Nima uchun qon guruhlarga ajratiladi?

DO`STLARGA ULASHING:

❓Nima uchun qon guruhlarga ajratiladi?

🩸Qon plazma va unda suzuvchi hujayralar — eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan iborat. Eritrotsitlar konvertida bir necha yuzlab antigen — glikoproteinlar yoki glikolipidlar bo‘lib, ularning mavjudligi genetika bilan belgilanadi.

🩸AVO tizimi uchun ikkita antigen muhim ahamiyatga ega: A va B. Qon guruhi ularning mavjudligi yoki yo‘qligi bilan aniqlanadi.

🩸 A (II) qon guruhi — eritrotsitlar faqat A antigenini hosil qiladi.
V (III) — faqat V antigenini ishlab chiqaradi.
O (I) qon guruhi — A yoki B antigenlari yo‘q.
AB (IV) — ikkala A yoki B antigenlari bor.

🩸Agar A qon guruhi bo‘lgan odamga V guruhidagi qon quyilsa, uning anti-V antitanachalari donor qonining antigenlariga ta’sir o‘tkaza boshlaydi, qon guruhlari va qizil hujayra antigenlari ular bilan birlashadi. Natijada, qon tomirlarining tiqilib qolishi va o‘lim sodir bo‘lishi mumkin.

🩸Agar inson A qon guruhiga ega bo‘lsa, unga A va O guruhlari qonini quyish mumkin. V guruhga esa V va O guruhi qoni mos keladi. AV qon guruhdagilar esa barcha guruhdagi qonni qabul qilaverishadi.

🩸O guruhiga mansub qon faqat o‘zining guruhiga qon beroladi. Lekin ular barcha uchun donor bo‘lolishadi. Chunki ularda antigenlar yo‘q, shu sababli bunday turdagi qon bilan na alfa, na beta antitanachalari kurashmaydi.