Maryam Uzerli haqida

DO`STLARGA ULASHING:

#Maryam_Uzerli

Siz yuqorida koʻrib turgan inson oʻsha mashhur “Muhtasham yuz yil” serialida Hurram Sulton roli ijrochisi, aktrisa Maryam Uzerli hisoblanadi. Birinchi rasmga qarab, qoʻrqib ketmang! Ikkalasi ham bir inson.

Maryam Uzerli — aktrisa va model 1983-yilning 12-avgustida Germaniyaʼning Kassel shahrida tugʻilgan. Otasi Huseyn turk, onasi aktrisa Ursula germaniyalik boʻlgan. Maryamʼning ona tili nemis tili. Lekin u turk tilida toʻliq gapira oladi.

Oilasida eng kichik farzand boʻlib, Uzerliʼning ikki akasi va bir opasi bor. Mahoratli aktrisa 2011-2013-yillarda dunyoga mashhur “Muhtasham yuz yil” serialida Hurram Sulton rolini qoyilmaqom tarzda ijro etadi. Ammo u serialda Hurramʼning qarilik paytidagi rolini ijro etmaydi, bunga sabab kuyish sindromi boʻlgan.

Maryam Uzerli hozirda 38 yoshda. Uning boyligi 10 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda (https://taddlr.com/celebrity/meryem-uzerli/). U bir erkakning umr yoʻldoshi va ikki farzandning onasi hisoblanadi. Uning ikki qiz farzandi bor. Kichik qizi endigina 3 oylik boʻldi.

Оставьте комментарий