Nisholda –Qanday qilib tayyorlanadi!

DO`STLARGA ULASHING:

Nisholda –Qanday qilib tayyorlanadi!

1 kg nisholdani tayyorlash uchun 900 gr shakar, 10-12 tuxum oqi,1 gr limon kislotasi, 0,1gr vanilin kerak bo‘ladi.
Yetmak ildizi yuvib, maydalanadi, ko‘proq suv quyib qaynatiladi. Tayyor qaynatma setkadan o‘tkazilib, suvi olinadi.Nisholda asosan misqozonda tayyorlanadi. Shuning uchun, sovitilgan qaynatma, shu qozonga solinadi va tuxum oqi bilan ko‘pirtiriladi. Bu jarayonda qandolatchilar behi novdalaridan foydalanishadi,siz uy sharoitida maxsus ko‘pirtirgichlardan foydalanishingiz mukin.Shakar qiyomini tayyorlash uchun, 1 kg shakarga 300ml suv solinadi. Shakar eriguncha muntazam aralashtirib qaynatiladi, so‘ngra limon kislotasi qo‘shiladi va harorati +55–60 S gacha sovitilib,u ham misqozonga oz-ozdan solinib ko‘pirtiriladi.Nisholdaga ta’bga ko‘ra vanilin ham qo‘shishingiz mumkin. Ko‘pirtirishga 2 soat vaqt sarflanadi. Tayyor bo‘lgan nisholdani sovitib, yana bir marotaba aralashtirasiz, shundan so‘nggina nisholda tayyor bo‘ladi.

Оставьте комментарий