Parda Tursun (1909–1957)

DO`STLARGA ULASHING:

XX asrning 50-yillarida koʻzga koʻringan yozuvchilardan biri Parda Tursundir. U 1909 yili Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida dehqon oilasida tugʻildi.
Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot kechiradi. Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlogʻidan Toshkentga yetaklaydi. Kishilar eshigida xizmatkor boʻlib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik 1923–1927 yillarda tajriba koʻrsatkich maktabiga, 1927–1928 yillarda esa pedagogika bilim yurtiga olib keladi. Soʻngra 30-yillar boshiga qadar u Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi maktablarda oʻqituvchilik qiladi.
Parda Tursunning adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan. 1929–1934 yillarda “Qizil Oʻzbekiston” gazetasi sahifalarida ilk xabar va ocherklari chop qilingan. 1930 yilda uning “Zoʻrlik” nomli birinchi hikoyasi eʼlon qilingan.
1934–1935 yillarga kelib adibning “Ostonada”, “Koʻldosh va Marusya”, “Bir xotinning tarixi” kabi hikoyalari yaratiladi.
Parda Tursun 30-yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, oʻnlab ocherklar yozdi. “Dadajon rais” (1932), “Yangi raislar” (1933), “Majlisda” (1934), “Quvnoq hayot”, “Yaylovda”, “Traktorchi” (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalarida boʻlganidek, ocherklari ham oʻzbek ziyolisining bosib oʻtgan yoʻli, kurashi haqida hikoya qiladi.
1939–1945 yillarda adib ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Urushdan keyingi yillarda oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchi, nashriyotlarda muharrir boʻlib faoliyat koʻrsatadi. Parda Tursun ijodida “Domla” (1937) hikoyasi muhim oʻrin tutadi. Mazkur hikoyaning syujet chizigʻi, aytish mumkinki, adibning qariyb barcha yirik asarlari sahifalariga koʻchgan. 1947 yili uning shu hikoya asosida yozgan birinchi yirik asari “Haq yoʻl” nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon – Xolmurod Doʻstmatovning hayot yoʻli timsolida adib oʻzbek ziyolisining bosib oʻtgan mashaqqatli yoʻlini gavdalantiradi. U keyinroq “Oʻqituvchining yoʻli” nomi bilan chop etilgan. 1950 yillarda mazkur qissa qayta ishlanib, “Oʻqituvchi” nomi bilan roman sifatida nashr qilingan.
Parda Tursun M. Ye. Saltikov-Shchedrin, A. K. Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

16 комментариев к “Parda Tursun (1909–1957)”

  1. Уведомление: her response

  2. Уведомление: DevOps Development Company

  3. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  4. Уведомление: fake tudor date day

  5. Уведомление: เงินด่วนบ้านกรวด

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: 토토휴게소

  8. Уведомление: maryland blue crab

  9. Уведомление: this website

  10. Уведомление: view it

  11. Уведомление: Go Here

  12. Уведомление: mm88

  13. Уведомление: How to take albino penis envy shrooms

  14. Уведомление: เครื่องคอริ่ง

  15. Уведомление: 주식

  16. Уведомление: white cherry runtz strain online

Комментарии закрыты.