Nikolay Aleksandrovich Rubakin

DO`STLARGA ULASHING:

Nikolay Aleksandrovich Rubakin (13-iyul 1862, Orenbaum – 23 noyabr 1946, Lozanna)- rus kitobshunosi, bibliograf, fan arbobi va yozuvchi. 1962 yilda oqsuyak oilasida tug’ilgan, uning otasi Orenbaum shahari hokimi bo’lgan. Peterburgdagi Imperator Universitetida  bir yo’la 3 fakultetini: tabiiy, filologiya tarixi va yurudik fakultetlarini o’qish davomida kutubxona-nashriyoti faoliyati yo’nalishini tanlaydi.
Mehnat faoliyatidagi «Savodxonlik» qo’mitasi a’zosi va sekretari sifatida  N.A Rubakin xalqni savodli qilishga harakat qilgan. Uning tashabbusi bilan pedagogika muzeyida xalqni savodli qilish uchun mo’ljallangan maxsus kurslari tashkil etilgan.
«Издатель» nashriyoti rahbarlari O.N.Popov va I.D.Sitinlar bilan hamkorlikda xalqni savodli qilish maqsadida ko’plab yuqori saviyali  kitob va o’quv qo’llanmalar chop ettirgan.
Rubakin o’quvchilar ehtiyojini sistematik tarzda o’rganib chiqqan holda “Xalq uchun adabiyotni tadbiq qilish dasturi”ni tuzgan va shu dasturga aloqador shaxslar bilan yozishmalarga kirishgan. Rus kitobshunosligi va kutubxonashunosligida qilgan izlanishlari natijasida Rubakinning “Rus o’quvchilar ommasining o’ylari (qoralamalari)” nomli maqolalar to’plami yaraldi.
N.A.Rubakin – 1905-1907 yillardagi rus revolutsiyasinig qatnashchisi hisoblanadi. 1907-yildan boshlab Shvedsiyada yashagan va shuyerda rus tilida chiqadigan kitoblani to’plash orqali ulkan shaxsiy kutubxonasini yaratgan.
1946-yilda Lozannada  vafot etgan Moskvada dafn qilingan. Uning vasiyatiga ko’ra uning shaxsiy kutubxonasi Rossiya Davlat kutubxonasiga xadya qiligan va fondga  “Rb” deb nom berilgan.
Olim va yozuvchi N.A.Rubakinning xizmatlari Rossiya Imperiyasi va ko’plab xorij mamlakatlari tomonidan tan olingan. Uning adabiy va ilmiy izlanishlar: 280 dona kitob va broshyura, 350 dan ortiq jurnallardagi maqolalardan iborat.
Bibliopsixologiya – “matnni qabul qilish ilmi” ni yaratuvchisi. “O’quvchi va kitob psixologiyasi” kitobi muallifi. Emil Ennkenning “Estopsixologiya” a sarini qayta ishlagan. Uning g’oyalari psixolingvistikada keng qo’llaniladi.
akt.uz

Оставьте комментарий