Nisholda

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 1 kg. shakar, 2 dona tuxumning oqi, 2-3 bo‘lak yetmak (beh) o‘simligining ildizi, yarim choy qoshiq limon kislotasi (javhar limu), xushbo‘y vanilin.
Tayyorlanishi: avvalo, sirli idishga 3 stakan suv va yetmaklarni solib, o‘rtacha olovda 30-35 daqiqa qaynatiladi va ildizlar terib olinadi. Alohida idishga esa shakar va suv solinadi. O‘rtacha olovda shakar qiyom holiga kelguncha qaynatiladi. Nisholda-qiyom tayyor bo‘lishiga 15 daqiqa qolganida limon kislotasi solinadi va olovdan olib, biroz sovutiladi. Co‘ng asosiy jarayonga o‘tiladi. Buning uchun o‘rtacha mis qozonga tuxum oqi bilan yetmak suvini solib, tut yoki behi shoxlaridan tayyorlangan chilcho‘pda yaxshilab ko‘pirtiriladi. Unga asta-sekinlik bilan qiyomni solib, hamma masalliq birgalikda yaxshilab aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra vanilin solsa ham bo‘ladi. Unutmang, nisholda qancha ko‘p ko‘pirtirilsa, shuncha sifatli hamda totli chiqadi.
soglom.uz/tavsiya/nisholda/

Оставьте комментарий