MIOPIYA uzoqni ko’ra olmaslik belgilari va davolash haqida batafsil

DO`STLARGA ULASHING:

MIOPIYA uzoqni ko’ra olmaslik belgilari va davolash haqida batafsil

#MIOPIYA👇

uzoq masofada joylashgan predmetlarni yaxshi ko’ra olmaslik. Ko’z olmasi o’sgan sari yuzaga keladi, asosan, 10-16 yosh oralig’ida.

Darajalari
1.Yengil (-3 dioptriygacha)
2.O’rta (-3.25-6 dioptriya)
3.Yuqori (6 dioptriydan baland). Yuqori ko’rsatkichlari -15, -20 va hattoki -30 dioptriygacha yetishi mumkin.

#SABABLARI👇

1.Nasliy moyillik
2.Ko’z olmasi xaddan tashqari kattalashishi (24 mmdan katta) 3.Ko’z olmasiga yaqin masofadan bo’lgan xaddan tashqari zo’riqish
4.Ko’zni noto’g’ri korreksiya qilish
5.Qon aylanish buzilishi
6.Noto’g’ri ovqatlanish
7.Ko’zda asoratlarga olib keladigan kasalliklar (O’RVI, angina).

#BELGILARI👇

1.Uzoqdan yaxshi ko’ra olmaslik
2.Tez ko’z charchashi
3.Ko’rish zo’riqshida bosh og’riqlar.

#DIAGNOSTIKA👇

1.Miopiyani korreksiya qilishda optometrist yordami
2.To’r pardani qorachiqni kengaytirgan holda tekshirish 3.Biomikroskopiya (ko’z strukturalarini tekshirish) 4.Oftalmoskopiya (ko’z tubini tekshirish).

#DAVOLASH👇

1.Eksimer – lazer korreksiya
2.Gavharni refraksion almashtirish (lensektomiya)
3.Fakik linzalar (shox parda yupqa bo’lgan holatlar uchun) implantatsiyasi
4.Radial keratotomiya (qiyshiqligini mikroxirurgik kesishlar bilan korreksiya qilish)
5.Keratoplastika.

#PARHEZ👇

Vitamin A ga boy mahsulotlar.

#ASORATLARI👇

1.Ko’z tubida distrofik o’zgarishlar
2.To’r parda yorilishi
3.To’r parda ko’chishi
4.Ko’rlik.

#PROFILAKTIKA👇

1.Lyutein saqlovchi vitaminlar qabul qilish
2.Ko’z mushklarini harakatlantirisi
3.Ko’z kasalliklarini vaqtida davolash
4.Umum quvvatlantiruvchi vositalar
5.Qon aylanishni yaxshilash.