xotin bir-birini ayblay boshlashadi. Oltin qoidada aytilganidek: “biz aslida qarashlarimizga mos kelmagan va bizga qarshi chiqqanlarni yomon deymiz”.

— Oilaviy nizo va ajrimlarga “quloqning o‘rganib qolishi”. “Falonchani xotini aytganiga ko‘nmagan ekan, haydab yuborib, boshqasiga uylanibdi”, “kelin uyidagilar qiynashgan ekan, shart narsalarini yig‘ishtirib kelibdi, qaytib bormas emish!”. Bu kabi so‘zlar insonlar ongiga fojea emas, oddiy holat kabi singib bormoqda;

— Oilaga emas, to‘yga katta tayyorgarlik ko‘rish. Unashtirish, fotiha to‘yi, kelin-kuyov sarpo, nikoh to‘yi. Buksr aldamchi hislar kabi o‘tganidan so‘nggina vaqtni behuda sarflaganini isbotlaydi. Orzu-havas hammada bor ammo, ana shu orzudan ko‘zlangan asosiy maqsad baxtli oilaviy hayot emasmi? Agarda to‘y tashvishlari — uyni ta’mirlash qatorida o‘zlarining ongini isloh qilishsa, yangi kiyim o‘rniga yangi hunar, ro‘zg‘or sirlari hech yo‘q murosa ilmi o‘rganilsa, biz oilaviy nizo hamda ajrim tushunchalari bilan bu qadar ko‘p o‘ralashmas edik.

psixolog Gulbahor Yusupova tayyorladi

pmt.uz

Оставьте комментарий