«Moy kompyuter» (mening kompyuterim) ilovasi bilan ishlash

DO`STLARGA ULASHING:

«Moy kompyuter» (mening kompyuterim) ilovasi bilan ishlash
 Reja:
  1. Mening kompyuterim ilovasi haqida tushuncha
  2. Mening kompyuterim ilovasi bilan ishlash
WINDOWS-XP tizimi komp`yuterda ma`lumotlarni Saqlash strukturalarini boshqarish va ko’rib chiqishni ikki usulda bajaradi: «Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) va «Provodnik» (Boshlovchi) ilovalari yordamida.
«Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasi komp`yuterning faylli strukturasini va disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan, «Panel` upravleniya» (Boshqarish paneli) va «Printeri» (Chop etish qurilmalari) ilovalari faoliyatini muvofiklashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi. «Moy komp`yuter» fayllarni uchirish, qayta nomlash, joyini o’zgartirish, ulardan nusxa olish uchun ishlatilishi xam mumkin.
Ish stolidagi «Moy komp`yuter» ob`yektida sichqonchani ikki marta bossangiz, ilova oynasi ochiladi (5.11-rasm). «Moy komp`yuter» oynasi ochilganda, unda fayllar strukturasining yuqori pog’onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo’lgan disklar kulrang ob`yektlar bo’lib, kolgan resurslar — sarik jild Ko’rinishida namoyish etiladi.
Agar (S:) disk belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosilsa, oynaning past qismida joylashgan xolat qatorida diskdagi bo’sh joy mikdori aks etadi.
Diskdagi fayllar va jildlarni ko’rib chiqish uchun diskning rasmchasi ustida sichqonchani ikki marta bosamiz. Natijada oynada disk ichidagi axborot namoyon bo’ladi. Agar disk ichidagi jild ustida sichqoncha ikki marta bosilsa, oyna uzgarib, monitor ekranida jild ichidagi axborot paydo bo’ladi. Boshqa ob`yektlarda xam ikki marta sichqonchani bosish mumkin:
Yo agar bu Ilova bo’lsa — Ilova ishga tushadi;
Yo agar bu Uujjat bo’lsa — mos ilovadagi xujjat ochiladi.
Faylli strukturaning pog’onalarini aks ettirish uchun ekranga  «Panel` instrumentov» (Uskunalar paneli)ni chiqarish mumkin. Buning uchun «Vid» (Ko’rinish) menyusidan «Panel` instrumentov» (Uskunalar paneli) buyrug’ini tanlang. Bir nechta uskunalar aks etgan qator chiqadi. Keyin «Perexod na odin uroven` vverx» (Yuqoriga bir pog’ona o’tish) sarik piktogrammasini bosib, oldingi pog’onaga uting.
«Adres» (Manzil) qatoridan turli disklarga, jildlarga, katta jildlarga o’tish uchun  mukobil usul ishlatilishi mumkin. Buning uchun Siz adres qatori oxirida to’rgan «pastga» ko’rsatkichini bossangiz, turli disklar va jildlar ro’yxati chiqadi. Kerakli ob`yekt ustida sichqonchani bossangiz, oynada ob`yektdagi axborot aks ettiriladi.
Siz oyna ichidagi ob`yektlar tasvirlanishi turlarini «Vid» (Ko’rinish) menyusini yoki uskunalar panelining ung tomonida joylashgan to’rtta piktogrammani ishlatib o’zgartirishingiz mumkin. Ular quyidagilar: «Krupnie znachki» (Yirik belgilar), «Melkie znachki» (Mayda belgilar), «Spisok» (Ruyxat) va «Tablisa» (Jadval) (5.12-rasm).
«Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim)da ob`yektlar tasvirlanishi tartibini o’zgartirishning ikki usuli mavjud:
«Vid» (Ko’rinish) menyusidagi «Uporyadochit`   znachki» (Belgilarni tartiblash) ro’yxatida ob`yektlar saralanishining shartlarini tanlash kerak.
«Tablisa» rejimida xar bir ustunning tepasida «Imya» (Nom), «Razmer» (O’lchov), «Tip» (Tur) va «Izmenyon» (Uzgartirilgan) tugmachalari aks ettirilgan.
— Ustunning sarlavxasiga mos o’sib borish yoki kama­yish tartibida ob`yektlarni saralash uchun kerakli tugmachani bosish kerak.
«Vid» (Ko’rinish) menyusida «Kak Web stranisa» (Web saxifasidek) buyrug’i mavjud, uni faollashtirib, Ilovani  Web saxifasidek jixozlash mumkin (5.13 rasm).
«Fayl» menyusida fayllar, jildlar, disklar bilan ishlaydigan buyruqlar yig’ilgan: «Otkrit`» (Ochish), «Nayti» (Topish), «Formatirovat`» (Bichimlash), «Svoystva» (Xossalar) va xokazo.
«Pravka» (Taxrirlash) menyusida bichimlash buyruqlari yig’ilgan: «Kopirovat`» (Nusxa olish), «Vstavit`» (Kiritish), «Virezat`» (Qirqib olish), «Videlit`» (Ajratish) va xokazo.
«Perexod» (O’tish) menyusida o’tish buyruqlari yig’ilgan: «Nazad» (Orkaga), «Vpered» (Oldiga), «Na odin uroven` vverx» (Bir pog’ona yuqoriga), «Na domashnyuyu stranisu» (Uy saxifasiga), «Putevoditel` po kanalam» (Kanallar bo’yicha yul kursatuvchi), «Poisk v Web» (Webda  kidiruv) va xokazo.
«Izbrannoye» (Tanlangan) menyusida Sizga Internet xizmatlarini ishlatish imkonini beradigan buyruqlar yig’ilgan (5.14- rasm).
«Spravka» (Ma`lumot) menyusida Ilovalar hamda tizim bo’yicha  o’zingizni kiziktirgan savollarga javob topishingiz mumkin.
«Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasini o’rganish jarayonida Siz aniq bir masalani xal qiluvchi fayllar aloxida jildlarda jamlanganini kurdingiz. Endi yangi, masalan, Sizning fayllaringizni saqlaydigan jild yaratamiz. Buning uchun  komp`yuter ekranida 5.11-rasmda aks etgan oyna namoyon bo’lganida, S: diski belgisi ustida ikki marta sichqoncha bosiladi. So’ng, «Fayl» menyusida «Sozdat`» (Yaratish) buyrug’i faollashtiriladi. Namoyon bo’lgan ro’yxatdan «Papka» (Jild) qatori tanlanadi.
Xosil bo’lgan darchada o’zingiz xoxlagan nomni kiritasiz va, albatta, ENTER tugmachasi bilan tasdiklaysiz. Jild tayyor. Shu jildga ba`zi fayllarni ko’chirish uchun boshqa jilddagi yoki diskdagi kerakli fayllar belgilanib, «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Kopirovat`» (Nusxalash) buyrug’i yordamida nusxa olinadi hamda «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Vstavit`» (Qo’yish) buyrug’i yordamida  joriy jildga kiritiladi. Bu amalni uskunalar panelida joylashgan piktogrammalar yordamida xam bajarish mumkin.
«Fayl» menyusidagi «Formatirovat`» (Bichimlash) buyrug’i yordamida disketalarni bichimlash mumkin. Bichimlash jarayoni tugaganidan keyin ekranda axborot oynasi chiqadi. Undan Siz disketada kancha buzilgan joy borligini bilib olishingiz mumkin.
Disketalarga axborot yozishdan oldin  yoki kattik diskning buzilgan joylarini tekshirish uchun  «Proverka diska» («Diskni tekshirish») ilovasi ishlatiladi. Uni ishga tushirish uchun «Pusk» tugmachasi bosilib, «Programmi/ Standartnie/ Slujebnie/ Proverka diska» ketma-ketligi bajariladi. Tekshirish jarayonida aniqlangan buzilgan sektorlar  mazkur ilova tomonidan bir yula tuzatib ketiladi.
 
 
Тayanch so’z va iboralar: lokal disklar, hujjatlar, fayllar, papkalar.
Savol va topshiriqlar
  1. «Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasi yordamida qanday vazifalarni bajarish mumkin?
  2. «Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasining oynasidagi asosiy ob`yektlarni aytib bering.
  3. Diskdagi fayllar va jildlarni ko’rib chiqish qanday amalga oshiriladi?
  4. Faylli strukturani pog’onali aks ettirish qanday amalga oshiriladi?
  5. Oyna ichidagi ob`yektlarning tasvirlanish turlarini qanday o’zgartirish mumkin?
  6. Ob`yektlarning tasvirlanish tartibini o’zgartirishning necha xil usuli bor?
  7. «Fayl» menyusida qanday buyruqlar jamlangan?
  8. «Pravka» (To’g’rilash) menyusi yordamida qanday bichimlash buyruqlari bajariladi?
  9. Disketalarni bichimlash jarayonini aytib bering.
  10. Yangi jildni yaratish qanday amalga oshiriladi?

Оставьте комментарий