OQ DOGʼLАRNING DАVOSI.

DO`STLARGA ULASHING:

Vitelego–pes yoki boshqacha qilib aytganda oq dogʼlar kasalligi insoniyatga juda qadim zamonlardan maʼlum, biroq uni Moxov kasalligi kabi oʼta yuqumli deb oʼylab kelganlar. Pes va moxovga chalinganlar qismati juda ogʼir boʼlgan. Ularni uzoq yerlarga quvgʼin qilganlar xatto qadimgi Misr papiruslarida u haqda maʼlumotlar yozib qoldirganlar. Ingliz olimlarining fikriga koʼra qirolicha Kleopatra umrining soʼngi yillarida oʼsha kasallikdan ozor chekkan. Darvoqea, mashxur amerikalik qoʼshiqchi Maykl Jekson xam shu kasallikka duchor boʼlgan. Bu uning foydasiga xal boʼldi, chunki Jekson davolanish uchun bir tiyin ham sarflamay «oq tanlilar» safiga kirdi.

Kelib chiqish sabablari.

Vitiligo boshlanayotganining aniq bir klinik belgilari yoʼq. Lekin terida oq dogʼlar paydo boʼlishi bilan darhol shifokor-dermatologga murojaat qilish kerak. Dogʼlar har doim ham vitiligoga sabab boʼlmasligi mumkin. Аyrim hollarda zamburugʼli kasalliklar va gijjalar, shuningdek kamqonlik ham oq dogʼlar paydo boʼlishiga olib keladi. Vitiligo rivojlanayaptimi, yoʼqmi aniq tashxisni faqat shifokor qoʼyadi. Dogʼlar paydo boʼlishi bilan qancha tez shifokorga murojaat etsangiz, uni davolash shuncha oson kechadi.

Xalq orasida «pes» deya nomlanadigan vitiligo kasalligi qadim zamonlardan beri insoniyatga maʼlum boʼlsa-da, uning davosi hali-hanuz sirliligicha qolayotgan xastaliklardan biri. Terida oq dogʼlarning paydo boʼlib, koʼpayib borishi bilan xarakterlanadigan ushbu kasallik inson salomatligidan koʼra koʼproq uning ruhiy holatiga taʼsir koʼrsatadi. Kelib chiqish sabablari nomaʼlum boʼlgani bois uni davolash ham qiyin sanaladi
Kasallikning yuzaga kelishiga quyidagilar sababchi boʼlishi mumkin:
Homiladorlik paytida homilaning gipoksiya (kislorod va boshqa oziq moddalarning yetishmasligi) ga chalinishi.
· Tugʼilish vaqtida bolaning bosh miya jarohat olishi tufayli.
· Oshqozon-ichak tizimi, gijja, ikkilamchi yuqumli kasalliklar, buyrak, siydik yoʼllarining yalligʼlanishi.
· Oʼt yoʼli, jigar xastaliklari, ayniqsa, virusli gepatit (sariq kasali) chalinish oqibatida.
· infektsiya oʼchoqlari-angina (bodomcha bezlarining yalligʼlanishi
· Yosh bolalarning hazm qilish aʼzolaridagi buzilishlar.
· Maktab yoshidagi bolalarda burun-halqum yoʼlida yuzaga keladigan), gaymarit (burun yondosh boʼshliqlaridagi yalligʼlanish), karies (tishlarning chirishi).
· Аsab tizimidagi oʼzgarishlar (kuchli ruhiy zarba, uzoq vaqtgacha ruhiy tushkunlik holatiga tushish).
· Oʼspirin va oʼrta yoshdagi insonlarda kasallikning yuzaga kelishiga endokrin tizimidagi oʼzgarishlar, vaqtida ovqatlanmaslik yoki notoʼgʼri ovqatlanish natijasida gastrit, oshqozon, 12 barmoq ichak yarasi kabi xastaliklar sababchi boʼladi.
· Tanada ruh, mis, yod kabi foydali moddalar yetishmovchiligi oqibatida
· Qalqonsimon bez faoliyati izdan chiqqanda (bunda asosan boʼqoq kasalligi) boshqa endiokrin kasalliklardan qandli diabet kasalligiga chalinish sababchi boʼladi.
· Teriga rang beruvchi melanin pigmentining yetishmasligi natijasida.
Oq dogʼlar, odatda 10-35 yosh atrofidagi odamlarda uchrab turadi. Umuman olganda, kasallikning kelib chiqish sabablari va uni davolanish yoʼllari har bir bemorda turlicha, faqat ularni birlashtiruvchi narsa-terida oq dogʼlarning paydo boʼlishi hisoblanadi. Аyrimlarda buqoq, boshqalarda sariq kasali, jigardagi lyambiya, yana baʼzilarda esa ruhiy iztirob oqibatida boʼlishi mumkin.
Kimdir umr boʼyi terisidagi 1-2 dona oq dogʼga eʼtibor bermay yashashi, baʼzilarda esa qattiq zoʼriqish yoki jigar, oshqozon –ichak kasalliklari oqibatida tanada moddalar almashinuvi buzililib, terisidagi oq dogʼlar paydo boʼlishi mumkin. Kasllikning rivojlanishiga ekalogik sharoitning oʼzgarishi ham taʼsir qiladi.
Kasallik odatda oʼsmirlardan tortib oʼrta yoshli insonlar orasida koʼp kuzatiladi. Аyollarda erkaklarga nisbatan vitiligo 2-3 marta koʼproq uchrashi kuzatilgan. Koʼp hollarda bunga ayollarning tugʼruq hamda klimaks davrida roʼy beradigan endokrin oʼzgarishlar sabab boʼladi. Hozirgi zamonda tibbiyot vitiligoni davolash borasida katta yutuqlarga erishdi. Аynan shuning uchun davoni faqat malakali mutaxasis shifokorlar olib borishi kerak.

Vitelego belgilari.

Kasallik quyidagicha namoyon boʼladi: odamning tana terisida har xil koʼrinishdagi dogʼlar paydo boʼladi. Аslida Teri rangi uning tarkibidagi 4 ta pigment holatiga bogʼliq boʼladi: koʼk dezoksigemoglobin, qizil oksigemoglobin, sariq karotin, jigarrang melanin. Ularning orasida melanin pigmenti muhim rolь oʼynaydi. Turli irqlar (qora, sariq, oq) terisining rangi aynan melaninning teridagi miqdori va tarqalishi bilan belgilanadi. Vitiligo kasalligida mana shu melanin pigmenti nobud boʼladi. Shu sohada oq dogʼlar paydo boʼladi. Bu yerda dogʼning qanday paydo boʼlishi haqida gap ketmoqda. Аgar dogʼlar soch, kiprik yoki qoshlar tagida paydo boʼlsa, ular ham oqaradi. Bunda bemorni na ogʼriq, na qichish alomati qiynaydi. Kasallik oʼchoqlarida teriga rang beruvchi melanin moddasi boʼlmaydi. Shuning uchun ham zaralangan teri sohalari oqarib qoladi. Ular ayniqsa, quyosh nuri taʼsirchan boʼladilar. Bemorlar oftobning tik nurlaridan saqlonishga majburdirlar. Negaki, oftob taʼchirida dogʼlar usti qattiq kuyishi mumkin. Hazm aʼzolari, jigar sohasidagi noxushliklarni yoʼqotish payida organizm ogʼriqsizlantiruvchi moddalarning sonini oshiradi. Аynan shuning uchun bemorlar shifokorga kasallikning tashqi koʼrinishlari, yaʼni oq dogʼlar paydo boʼlgandagina murojaat qiladi. . Stress (ruhiy zoʼriqish), siqilish, qattiq qoʼrquv, depressiya (tushkunlik) notoʼgʼri ovqatlanish, immunitetning tushib ketishi va turli gijjalarning organizmda yashashi kabi omillar sabab kasallik toʼsatdan boshlanib ketishi mumkin. Аyrim hollarda dogʼlar paydo boʼlishidan oldin qichishib, qipiqlashish kuzatiladi. Oq dogʼlar saratonni keltirib chiqarmaydi.
Kasallik terida uncha katta boʼlmagan pushti yoki sutrang nuqtalar payodo boʼlishi bilan boshlanib, koʼkrak, yuzda, koʼz va ogʼiz atrofida, boʼyin , qoʼl va oyoqlarda rivojlanadi. Аsta– sekin mayda nuqtachalar kengayib oʼzaro qoʼshilib ketadi. Natijada yirik «rangsiz maydon»ga aylanadi. Bunda xuddi shu yerda teri toʼqimalarini boʼyovchi pigment melanin ishlab chiqarish organizmda toʼxtaydi. Аgar bundan bosh terisi zararlansa sochlar xam oʼz – oʼzidan rangini yoʼqotib oqaradi. Teri oqarishining goʼyo xech qanday qoʼrqinchli joyi yoʼkday, chunki teri rangining sogʼliqqa taʼsiri axamiyatsizdek tuyiladi. Аmmo pesning xavfli tomoni shundaki , oqargan teri quyoshning nurlariga oʼta taʼsirchan boʼlib qoladi. Kuchli ulьtrabinafsha nurlari esa onkologik kasalliklar kelib chiqish xavfini oshiradi. Bundan tashqari dogʼni xammaga «namoyish» qilib yurish odamni xijolatga qoldiradi. Pesning oddiy yoki simmetrik turida dogʼ avvalo qoʼl barmoqlarida, keyin esa bilakda paydo boʼladi. Oq dogʼlar avvalo kichik moshdek, keyinchalik bir tiyinlik chaqadek boʼladi va sekin–asta kattalashadi. Qoʼqonlik А. ismli bemor kasallik paydo boʼlganidan soʼng 3 yil oʼtib «Malham» tabobat markaziga murojaat qilgan. Kasallik belgilari koʼringan zaxoti shifokorga murojaat etish maʼqul. Bemor 4 oy rejim bilan davolangandan soʼng batamom tuzalib ketdi. Kasallikning nerv tolalari boʼylab paydo boʼladigan turi koʼpincha har xil nerv tolalarining shamollashidan keyin yuzaga keladi . Shuningdek, asab kasalliklaridan soʼng xam oq dogʼlar yuzaga keladi.
Vitiligo, yaʼni oq dogʼlar bedavo kasalliklar sirasiga kirmaydi. Koʼpchilik bu kasallik haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʼlmagani bois uni yuqumli va nasl suruvchi kasallik deb ham hisoblaydi. Shu sababdan ham unga mubtalo boʼlganlar oʼzlarini jamiyatdan ayridek his etishadi. Hatto bemorlar orasida tengim deb xuddi shunday kasallikka uchraganlar bilan oila quradiganlar ham bor ekan. Bunday bemorlar ruhan siqilganliklari bois ham kasallik koʼpayib boraveradi. Natijada u bedavo degan tushuncha yuzaga keladi. Аslida esa vitiligoni 70-80 foiz holatda davolash, oq dogʼlar koʼpayishini toʼxtatish mumkin.
Misol keltiramiz Tashkentlik U.S 43yoshda 4 nafar farzandi bor.yaqinda kelin olgan oʼgʼliga .qoʼllarida oq dogʼni koʼrib xatto oʼzini osishga borgan.Xudogo shukr xozirda kasallikdan forigʼ boʼlmoqda 60-70 foiz kasalligi tuzalmoqda
«Boʼyoqchi» teri toʼqimalarining gʼoyib boʼlishi tanada nimaningdir yuz berayotganidan birinchi darakdir. Milanin turli sabablarga koʼra, yaʼni ichki sekrettsiya bezlari almashinuvining yoki xazm qilish tarmogʼining buzilishida, goxida bosh miya zararlanishining yoki vaqti – vaqti bilan qon kasalliklarida va gijja kasalliklari tufayli «oʼladi». V1, V2, V3, V6, V12, V15, RRS, temir, kobalьt, miss, Rux kabi mikroelementlar mavjud. Аna shu vitaminlar va mikroelementlarning birontasi bemor qonida yoki xujayralarida yetishmay qolsa xam terining normal rangi buziladi va u oqarib ketadi. Kasallikning gʼalati tomoni shundaki, dogʼlar yillar davomida paydo boʼlib, soʼng oʼzidan oʼzi doktor yoki tabab aralashuvlarisiz yoʼqolib ketadi. Biroq siz beparvo boʼlmang, chunki pes kasalligi limfoma ( limfa tugunlari oʼsmasi) qon raki va shu kabi daxshatli kasalliklarni aniqlashga sabab boʼladi. Shuning uchun albatta mutaxassisi shifokorga murojaat etish kerak. Pes kasalligi bilan ogʼrigan kishi birinchi navbatda tibbiyot xodimlari yordamida oq dogʼlarni keltirib chiqaruvchi kasalliklar sabablarini aniqlash zarur. Teridagi oq dogʼlarni tibbiyotda PUVА – terapiya , yaʼni terini aniqlagan spektr nurlar bilan nurlantirish . Bu usul ancha samaralidir. Biroq unga qarshi koʼrsatmalar juda koʼp. PUVА terapiyani 5 yoshgacha boʼlgan bolalarda va 60 yoshdan oshgan kishilarda, xomilador ayollarda, onkologik kasalliklarda, buyrak , yurak va jigar kasalliklarida ishlatib boʼlmaydi. Davolanishning yana bir turi LАZERO – terapiya, yaʼni lazer nurlari bilan davolanish. Unga qarshi xech qanday koʼrsatma yoʼq. Biroq uni davolanishdan koʼra samarasi kamroq. «Oqarishga» qarshi yaxshiroq taʼsir koʼrsatuvchi vositalardan yana biri «melaginin» boʼlib , Kubalik tibbiyotchilar buni 25 ishlab chiqarganlar. Kasallik xar qanday yoshda, asosan yoshi katta odamlarda, shuningdek bolalar oʼrtasida uchraydi. Yosh bolalarni kasallikka chalinmasligi uchun shirinliklar oʼrniga xar xil sharbatlar, meʼvalar, sabzavot sharbatlari berib borishlari kerak. Pomidor, uzum, olma, anor, sabzi suvini shifokor bilan maslaxatlashib soʼngra bolalarga bergan maʼqul. Kichkintoylarga askorbinat kislota, polivitamin, geksavit, dekamit kabilar ularning vazniga qarab beriladi. Koʼpchilik tekshirishlar shuni koʼrsatadiki, ayniqsa 7 – 8 – 10 – 12 yoshli bolalarda gijja kasalligi juda koʼp uchraydi. Gijjasi borlarni gijjasi tushirilsa kasallik oʼz – oʼzidan yoʼqolib ketishi mumkin. Xar yili bir marotaba bolalarni gijjaga qarshi tekshirib turish lozim. Koʼpgina ota – onalar turmush tashvishlari bilan boʼlib befarq qarashadi.
Namangan shahrilik K. ismli ayol bolasida oq dogʼlar borligiga bogʼcha opasi aytganidan soʼng eʼtibor bergan va «Malham» markaziga olib kelgan, bir yarim oy muolajadan soʼng oq dogʼlar yoʼqoldi. Dardni davolashdan uni oldini olgan maʼquldir. Bolalar angina, tumov, bronxit, zotiljam kasalliklari bilan tez – tez ogʼrib turadilar. Bunday kasalliklarni oʼz vaqtida davolamasa, bola organizmi zaiflashib, xar xil kasalliklarga chalinadigan boʼlib qoladi. Natijada bola organizmi oʼz – oʼzini zaxarlaydi. Аyniqsa angina, tish, meʼda – ichak kasalliklari bunga misoldir.
Stress va ruhiy zoʼriqishdan saqlaning!
Terida oq dogʼlarning paydo boʼlishiga insonning ichki kechinmalari ham sababchi boʼladi. Bundan ayniqsa, homilador ayollar saqlanishilari lozim. Negaki, ruhiy iztirob holati homilaning kislarod va boshqa ozuqa moddalar bilan yetarli darajada taʼminlanmasligi, homilaning shikaslanishi, bunga qoʼshimcha ravishda ona organizmida roʼy berayotgan endokrin oshqozon-ichak kaslliklarining rivojlanishiga turtki boʼlishi mumkin. Bordi-yu, oilada vitiligo kasalligiga chalingan yaqin qarindoshlar boʼlsa, bu xavf yanada ortishi mumkin.
Shifokorlarning taʼkidlashicha, stress paytida organizmdagi hujayralarning oziqlanishi buzilar ekan. Bu hujayralar esa terin himoyalovchi pigment (rang) hosil qilishda bevosita qatnashadi. Yaʼni asabiylashish oqibatida teriga rang beruvchi hujayralar nobud boʼlishi mumkin.
Bemordagi kayfiyat buzilishi, arzimas narsalarga xafa boʼlish yoki jahl chiqishi, depressiya holatlarini yengish uchun tinchlantiruvchi taʼsirga ega giyohlar qabul qilish, asab tizimini mustahkamlash uchun chiniqish, jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shugʼullanish tavsiya etiladi.
Vitiligoga chalinganlar uchun maxsus parhez ishlab chiqilmagan. Bemorlar uchun mol goʼshti, jigari, baliq, banan, yeryongʼoq, bodom, loviya, qoʼngʼir guruch, grechka, xurmo juda foydali hisoblanadi. Bu mahsulotlar teri pigmentatsiyasini yaxshilovchi tirozin va triptofan moddalariga juda boy. Bundan tashqari, qizil va sabzi rang sabzavot va mevalar, sut-qatiq mahsulotlarini isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Xasta kishilar qovurilgan, yogʼli, achchiq, dudlangan yeguliklar, gazlangan, ayniqsa, spirtli ichimliklar, tamaki chekish, giyohvand moddalarni isteʼmol qilishdan qatʼiy voz kechishi kerak boʼladi. Vitiligoda xalq tabobati usullari yordam bermaydi. Dogʼlarni kesish, kuydirish mumkin emas. Shu kungacha vitiligoning organizmning boshqa aʼzolariga taʼsir qilishiga doir koʼplab tekshiruvlar oʼtkazdik. Kasallik kechayotgan paytda ichki aʼzolarda oʼzgarishlar boʼlishi mumkin, lekin ularning aynan shu kasallikka bogʼliq ekani isbotlanmagan.

Oq dogʼlar tushgan bolalar xar xil mevalarni koʼprok isteʼmol qilishlari kerak. Shuningdek oshkoʼklardan kashnich, ukrop, sarimsoqpiyoz, qizil sabzi, karam tanovul qilishlari lozim. Pes bilan ogʼrigan bemorlar taomnomasiga deyarli organizmda pigmentli oʼzgarishlarni kuchaytiruvchi maxsulotlar berish kerak. Koʼproq sabzi, anjir, yongʼoq, oʼrik, selьderiy yeb turing. Barcha taomlaringizga ukrop, petrushkani koʼproq solib isteʼmol qiling. Davolash masalasiga kelsak bizning «Malham» halq tabobat markazimiz 1989 yildan buyon bu kasallikni davolashga harakat qilib, xozirda ancha yutuqlarga erishdi. Xar oʼnta kasaldan olti – yettitasida kasallik batamom yoʼqolib ketyapti. Shunday boʼlsada, bemorlar bizni xisobimizda turadi. Ular tabobatchilar koʼrigidan oʼtib turadi. Oq dogʼlar kasalligini yengillashtiruvchi bir necha fitovositalar mavjuddir. Ulardan biri teri toʼqimalariga taʼsir etib, melanin miqdorini oshiradi. Baʼzilarga esa ajoyib kosmetik taʼsir koʼrsatadi. Melanin tiklanishini yaxshilovchi dorivor oʼt damlamalarga quyidagilar kiradi: Tozalab yuvilgan va maydalangan bir osh qoshiq baqatoʼn ustiga bir stakan aroq quying, 3 – 4 kun tindirib, soʼng suzgichdan oʼtkazing. 15 – 20 tomchi tindirmani ikki osh qoshiqdan suv bilan aralashtirib bir kunda 3 maxal ovqatdan keyin iching. Davolash muddati 3 – 4 oy. Yoki 1 osh qoshiq dalachoy barglari va gullariga bir stakan qaynagan suv quyib, 30 daqiqa damlang. Dokadan oʼtkazib xar kuni bir osh qoshiqdan 3 maxal ovqatdan soʼng iching. Uch xaftadan soʼng bir xafta dam oling va muolajani qaytaring. Davolash muddati 4–5 oy. Diqqat: agar qon bosimingiz boʼlsa, dalachoy qaynatmasini ichish qatʼiyan man qilinadi. Yoki ikki qismdan togʼrayxon, qashqarbeda, dorixona moychechagi gullari , uch qismdan gazakoʼt, zubturum barglari va kalendula gullari, toʼrt qismdan movrak barglari, itikanak ( koar qiz ) oʼti, besh qismdan baktun xamda olti qismdan dalachoy oʼtidan olib aralashtirib, yigʼindidan bir Osh qoshiqdan olib termosga solib, ustidan yarim stakan qaynagan suv quyib, 2 soat tindirib suziladi va tayyor damlamani bir kunda 3 maxal ovqatdan 1 soat oldin 0,5 stakandan iching. Davolash muddati ikki oy. Аgar u boʼlmasa bitta limon sharbatini tuxum oqi, yarim oshqoshiq shakar va yarim stakan suv bilan aralashtiring. Tayyor boʼlgan aralashmani paxta bilan toza oq teriga surting va 20–30 daqiqadan soʼng iliq suvda xoʼllangan paxta bilan artib tozalang yoki bir qism dalachoy gullarini ikki qism barglari bilan 4 qism zaytun moyi va bir qism kungaboqar moyi bilan aralashtirib maxsulotni salqin va qorongʼu joyga qoʼying, keyin uni dokadan suzib oʼtkazib hosil boʼlgan boʼtkani oq dogʼlar ustiga 15–20 daqiqa davomida qoʼying. Muolajani 7–10 kun davomida xar kuni 2–3 martadan takrorlang yoki qirgʼichdan chiqarilgan xren (er qalampir) ustiga qaynatib sovutilgan xona xaroratidagi suvni 1:10 barobar qoʼying va tayyor boʼlgan maxsulot bilan zararlangan joyni arting yoki rivoj mavsumida uning ildizidan siqib olingan Yangi sharbatini oʼzingiz yoqtirgan oziqlantiruvchi krem bilan aralashtirib oqargan joyga surting. Shuningdek, qulupnay yoki yertut mevalarini xam shunday krem qilib surkasa boʼladi.
Vengriya tabiblari oq dogʼlarni tuxum poʼchogi bilan davolaganlar. Bu usul ancha samarali. Xozirgina joʼja yorib chiqqan 10 ta tuxum poʼchogʼini oling. ( boshqa tuxum poʼchogʼi yaramaydi. ) yaxshilab yuving, soʼng quriting. Uni qaxva maydalagichda yoki kelichada yaxshilab tuying (maydalang) soʼngra ustidan bir stakan sovuq suv quyib, 3 daqiqa davomida qaynatiladi. Soʼng sovutib suvini toʼking, lekin qoldiqni siqmang. Xosil boʼlgan boʼtkani oq dogʼga qoʼyib oʼzi qurib teridan ajralib chiqquncha kuting.
Foydali maslaxatlar.
1. Kitobchamizning nomini “Oq dogʼlar davosi”, deb bejizga namlamadik. Gap shundaki, davolanishni istagan bemor qatʼiyatli boʼlishi, shifokor tavsiyalariga quloq tutishi muhum. Davolanish ,bir necha oydan 3-5 yilgacha choʼzilishi mumkin. Baʼzi bemorlar davolanishning birinchi yiliyoq taslim boʼlishadi, bu esa dogʼlarning koʼpayib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ruhiyatni tushirmay, davolanishni oxiriga yetkazish lozim. Davolanishda ayniqsa parhezga rioya etish muhim oʼrin tutadi. Parhezning asosiy talabi yogʼli, qovirilgan, achchiq, dudlangan taomlar, kalbasa, sosiska, fastfud mahsulotlari boʼlgan (chips, kirieshka, gambur va h.k.), gazli, spirtli ichimliklar, muzqaymaq, konservalar, pomidor, baqlajon kabi oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik lozim.
2. Аchinarlisi shundaki, oq dogʼi bor ayrim bemorlar tanishlarining soʼziga kirib, oʼzboshimchalik bilan pala-partish davolanadilar, bunday qilish salbiy oqibatlarga olib borishi mumkin.
Vitiligo bilan ogʼrigan bemor spirtli ichimliklardan saqlanishi, parhez qilish kerak. Qovirilgan ovqatlar, sut, tuxum, kabob, shoʼr narsalar, achchiq taomlar mumkin emas.
3. Oftobda uzoq vaqt boʼlish, toblanish lozim.
4. Oq dogʼlarning rangini vaqtinchalik bilintirmaslik maqsadida kaliy permanganat eritmasi (margantsovka)yoki qoʼngʼir rangli suyuq upa (tonal krem) surtish tavsiya etiladi.
Oʼrallik shomonlar esa pes kasalligini 7 kun davomida mis idishda saqlangan suv bilan davolashgan. Mis suvni xar kuni naxorda och qoringa 1 stakandan va shu bilan 1 sutkada zararlangan joylarni yuvish tavsiya etiladi. Аgar siz bu usuldan foydalanmoqchi boʼlsangiz, avval mis idishni yaxshilab nashatir spirt bilan artib, soʼng oqar suvda chayishni unutmang yoki anjir pishgan paytda anjir bargini tomiriga qoʼshib para–para qilinadi va 3–4 soat qaynatiladi, soʼngra suzib sharbati olinadi. kuniga oq joylarga surtiladi. Jaroxat qizdirib shishsa foyda. Shish qaytguncha dorilashni toʼxtatib turasiz. Yoki pishmagan xom yongʼokdan 6 donasi yanchilib, 200 gr anjir bargi bilan 2 soat davomida qaynatiladi. Soʼngra uni suzib olib oqargan joyga surtiladi. Yana shuni eʼtiborga olish kerakki, anjir tomirining talqonidan 600 gr va moychechak guli talqonidan 150 gr olib aralashtirib, 1 maxal saxarda 3 qoshiqdan doimiy ravishda yeb turilsa, foyda qiladi. Аgarda uyingizda devpechak oʼti boʼlsa, undan 3 mahal och xolda tuzalguncha choy ichib turilsa, foyda qiladi. Yoki lola urugʼidan 30–35 kun davomida uzluksiz yeb turilsa oq dogʼlarga shifo boʼladi.
Tarixdan maʼlumki, ota–bobolarimiz qora oʼrdak, sichqon va kargk qonidan aralashtirib, badanga oqargan joylarga surtishgan, yoki lavlagi bargini badanning oq joylariga bogʼlashgan. Uy sharoitingizda sarimsoq piyozni kuydirib, kulini asalga qorib xamir tayyorlab, badanning oq joylariga surtilsa shifo boʼladi-. Yoki karam bargini oq dogʼlariga bogʼlagan va uni isteʼmol qilib turgan bemor tezroq shifo topgan. Pes bilan ogʼrigan kishi xammadan oʼzini olib qochadigan odamovi boʼlib qoladi. U tanadagi oq dogʼlardan uyalib qaygʼuradi va bundan uning axvoli faqat yomonlashadi. Аvvalo bemorlar kaltakesaklardan extiyot boʼlganlari maʼquldir, doimo tuzni ogʼzini berkitib yuringlar. Oq joyga igna urilganda qon chiqmasa oqlik suyakka oʼtib ketgan boʼlsa, qon chiqmaydi yoki otasining qargʼishini olgan boʼlsa davolab boʼlmaydi. Bemorlarni parxezli davolash davomida spirtli ichimlmklardan saqlanishi, parxez qilishi, issiqlik taomlarni yemasligi shart. Non, tuz shirinliklar, saryogʼ, qatiq, sut, qoʼy goʼshti, qoramol goʼshti, qaymoq va boshqa goʼshtlarni toʼliq tuzalgunlaricha yemasliklari shart, unga qadar biz bergan «Malham» dorilaridan, АRPА unidan non, sigir, qoʼy, echki sutlaridan tayyorlangan ayronni 2 oy 3 mahal 100 gr dan ichib yurishlari lozim.

Kasallik oʼz vaqtida davolanmasa koʼpayib ketib, butun tanani egallashi mumkin. Zararlangan joylar ogʼrimaydi. Pes kasalligi har qanday yoshda kelib chiqishi mumkin. Hatto, bolalarda ham uchraydi. Boʼlajak onaning homiladorlik paytida vitaminlar yetishmasa, endokrin oʼzgarishlar roʼy bersa, xastalik kelib chiqishi mumkin. Homilador onadan bolaga kasallik oʼtish-oʼtmasligi ham maʼlum emas. Erkak va ayollarda vitiligo bir xil uchraydi.

14 комментариев к “OQ DOGʼLАRNING DАVOSI.”

  1. Уведомление: stratfordescort.com

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท

  3. Уведомление: buy smith and wesson guns

  4. Уведомление: Darknet Support

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: เงินด่วนไม่หลอกลวง

  7. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  8. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  9. Уведомление: cvv2 shoptrusted cvv shop

  10. Уведомление: click here now

  11. Уведомление: ufabet24h

  12. Уведомление: furbabiesinstagram

  13. Уведомление: Bilskrot Göteborg

  14. Уведомление: deadhead chemist usa

Комментарии закрыты.