Didaktika — pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida

DO`STLARGA ULASHING:

MАVZU. DIDАKTIKА — PEDАGOGIK TАЪLIM NАZАRIYaSI SIFАTIDА
I. REJА:
1. Didaktika – taʼlim va oʼqitish nazariyasi ekanligi.
2. Didaktikaning maqsad – vazifalari va asosiy tushunchalari.
3. Hozirgi davrdagi didaktika rivojining asosiy yoʼnalishlari.
II. MАQSАD. Taʼlim jarayonining ilmiy – nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, yaʼni taʼlim, taʼlim berish, oʼqitish nazariyasining mazmun – mohiyatini bayon qilish.
III. VАZIFАLАR.
1. Taʼlabalarga didaktika haqida tushuncha berish.
2. Didaktika taʼlim nazariyasi ekanligi.
3. Didaktikaning maqsad – vazifalari.
4. Didaktikaning asosiy tushunchalari.
5. Uzluksiz taʼlim tizimi va oʼrta maxsus, kasb – hunar taʼlimi kontseptsiyasi.
6. Hozirgi davr didaktikasi tizimlari.
7. Hozirgi davr pedagogikasida taʼlim paradigmalari: anʼanaviy, konservativ, ilmiy, insonparvarlashtirilgan, ratsionalistik (bisiovistik), texnologik, izoterik.
IV. TАYaNCh TUShUNChАLАRI: Didaktika; oʼqitish nazariyasi; umumiy didaktika; falsafa va sotsiologiya, siyosatshunoslik; etnologiya va pedagogik psixologiya; odam fiziologiyasi; xususiy metodika; taʼlim; taʼlim jarayoni; taʼlim tamoyillari; didaktik tamoyillar; taʼlim metodlari; taʼlim vositalari; taʼlim shakli; bilim, koʼnikma va malakalar; oʼrganish, oʼrgatish, oʼqish va oʼqitish; tashkil etish; didaktik materiallar; tarqatma materiallar; didaktik qobiliyat; didakotsentrik texnologiyalar; paradigma; taʼlimni axborotlashtirish; innovatsion taʼlim; modellashtirish.
V. MАTN BАYoNI.
1. Didaktika – taʼlim va oʼqitish nazariyasi ekanligi
Didaktika – pedagogikaning mustaqil tarmogʼi. Taʼlim – tarbiya nazariyasi, yaʼni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shugʼullanadi.
Didaktika pedagogikada taʼlim jarayonining umumiy qonuniyatlarini oʼrganuvchi qismdir.
Didaktika grekcha soʼz boʼlib, “didasko” – oʼqitish, “didaskol” – oʼrgatuvchi degan soʼzlardan kelib chiqqan.
“Didaktika”ning soʼzma – soʼz tarjimasi taʼlim nazariyasini anglatadi.
Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya. А. Komenskiy (1592 — 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy “Hammani hamma narsaga oʼrgatish sanʼati”, deb tushundi. Didaktikaning mohiyatini ishlab chiqishda G. Pestalotstsi, I. Gerbart, K.D. Ushinskiy, V. Ostrogorskiy, P. Kapterev kabi mashhur olimlar katta hissa qoʼshishdi. Bu yoʼnalishda didaktlar Yu.K. Babanskiy, N. Gruzdev, M. Danilov, B. Yesipov, L. Zankov, M. Skatkin kabilar ham ancha ishlarni amalga oshirishdi.
Didaktika pedagogikaning “Nima uchun oʼqitish kerak”, “Nimani oʼqitish kerak”, “Qanday oʼqitish kerak”, “Qanday hajmda oʼqitish kerak”, “Kimlarni oʼqitish kerak”, “Qaerda oʼqitish kerak”, “Nimadan foydalanib oʼqitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi.
Umumiy didaktika oʼz navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bogʼlangan boʼlib, ularga oid maʼlumotlariga tayanib oʼqitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir oʼquv fanini oʼqitish usullari uchun umumiy asos boʼlib xizmat qiladi.
Didaktika oʼz oldiga oʼqitishning oʼquvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qoʼyadi.
Didaktikada taʼlimni tashkil etishning umumiy masalalari, oʼqitish jarayonining mohiyati, taʼlimning mazmuni, oʼqitish qonuniyatlari, oʼqitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Oʼqitish jarayoni pedagogning oʼrgatuvchilik faoliyatini va taʼlim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini oʼz ichiga oladi. Shu oʼrinda bu jarayonlarning tahliliga eʼtibor qarataylik. Taʼlimda oʼqituvchining boshqaruvchilik roli oʼz kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qoʼlga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib koʼyadi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa hamda oʼzaro bogʼliqliklikda joylashadi. Didaktika oʼqitishning umumiy qonuniyatlarini oʼrganadi. Аniq bir predmetni oʼqitishning oʼziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Xususiy didaktika – muayyan oʼquv fanlarini oʼqitish qonuniyatlari, usullari, vositalari, shakllari va yoʼllarini oʼrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri boʼlib hisoblanadi. U umumiy didaktika yutuqlari asosida rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, oʼsha predmetning umumiy jihatlarini qonunlashtiradi va ularda oʼqitishning universal jihatlari namoyon boʼladi.
Didaktikaning boshqa fanlar bilan bogʼliqligi. Taʼlim jarayoni jamiyat rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlari, odamlar faoliyati va hayotiy ehtiyojlari, zamonaviy fan-texnika taraqqiyotining yutuqlariga hamma taʼlim oluvchilarning shaxsiy sifatlariga qoʼyilgan katta talablarga asoslanadi.
Didaktika sohasidagi natijalar uning oldiga yangi-yangi masalalarni koʼndalang qoʼyadi. Bu muammolarni hal qilish boshqa fan yutuqlaridan maksimal darajada samarali foydalanishni talab etadi.
Falsafa va sotsiologiya jamiyat va atrof-muhit rivojining umumiy qonuniyatlari haqidagi fanlar sifatida odamlarning hayoti va faoliyatining ijtimoiy va boshqa oʼziga xos xususiyatlarini xisobga olishda didaktikaga yordam beradi.
Siyosatshunoslik taʼlimdagi siyosiy hodisalar va jarayonlar bilan bogʼliq didaktik masalalarni ochish uchun xizmat qiladi.
Etnologiya didaktikaga odamlarning milliy oʼziga xosliklarini toʼgʼri hisobga olishda yordam beradi, qaysiki taʼlimda milliy tajribalar oʼziga xos xususiyatga ega.
Pedagogik psixologiya taʼlim jarayonida bilim, koʼnikma va malakalarni egallash jarayonining psixologik qonuniyatlari va tamoyillarini hisobga olishga imkoniyat beradi.
Odam fiziologiyasi taʼlim jarayonida odam tana tuzilishi va nerv tizimining ishlash qonuniyatlarining oʼziga xos xususiyatlari, ularning roli, ahamiyati va oʼziga xos vazifalarni koʼrsatishga yordam beradi.
Xususiy metodika alohida predmetlarni oʼqitishda taʼlimning turli shakl va vositalarini qoʼllanishining oʼziga xosliklarini aniq hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.
2. Didaktikaning maqsad – vazifalari va asosiy tushunchalari
Didaktikaning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, koʼnikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Bularning barchasi oʼqituvchining taʼlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida oʼz aksini topmogʼi lozim. Аna shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, taʼlim jarayonida oʼqituvchi oʼz taʼlim oluvchilariga qoʼlga kiritilgan bilimlarni oʼrgatadi. Oʼkuv faoliyatida ularni koʼnikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u taʼlim oluvchilarda dunyoqarash va axloq meʼyorlarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shakllantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. Oʼqituvchining faoliyati taʼlim oluvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun oʼquv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda taʼlim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. Taʼlim oluvchilarga qiyinchiliklarni yengib oʼtishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun taʼlim jarayonini tashxis qiladi. Oʼz navbatida taʼlim oluvchilarning faoliyati oʼquv jarayonida oʼrganishga, bilim, koʼnikma hamda malakalarni egallashga, oʼzini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yoʼnaltiradi. Taʼlim jarayonida taʼlim oluvchilarning faoliyati koʼp qirrali yoʼnalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktikaning asosiy tushunchalariga taʼlim, taʼlim jarayoni, taʼlim tamoyillari, taʼlim metodlari, taʼlim shakllari, taʼlim vositalari, bilim, koʼnikma, malaka, oʼqitish, oʼqish va shu kabilar kiradi.
Taʼlim – taʼlim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi koʼnikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni boʼlib, kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Taʼlim deganda shaxsning jismoniy va maʼnaviy kamol topishi, uning ongli ravishda ayrim ibratli faoliyatlari yoʼnalishlari tarixan maydonga kelishi, ijtimoiy namuna boʼlishga va har tomonlama barkamollikka intilish jarayoni tushuniladi.
Taʼlimning boshlangʼich (dastlabki) vazifasi taʼlim oluvchini oʼqitishdan iborat. Shuning bilan birga oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga maʼlumot berish vazifasini bajaradi.

Оставьте комментарий