Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?
Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi.
MemTest86 (https://www.memtest86.com/) — kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir.
Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin.
Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi.
Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin.
📎 MemTest86 dasturini yuklab olish (https://t.me/itspecuz_files/621).
📝 Manba: @bugfeature

Оставьте комментарий