Nur Jahon Begim

DO`STLARGA ULASHING:

Nur Jahon Begim nasliy jihatidan boburiy malikalar toifasidan bo‘lmasa ham, Hindistonda hukm surgan boburiy podshohlarning uchinchi avlodi bo‘lmish Jahongirshohning ikkinchi xotini bo‘lgan edi. Uning asl ismi Mexriniso bo‘lib, otasi Mirzo G‘iësbekning kelib chiqishi eronlik edi. Mirzo G‘iësbekning otasi Xo‘ja Muhammad Sharif ismli kishi bo‘lib, Eron shohi Shoh Taxmacp hukmronligi davrida Yazd qal’asida dorugalik qilar edi. Uning vafotidan so‘ng, o‘g‘li Mirzo G‘iyosbekka musibatli kunlarni boshidan kechirishga to‘g‘ri keldi va otasining do‘stlaridan bo‘lgan karvonboshi Malik Mas’udning yordami bilan 1577 yilda oilasini ko‘chirib, Hindistonga yo‘l oldi. Karvon Kandahorga kelib tin olish uchun to‘xtaganda Mirzo G‘iyosbekning homilador xotini ko‘zi yorib bir qiz dunyoga keldi. Unga Mehriniso deb ism qo‘ydilar. Shundan so‘ng karvonboshi Malik Mas’ud Mirzo G‘iyosbekni Hindistonga olib kelib, tanishlari orqali Akbarshoh saroyiga xizmatga joylashtirib qo‘ydi.
Tabiatan ancha qobiliyatli va shoirtabiat kishi bo‘lganligi tufayli Mirzo G‘iyosbek tez orada arkoni davlat nazariga tushib Kobul saroyida devonbegi lavozimiga tayinlandi va keyinchalik sadoqatli xizmatlari tufayli Jahongirshoh saroyida «E’timod-ud-davla» (Davlat tayanchi) unvoniga sazovor bo‘lib, bosh vazirlik darajasigacha ko‘tarildi.1594 yilda 17 yoshga to‘lgan mehrinisoni shahzoda Salimning xizmatida bo‘lgan Aliqulibek Istijlu ismli eronlik bir sarguzashttalab yigitga turmushga berdilar. Tabiatan jasur va dovyurak bo‘lgan bu yigit shahzoda Salimning hayotiga chang solayotgan dahshatli yo‘lbarsni o‘ldirgani uchun 1599 yilda shahzoda Salim unga «Sheri afg‘on» degan taxallus bergan edi. 1602 yilda shahzoda Salim otasiga qarshi isyon ko‘targanda Aliqulibek Shahzoda Salim xizmatidan qochib, Akbarshoh huzuriga borgan edi. Akbarshoh vafotidan so‘ng Salim Jahongir nomi bilan taxt vorisi sifatida saltanat taxtini egallagach, Aliqulibekning gunohidan kechdi va uni uzoq Bengaliyaning Burdvan viloyatiga mahalliy afg‘onlarning isyonini bostirish uchun yubordi. Bu ishni muvaffaqiyat bilan uddalagani uchun unga o‘sha yerdan katta jog‘ir (yer mulk) ajratib berildi va shu joyda yashashiga to‘g‘ri keldi.
Bunday munosabat, ya’ni markazdan chetlashtirilgani uchun ranjigan Aliqulibek o‘ziga yuklatilgan vazifaga sovuqqonlik bilan qaray boshladi. Podshohning farmoniga ko‘ra 1507 yilda Bengaliyaga yangi hokim etib tayinlangan Qutbiddin Aliqulibekni o‘z huzuriga chaqirtirib, bu borada unga tanbeh bermoqchi bo‘lganida, bundan g‘azablangan Aliqulibek qilichi bilan uni chopib tashlamoqchi bo‘ladi. Bu mash’um niyatni payqab qolgan Qutbidinning soqchilari unga tashlanib, bir hamla bilan Aliqulibekni chopib tashlaydilar.
Aliqulibekning beva qolgan xotini Mehriniso va qizi Lodila esa mahbus sifatida Agraga jo‘natildi. Bu yerda Mehriniso Akbarshohning bevasi Salima Begim xizmatiga beriladi. 1611 yilning navro‘z bayrami nishonlayotgan kunlarning birida haram ahli uchun tashkil qilingan savdo rastalarining birida Jahongirshoh Mehrinisoni ko‘rib, unga oshiqu beqaror bo‘lib qoladi va o‘sha zahotiyoq unga uylanishga qaror qiladi. Mart oyining oxirida to‘y tantanalari bo‘lib o‘tadi. Yangi malikaga e’tiqodi yuksak bo‘lgan Jahongirshoh ko‘p o‘tmay uni dastlab «Nur mahal», keyinroq esa «Nur Jahon» degan nom bilan atay boshlaydi.
Tarixiy manbalarda Jahongirshohning Mehrinisota uylanishi va uning avvalgi eri bo‘lmish Aliqulibekning sirli tarzda o‘ldirilishi haqida bir-biriga zid bo‘lgan turlicha fikrlar bildiriladi. Bir guruh tarixnavislar (R. Tripati, S. R. Sharma, Beni Prasad va boshqalar) Jahongirshoh Mehrinisoni 1611 yilgi navro‘z tantanalarida ko‘rib qolib o‘sha ondayoq unga uylanishga qaror qilgani va uning sobiq eri Aliqulibekning o‘limida Jahongirning qo‘li yo‘qligini ta’kidlaydi. Yana boshqa bir guruh tarixchilar (Ishvari Prasad, Nina Epton, gollandiyalik sayyoh De Layet) esa Jahongir shahzodalik paytidayoq haram xizmatida bo‘lgan Mehrinisoni maxsus bozorda ko‘rib qolib, shu ondayoq sevib qolgani va unga uylanishni niyat qilgani, biroq otasi Akbarshoh bu tengsiz nikohga rozilik bermagani uchun o‘z niyatini uning vafotidan so‘nggina ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lganini, ana shu niyatini amalga oshirish maqsadida maxsus topshiriq bilan Aliqulibekni xufiyona o‘ldirtirib, Mehrinisoni qo‘lga kiritganini taxmin qilishadi. Har xil gap-so‘zlarning oldini olish uchun Aliqulibekning o‘limidan keyin to‘rt yil vaqt o‘tgachgina to‘y qilingani alohida ta’kidlanadi.
Birinchi fikr tarafdorlarining taxminiga ko‘ra, Jahongir shahzodalik paytida Mehrinisoni bilmagan, chunki ular o‘rtasidagi ishqiy mojaro haqida o‘sha davrda yaratilgan yozma manbalarda bu haqda fikr bildirilmagan. Buning ustiga, agar Akbarshoh shahzoda Salimning Mehrinisoga oshiq ekanidan xabardor bo‘lganda, Aliqulibekni shahzoda xizmatiga qo‘ymagan bo‘lar edi va keyinchalik shahzoda Salim taxtni egallagach, Aliqulibekni mansabga tayinlamagan bo‘lar edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, Aliqulibekning o‘ldirilishida Jahongirning qo‘li bo‘lganda, qat’iy iroda egasi Mehriniso Jahongirga turmushga chiqmagan va unga sadoqatli xotin bo‘lmagan bo‘lardi. Erining o‘limidan keyin Mehrinisoning haramga keltirilishiga sabab shuki, uning otasi Mirzo G‘iyosbek va akasi Asafxonlar o‘sha paytda saroyda mas’ul lavozimlarda xizmat qilar edilar.Ikkinchi fikr tarafdorlariga kelsak, ular shahzoda Salim bilan Mchriniso o‘rtasida yoshligidanoq ishqiy mojarolar bo‘lib o‘tgani, biroq Mehriniso Aliqulibekka unashtirib qo‘yilgani uchun Akbarshoh bu tengsiz nikohga rozi bo‘lmagani, shuning uchun ham taxtni egallagandan so‘ng, Jahongir Aliqulibekdan qutulish maqsadida uni uzoq Bengaliyaga surgun qilib, u yerda boshqalarning qo‘li bilan uni o‘ldirtirgani ta’kidlanadi.Ularning fikricha, ota-onasi va akasi tirik turib Mehrinisoning Akbarshohning bevasi bo‘lmish Salima Begim xizmatiga berilishi, albatta, kishida shubha uyg‘otadi. Mehriniso saroyga keltirilgandan keyin oradan to‘rt yil o‘tgach qilingan to‘y esa, atrofdagilarning Aliqulibekning o‘limi tafsilotlari haqidagi shubhalarini so‘ndirish uchun zarur bo‘lib, to‘y marosimi atayin kechiktirilgan edi.
Bu voqealar tafsilotlari hech qaysi bir yozma manbada zikr etilmagan. Kundalik hayotining har bir daqiqasini bayon qilib yozib qoldirgan Jahongirshoh o‘zining mashhur «Tuzuki Jahongiriy» deb atalgan xotiranomasida ham Aliqulibekning o‘limi va o‘zining Mehrinisoga uylanishi tafsilotlari haqida lom-mim demaydi. Usha davrning boshqa tarixchilari (asosan saroy tarixchilari bo‘lgani uchunmi) esa podshohning oilaviy hayoti haqida xolis fikr bildirishga, tabiiyki, jur’at eta olmagan bo‘lishlari mumkin.
Mehriniso Jahongirshohga turmushga chiqqanida o‘ttiz to‘rt yoshda bo‘lishiga qaramay, o‘zining noyob go‘zalligini saqlab qolgan edi. Saroy haramida Mumtoz Mahalning shaxsiy xizmatida bo‘lgan Sattiniso ismli oqsoch ayolning ta’riflashiga qaraganda, uning yuzi oppoq va bir oz cho‘zinchoqroq bo‘lib, bodom qovoqlari qalin va qop-qora qoshlariga juda yarashib turar, xushbichim lablari esa bir oz yupqaroq, nozik iyagi ostidan baqbaqasi bilinar-bilinmas sezilib turar, yo‘g‘on qilib o‘rilgan tim qora sochlari taqimiga tushib turar edi. Uning o‘tkir aql, kuchli iroda va cheksiz g‘ayrat-shijoat egasi ekani tiyrak ko‘zlaridan, yurish-turishlaridan, atrofdagilarga qilgan muomalasidan aniq ko‘rinib turar edi. U o‘qimishli va o‘ta madaniyatli ayol bo‘lib, she’riyat, musiqa hamda tasviriy san’atni juda yaxshi ko‘rar, go‘zallik va nafosatni juda qadrlar, forsiyda «Maxfiy» taxallusi bilan g‘azallar ham bitib turar edi. Uning g‘azallari islomiy g‘azallar majmuasiga ham kiritilgan. Rassomlik san’atiga ixlosi balandligidan akasi Asafxonning qizi Arjumandbonuni shahzoda Xurramga uzatishdan oldin bo‘lajak kelinning suratini o‘z qo‘li bilan chizib shahzodaga ko‘rsatgan edi. U gullardan gulchambarlar va xushbo‘y atirlar tayyorlash ishini ham yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lib, manbalarning guvohlik berishicha, «Atri Jahongiriy» atiri hamda gulobning ixtirochisi ham Nur Jahonning o‘zi bo‘lgan ekan.
Tabiatan g‘ayratli ayol bo‘lganidan yoshligidanoq chavandozlik va kamonbozlik mashqlarida faol qatnashar, atrofidagi yosh malikalarni ham shunga chorlar edi. Fikr doirasi keng va tasavvuri beqiyos bo‘lganidan yangi bichimdagi liboslar, yangi nusxadagi taqinchoq va bezaklar loyihasini kashf etar hamda tikiladigan sarpolar uchun did bilan mato tanlar edi.
Jahongirshohga turmushga chiqqandan keyin ikki yil o‘tmayoq Mehriniso Podshoh Begim maqomiga ega bo‘ldi va dastlab «Nuri Mahal» (Saroy chirog‘i) va keyinroq «Nuri Jahon» (Jahon chirog‘i) unvoniga sazovor bo‘ldi. Ma’muriy ishlarni hal etishda ham u ancha layoqatli bo‘lib, hal qilinishi lozim bo‘lgan siyosiy va diplomatik muammolarning yechim nuqtasini zukkolik bilan topar va bahslashuvchi tomonlarga xolisona munosabatda bo‘lar, davlat ahamiyatiga molik ishlarni adolat bilan hal etishga intilar edi. Podshohning qabul marosimlarida nomahramlar nazaridan parda bilan to‘sib qo‘yilgan maxsus joyda o‘tirib ishtirok etar edi. Podshoh nomidan chiqariladigan farmoni oliyga podshoh bilan yonma-yon imzo qo‘yar, o‘sha davrda zarb qilingan pullarda uning ham aksi tushirilgan edi. Chunki Jahongirshoh maishatga berilib ketgan yoki betob bo‘lgan paytlarda farmonlarga o‘zi imzo qo‘yar edi va bu hujjat saltanat hududida qonun kuchiga ega deb tan olinardi. Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan bironta hujjat Nur Jahonning roziligisiz qabul qilinmas, yoshi o‘tib, sog‘lig‘ining mazasi kochib boraëtgan Jahongirshox esa bunga monelik kilmas, aksincha, butun saltanat ishlarini suyukli malikasiga ishonib topshirib quygan edi.Nur Jahonning podshoh eriga bo‘lgan sadoqatining cheki yo‘q edi. Uni shunchalik mexr va ardok bilan sevardiki, Jahongir bundan hushini yo‘qotib kuyardi. O‘g‘li shahzoda Xurram, uning rafikasi Arjumandbonu, Nur Jahon va oqsoch aël Sattiniso ishtirok etgan haramdagi suhbatlarning birida musulmonchilikdagi ko‘p xotinlilik xakida gap ketganda, shahzoda Xurram, erkak kishining nechta xotini bo‘lishidan kat’i nazar, ulardan bittasi eng suyuklisi bo‘lishini alohida ta’kidlab aytgan edi. Uning bu fikriga kushilib, jahongir Mehrinisoga uylangandan keyingina xakikiy lazzatli oila kanday bo‘lishini tushunganini tan olib aytgan edi. O‘shanda uyalganidan kizarib ketgan Nur Jahon haqida gapirib oksoch Sattiniso: «Shunday kuchli iroda egasi bo‘lgan bu ayolning bu gapdan kizarib ketganini o‘shanda birinchi bor ko‘rishim edi», deb hikoya kiladi.Nur Jahon jismonan ham bakuvvat va shijoatli aël bo‘lganidan eri bilan tez-tez shikorga chikib turar, mo‘ljalga olgan hayvon yoki parrandani bexato urar edi. Ov paytida bir necha bor yo‘lbarslarni xam anik mo‘ljalga olib, otib o‘ldirgan edi. Harbiy sarkardalardan bo‘lmish lashkarboshi Mahobatxon isyon ko‘tarib Jahongir ketaëtgan karvonni hibsga olganda, Nur Jahon shijoat bilan jangchi filga minganicha, o‘z hayotini tahlika ostida koldirib, erini hibsdan kutkargan edi. O‘shanda o‘z akasi bo‘lmish vazir Asafxonga noshudligi uchun qattiq hayfsan berib, sarbozlarning kuzi oldida jerkib tashlagan edi. Zarur holatlarda uning uddaburonlik bilan nokulay vaziyatdan ustalik bilan chikib ketish qobiliyatiga amiru beklar ham lol kolishar edi.Shu bilan bir katorda Nur Jahon yetim-yesirlar va xaribu gurabolarga doim gamxurlik kilib turar edi. Ayniqsa, musulmon yetim kizlarni kuyovga chiqarishda ularning seplarini o‘z hisobidan kilib berar edi. Jahongir uzining xotiranomasida ëzishicha, 500 dan ortik kizlar Nur Jahon panohida bo‘lgan va turmushga uzatilgan.Nur Jahon o‘z qarindoshlarini ham saltanatdagi yuqori lavozimlar bilan siylar edi. Otasi Mirzo Riësbek malika kizining g‘amxo‘rligi tufayli «E’timod-ud-davla>> (davlat tayanchi) unvoniga erishdi va saroyda davlat maslahatchisi maqomidagi lavozimda, akasi Asafxon esa dastlab saroy dorugasi, keyinroq esa bosh vazir mansabini egallagan edi. Avvalgi eri Aliqulibekdan bo‘lgan qizi Lodila Begimni shahzoda Shahriyorga nikohlab bergach, uni ham sovg‘a salomlaru mansabu unvonlarga ko‘mib tashlagan edi. Jahongir hayotining oxirgi davriga kelib Nur Jahon saltanatning haqiqiy hukmdoriga aylanib qolgan edi. U juda puxta ish qilar va har bir ishni belgilangan vaqtda bajarar edi. Uning shaxsiy savdo do‘konlari va ishlab chiqarish korxonalari hamda shaxsiy kemasi bo‘lib, bu kema haj safariga boruvchilarni tashish bilan shug‘ullanar edi.Nur Jahon saroyga kelgach, saroy dabdabalariga sarflanadigan sarf-xarajatlar keskin ortib ketdi. Shundan keyin u saroy a’yonlarining ma’lum muddatda va marosimlarda podshohga qimmatbaho sovg‘a va hadyalar in’om etish tartibini yo‘lga qo‘ydi. Arkoni davlatning eng o‘ziga ishongan amiru beklari ham unga iltijo ko‘zi bilan qarar, uning g‘azabiga duchor bo‘lishdan cho‘chib turar edi. Podshohdan norozi bo‘lib isyon ko‘targani uchun o‘limga mahkum etilganlarning ko‘plari Nur Jahonga qilgan iltijolari tufayli boshi omon qolgan edi. Panjob hokimi Jagat Singx ham ana shundaylardan biri bo‘lgan edi. Beayb parvardigor deganlaridek, Nur Jahon ham insonga xos kamchiliklardan xoli emas edi. U o‘ta rashkchi va qizg‘anchiq bo‘lib, mansab doirasida boshqalarning o‘ziga yaqin mavqeda turishini, birovning undagi hokimiyatga sherik bo‘lishini sira-sira istamas, chunki bu hol o‘zining mavqeiga putur yetkazib qo‘yishidan xavfsirar edi.Nur Jahon dastlab hokimiyat egasi maqomiga ko‘tarilgan paytda uning ota-onasi hali hayot bo‘lib, ular uning haddan oshib ketishidan tiyib turar edilar. Bu paytda u shahzoda Xurram (Shoh Jahon) bilan ancha inoq edilar. Shuning uchun ham akasi Asafxonning qizi bo‘lmish Arjumandbonuni o‘zi bosh-qosh bo‘lib shahzodaga ikkinchi xotin sifatida to‘y-tantanalar bilan olib bergan edi. 1621 yilda onasi, 1622 yilda otasi olamdan o‘tgach, Nur Jahonning hokimiyatga bo‘lgan ishtahasini hech kim jilovlashga jur’at eta olmay qoldi. U mavjud qonun va tartiblarga bo‘ysunishni, atrofdagilarning fikri bilan hisoblashishni istamas edi. Devoni omdagi qabul marosimlarida yoki muhim masalalar muhokama qilinayotgan paytda nomahramlar nazaridan parda bilan to‘sib qo‘yilgan xoli joydan turib bemalol o‘z noroziligini bildiraverar edi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek