Men o’zbek farzandiman
Reja:
I. Kirish: Zamonaviy yurt taraqqiyotida yangi sahifa
II. Asosiy qism:
1)Yangicha boshqaruv va yangicha strategiya
2)Yangi O’zbekiston bosib ōtayotgan yōl
3)Ōtgan tariximizga nazar solaylik
III. Xulosa: Vatanga munosib farzand bōlaylik!
Bugun O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu yo’lda u jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do’stona hamda o’zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo’lmoqda.
Qisqa davr ichida O’zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga asos bo’luvchi ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Shunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo’shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo’yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar yillar o‘tgani sayin tobora mustahkamlanib, ko‘zga yanada yorqinroq tashlanmoqda. Zero, tarixan qisqa davr ichida barcha sohada mislsiz o‘zgarishlar ro‘y berdiki, bu haqli ravishda ko‘pchilikning havasu hayratiga sabab bo‘layotir.
Xulosa o’rnida shuni aytishim joizki yurtboshimiz tomonidan biz yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda biz mana shu imkoniyatlardan foydalangan yurtimizga munosib farzand bōlishimiz kerak!