Muhabbat Shamayeva — Kechalar

DO`STLARGA ULASHING:

Muhabbat Shamayeva — Kechalar 

Oqu-oydin kechalar,
Oppoq oydin kechalar. (x2)
Sumbul-u rayhon turadi
Yora yurgan ko`chalar. (x2)

Yora yurgan ko`chalarni
Supuray sochim bilan.
Changi chiqsa, suv sepay,
Ko`zlardagi yoshim bilan. {x2}

Changi chiqsa, suv sepay,
Ko`zlardagi yoshim bilan.

Daryodin oqib kelodi
Shoda-shoda marvarid. (x2)
Ro`paramda o`ltirar
Qoshi qaro barno yigit. (x2)

Qoshi qaro barno yigit,
Hargiz ololmaysan meni.
Kokilim qimmatbaho,
Tashlab ketolmaysan meni. {x2}

Kimni mayli kimda bo`lsa,
Qo`yavering o`ynasin.

Оставьте комментарий