Musiqiy Intervallar

DO`STLARGA ULASHING:

 MUSIQIY INTERVALLAR
Bir vaqtda yoki birin-ketin eshitilgan 2 tovush qo‘llanmasiga interval deyiladi. Birin-ketin eshi ilgan tovush intervaliga «musiqaviy interval» deyiladi. Intervallarning pastki tovushi interval asosi hisoblanadi. Yuqori tovush esa cho‘qqisi deyiladi. Barcha garmonik ko‘tariluvchi, musiqaviy interval ko‘tariluvchi, yuqoriga o‘qiladi. Pastlashuv chi  pastga qarab o‘qilib, uning yo‘nalishi ham ko‘rsatiladi.
INTERVALLARNING SON VA SIFAT MIQDORI
Har bir interval 2 miqdor: son va sifat miqdori bilan aniqlanadi. Miqdor pog‘onalar soni in-tervallar soni deyiladi. Bir oktava oralig‘ida sodir bo‘lgan interval oddiy interval deyiladi. Hammasi bo‘lib 8 ta oddiy intervallar bor. Ular lotin tilida tartibli sonlar bilan nomlanadi:
1) Prima        4) Kvanta        7) Septima
2) Sekunda      5) Kvinta        8) Oktava
3)  Tersiya        6)  Seksta
Intervallar sifat miqdorini belgilash uchun kichik, katta, sof, orttirilgan, kamaytirilgan degan so‘zlar ishlatiladi:
1) Sof prima – 0 ton        8) Kamaytirilgan kvanta – 3 ton
2) Kichik sekunda – 0,5 ton      9) Sof kvinta – 3,5 ton
3) Katta sekunda – 1 ton      10) Kichik seksta – 4 ton
4) Kichik tersiya – 1,5 ton       11)  Katta seksta – 4,5 ton
5) Katta tersiya – 2 ton        12) Kichik septima – 5 ton
6) Sof kvanta – 2,5 ton        13) Katta septima – 5,5 ton
7) Orttirilgan kvanta – 3 ton      14) Sof oktava – 6 ton
 
 
ORTTIRILGAN VA KAMAYTIRILGAN INTERVALLAR
 
Har bir diotonik interval orttirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Bunga diotonik intervalga kiradigan pog‘onalardan birini xromatik yarim tonga pasaytirish  yoki ko‘tarish yordami bilan erishiladi. Orttirilgan intervallar sof va katta intervallardan tuziladi. Kamaytirilgan intervallar esa sof va kichik intervallardan tuziladi, kamaytirilgan intervallar sof, kichik intervallar esa sof va kichik intervallardan tuzilishi mumkin. faqatgina sof prima bundan istisno, barcha orttirilgan va kamaytirilgan intervallar «xromatik intervallar» deyiladi. Son miqdori turlicha va eshitilishi 1 xilda bo‘lgan intervallar «garmonik teng» intervallar deyiladi. Tarkibli intervalning sifat miqdorini belgilash uchun oddiy intervallarda ishlatiladigan sof, katta, kichik, orttirilgan degan so‘zlar qo‘llaniladi.
OHANGDOSH VA NOOHANGDOSH INTERVALLAR
Kossanas va dissana. Diotonik shakldagi gormonik intervallar ohangdosh va noohangdosh intervallarga bo‘linishi musiqalar deb, bir-biri bilan uyg‘unlashgan ohangdosh (kossanas)ning bo‘lib eshitiladigan tovushlar bo‘lib yangrashiga aytiladi. Noohangdosh (dissanas) deb, bir-biri bilan uyg‘unlashmagan, quloqqa keskin eshitiladigan tovushga aytiladi.
Ohangdoshlarga quyidagilar kiradi:
  1. a) Nihoyatda mukammal ohangdoshlar: sof prima, sof oktava;
  2. b) Mukammal ohangdoshlar: sof kvarta, sof kvinta;
  3. d) Nomukammal ohangdoshlar: kichik tersiya, katta tersiya, kichik seksta, katta seksta.
Noohangdosh  intervallarga  quyidagilar  kiradi:  kichik  sekunda,  katta  sekunda,  orttirilgan kvanta, kamaytirilgan kvinta, kichik septima, katta septima.
TURG‘UN TOVUSHLAR, ULARNING YECHILISHI VA LAD
Tayanch tovushlar turg‘un tovushlar deb yuritiladi. Chunki tayanch tovushda tugallangan kuy eshituvchida tinchlik va turg‘unlik taassurotini qoldiradi. Odatda turg‘un tovushlardan birortasi boshqalariga qaraganda keskin ajralib turadi va u asosiy tayanch rolini bajaradi. Bu
xildagi tovushlar tonika deb ataladi. Boshqa tovushlar ularga nisbatan ancha kuchsiz bo‘lib eshitiladi. Bular noturg‘un tovushlar deyiladi. Noturg‘un tovushlar turg‘un tonikalarga intiladi. Noturg‘un tovushlarning turg‘un tovushlarga o‘tishi tovushlar yechilishi deyiladi. Turg‘un va noturg‘un tonikalarni o‘zaro munosabat tizimi lad deyiladi. Biror kuy yoki asar bir ladga asosl anadi.
Tonikadan tuzilgan major uch tovushligi tonika uch tonikaligi deyiladi. Major ladi 7 tovushdan iborat. Bir tonikadan navbatdagi oktavaning boshqa bir tonikagacha joylashuviga lad tovush qatori yoki gamma deyiladi.
Gamma hosil qiladigan tovushlarga esa pog‘onalar deyiladi. Major ladining gammasida 7 ta pog‘ona bor bu pog‘onalar rim raqami bilan ifodalanadi:
1) Tonika (T) I        5) Dominanta (D) V
2) Pastga boshlovchi ton II    6) Sub medianta VI
3) Medianta III        7) Yuqoriga boshlovchi ton VII
4) Subdominant (S) IV      8) Oktava
 
INTERVALLARNING AYLANISHI
Interval tovushlarining bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chishi natijasida pastki tovush yuqoriga va yuqoridagi tovush pastga joylashadi. Banday holatga intervallarning aylanishi deymiz. Intervallarning ko‘chishi ikki yo‘l bilan bajariladi:
1)  interval asosini oktava yuqoriga ko‘chirish bilan;
2)  interval cho‘qqisini oktava pastga tushirish bilan.
Natijada yangi intervallar hosil bo‘ladi. Qoida bo‘yicha sof intervallar sof intervallarga, kichik intervallar katta intervallarga, kamaytirilgan intervallar orttirilgan intervallarga, orttirilgan intervallar kamaytirilgan intervallarga aylantiriladi.
 
TARKIBLI INTERVALLAR
 
Musiqada oddiy intervallardan tashqari oralig‘i oktavadan keng intervallar ham qo‘llaniladi.  Oralig‘i bir oktavadan keng intervallar tarkibli intervallar deyiladi. Tarkibli intervallar oddiy intervallarni oktavaga qo‘yish yo‘li bilan hosil bo‘ladi va ular quyidagicha nomlanadi:
1) Nona (sekunda)      5) Tersdetsima (seksta)
2) Detsima (tersiya)       6) Kvart detsima (septima)
3) Undetsima (kvarta)      7) Kvint detsima (oktava)
4) Dodetsima (kvinta)
GARMONIK VA MELODIK MAjOR
Alteratsiya belgilariga qarab kuyni major va minorga aylantiramiz. Musiqada ko‘p hollarda VI pog‘onasi pasaytirilgan major ladi qo‘llanilganligini uchratish mumkin. Bu xildagi major ladlari
garmonik major deyiladi. Akkortlar tuzilishining o‘zgarishi esa kuyning garmonik jo‘rligiga ta’sir qiladi. Shuning uchun bu ladning nomi garmonik majordir. VI pog‘onani pasaytirish lozim bo‘lganda pasaytirish belgisi nota oldidan qo‘yiladi va tasodifiy belgi deb ataladi.
Tasodifiy belgilar nota oldiga qo‘yilganida o‘sha ijro etilayotgan takt oralig‘iga ta’sir etadi.  Keyin taktdagi uchraydigan VI pog‘ona notasiga ta’sir etmaydi. Bekor bo‘lib keladi.
 
MINOR LADI. UNING POG‘ONALARI VA XUSUSIYATLARI
Minor so‘zi kichikroq pog‘ona degan ma’noni bildiradi. Minor ladi deb, birin-ketin yoki bir
vaqtda eshitilgan kichik yoki minor 3 tovushligidan hosil bo‘lgan ladga aytiladi.
Minor uch tovushligining turg‘un tovushlari tersiya bo‘yicha joylashgandir. I va III pog‘onalari
orasi kichik tersiya, III va V pog‘onalari oralig‘i katta tersiya, minor uch tovushligining ikki
chetidagi tovushlar sof kvinta intervalini hosil qiladi.
Tabiiy major va tabiiy minor pog‘onalari faqat diatonik interval xosil qiladi. Har bir pog‘onadan interval tuzish mumkin . Yondosh intervallardan har birining umumiy soni ladning yetti pog‘onasi soniga tengdir .
  • 1 Tabiiy major va minorda uxshash intervallar xosil bo‘ladi va ularning soni bir-biriga teng keladi.
  • 2 Minorda majorga uxshagan barcha intervallar majordagiga karaganda ikki pog‘ona yuqorida joylashadilar.
  • 3 Major intervallarini o‘rganishda, tez esda koladigan intervallar S. 1 va S. 8, Kich 2 va kat 2 , kat 3, ort 4 va kam 5, S. 4 , S. 5 va boshqalardan boshlash kerak bo‘ladi.
Major intervallari o‘rganilgandan keyin, ularni minor intervallarining joylashishi bilan takkoslash unchalik qiyin bo‘lmaydi.
Garmonik major va garmonik minor intervallari harakterli intervallar.
Garmonik majorda Y1 pog‘onaning pasaytirilishi va garmonik minorda Y11 pog‘ona ko‘tarilishi natijasida xosil bo‘lgan intervallar tabiiy major va tabiiy minor intervallaridan fark qiladi. Garmonik major va garmonik minor xosil bo‘ladigan intervallar tabiiy ko‘rinishda uchramaydilar.Bu xildagi intervallarga Xromatik yoki Harakterli intervallar deyiladi.Ular fakat Garmonik major va Garmonik minorda shunday ataladilar. 4 ta Harakterli intervallar bor. Bu ortirilgan sekunda. Kamaytirilgan septima. Ortirilgan kvinta va kamaytirilgan kvarta.
Bu xol Majorda Y1 pog‘onani pasaytirilishiga bog‘liq.
  1. Ayrim diatonik intervallarning shakli o‘zgaradi S 4 bilan S 5 o‘rniga ortirilgan kvarta va kamaytirilgan kvinta shaklida 2 -ta uchtonlik xosil bo‘ladi.
Garmonik major va Garmonik minor ularning qaysi pog‘onalardan tuzilganligini bilish kerak.
  1. a) Harakterli intervallar
  2. b) Kichik sekundalar.
  3. v) Katta va kichik tersiyalar( uchtovushlik tuzish uchun)
  4. g) Ortirilgan 4 va kamaytirilgan 5.
Turg‘un va noturg‘un intervallar.
Lad pog‘onalari yordami bilan tuzilgan har bir interval o‘zining akustik, oxangdosh(konsonans) yoki nooxangdosh (dissonans), bo‘lishidan tashqari, turg‘un yoki noturg‘un pog‘onalaridan tuzilganligiga qarab Lad hususiyati aniqlanadi.Intervallar turg‘un va noturg‘unga ajratiladi.Agar bitta turg‘un va bitta noturg‘un tovush tuzilsa,noturg‘un intervalga kiradi. Nooxangdosh interval qaysi xolatda bo‘lmasin har doim noturg‘un interval hisoblanadi. yechilish. Nooxangdosh noturg‘un intervalning yechilishi deb uning oxangdosh turg‘un intervalga utishi ( aylanishi ) ga aytiladi. Noturg‘un interval fakat turg‘un intervalga o‘tgandagina yechiladi .
  1. a) Katta 2 va kichik 7 yechilishi.
  2. b) Nooxangdosh xolatdagi Sof 4 yechilishi
  1. v) Kichik 2 va katta 7 yechilishi.
  2. g) Uchtonlik yechilishida ikkita tovush bir pog‘ona tortilish tomonga o‘tadi, ortirilgan 4 — ikki tomonga , kamaytirilgan 5- bir — biriga qarab.
Uchtonlik tarkibida turg‘un tovush bo‘lsa va yechilish zarur bo‘lsa, turg‘un o‘z o‘rnida koladi.Noturg‘un esa tortilish tomonga yo‘naladi. Harakterli intervallar ham turg‘un va noturg‘un intervallar qoidasi bo‘yicha yechiladi

Оставьте комментарий