Nima uchun buyrakda toshlar paydo bo‘ladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun buyrakda toshlar paydo bo‘ladi?
Buyrak-tosh kasalligini xavfini oshiradigan eng keng tarqalgan omillar:
• semizlik;
• qandli diabet;
• irsiy moyillik;
• siydik yo‘llari infeksiyalari;
• ortiqcha siydik kislotasi;
• qalqonsimon bez kasalliklari;
• suyuqlikning yetishmasligi.
Shu bilan birga, ko‘p kasalliklar kabi buyrak-tosh kasalligi ham insonning nima yeyishi va ichishiga bog‘liq.
Qaysi oziq-ovqat muammoni keltirib chiqaradi? Tuz, go‘sht, saxaroza va fruktoza, shuningdek, C va D vitaminlarini (katta dozalarda) ko‘p miqdorda iste’mol qilish — buyrak toshlarini shakllanishida asosiy omillar hisoblanadi.
Osh tuzini haddan tashqari iste’mol qilish toshlarning shakllanishini keskin oshiradi, organizmdagi suyuqlikni ushlab qoladi, siydikning normal chiqishi va tuzlarning cho‘kishini buzilishiga olib keladi. Shuningdek, oziq-ovqatda natriy qancha ko‘p bo‘lsa, organizmdan kalsiy shunchalik ko‘p chiqariladi. 6 gramm tuz 24-40 mg kalsiyni chiqarib yuboradi. Agar har kuni atigi 1 gramm qo‘shimcha osh tuzi iste’mol qilinsa, suyak massasining 1% qo‘shimcha yo‘qolishiga olib keladi.
Spirtli va gazlangan ichimliklar ko‘p miqdorda fosfat kislotasini o‘zida saqlaydi. Bu modda siydik yo‘llarida turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va surunkali buyrak kasalliklarini rivojlanishiga va toshlarni shakllanishiga yordam beradi.
Ko‘katlar bilan ham ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Sog‘lom oziq-ovqatlar ham doimiy ravishda ortiqcha iste’mol qilinsa, zararli bo‘lishi mumkin. Bu yerda ismaloq, otquloq, kashnich va maydanoz kabi ko‘katlarga alohida e’tibor berish kerak. Ushbu mahsulotlarda oksalat kislotasi mavjud bo‘lib, u organizmdagi tuzlarning normal chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi va buyraklar va siydik pufagida tosh shakllanishiga yordam beradi.
Go‘shtni ko‘pi ham xavfli hisoblanadi. Kunda go‘shtni me’yoridan ortiq iste’mol qilganda, siydikda siydik kislotasi va kalsiy miqdori ortadi. Ularni tanadan chiqib ketishi juda qiyin va ko‘pincha buyrak-tosh kasalligini keltirib chiqaradi.
Asalni ham me’yori/ozi shirin! Har narsada me’yor bo‘lishi kerak!

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek