Mening bog‘cham

DO`STLARGA ULASHING:

Mening bog‘cham

Erta turib har kuni,
Tezda yuvib yuz qo’lni,
Otlanaman bog‘chamga,
Sevinch sig’may ichimga.

Shirin so‘z bog‘cha opam,
Mexribondir u biram.
Kutib olar har kuni,
Yaxshi ko‘raman uni.

Do’stlarim rosa ko’p,
O’ynaymiz to’p to’p.
Xursand bizlar barchamiz,
Zerktirmas bog‘chamiz.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий