Mavzu: Sher va sichqon Maqsad

DO`STLARGA ULASHING:

Mavzu: Sher va sichqon Maqsad

Mavzu: Sher va sichqon

Maqsad: O’quvchilarni mustaqil kitob o’qishga o’rgatish. Tushungan holda o’qish ko’nikmasini oshirib boorish.

Ta’limiy: To’g’ri, ongli, ravon tushungan holda o’qishga o’rgatish.

Tarbiyaviy: Ajdodlarimiz singari komil insonga xos ijobiy sifatlarni yomon holatlardan ajrata bilishga, yaxshilikni o’ziga shior qilib olishga o’rgatish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 — o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish; TK3 — o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. TK4- o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. FK1— ertak, rivoyat, hikoya, topishmoq, latifa va maqollar hamda she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Rivojlantiruvchi: O’qigan matnini hikoya qila olishga o’rgatish.

Darsning turi:

Yangi bilim berish.

Darsning metodi: Ifodali o’qish

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar.

T/R Bo’limlar Vaqti
1 Tashkiliy qism 2 daqiqa
2 Uy ishini tekshirish 4 daqiqa
3 Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish 2 daqiqa
4 Yangi mavzuni yoritish 18 daqiqa
5 Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni 14 daqiqa
7 Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash 4 daqiqa
8 Uyga vazifa 1 daqiqa
9 Jami 45 daqiqa

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism:

Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.

Manaviyat daqiqasini o’tkazish

Kun yangiligi.

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi. Savol va topshiriqlar:

  • Kitobni qanday asrash kerak?
  • Kompyuter qanday vazifalarni bajara olar ekan?
  • Bilim olish haqidagi maqollardan ayting.

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

k o m p y u t e r
t e l e v i z o r
s o a t
t e l e f o n
a v t o b u s

2.

4.

1.

2.

4.

5.

Katakchalarni to’g’ri to’ldirsangiz, ilm manbayiga oid so’z kelib chiqadi:

III Y angi mavzu bayoni

Sher va sichqon

Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kun o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi.

Lug’at ustida ishlash: juftini top o’yini

yaxshilik

tasodifan

tuzoq

najotkor

Yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik

Kutilmagan holda, birdan, qo’qqisdan

Qush yoki boshqa hayvonlarni tutish uchun yasaladigan moslama

Qutqaruvchi, xalos etuvchi

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Savol va topshiriqlar:

  • Sichqon sherni nima uchun qutqardi?
  • Yaxshilikning oqibati haqida so’zlab bering?
  • Siz ham boshqalarga yaxshilik qilgan paytlaringiz bo’lganmi?

Hikmatli so’zni o’qing va mazmunini so’zlab bering.

  • Yaxshining yaxshiligi tegar tor yerda,
  • Yomonning yomonligi tegar har yerda.

Yashilik bizga nima beradi?

Uning salbiy va ijobiy tomonlarini sanang.

  1. Baholash.

    Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.

    VI. Uyga vazifa:

    Mavzuni o’qib gapirishga tayyorlanish.
    http://fayllar.org

Оставьте комментарий