Ota haqida sherlar toʻplami

DO`STLARGA ULASHING:

Boshda tojim yagona qizim!
Faxr bilan aytasiz Ota!
Ikki óg’lim ikki qanotim,
Bir qanotiz xasta Ota!

Bu dardlarim balki baxtim,
Siz kuyunmang, siqilmang Ota!
Yigʻlaganim mening kulganim,
Dalda berib aldamang Ota!

Peshonada bori bu axr,
Aybimiz yóq bizni Ota!
Kunlar kelib qilamiz faxr,
Menga omad kuladi Ota!

Pinxon emas mening dardlarim,
Oshkor qilib qoʻrqmadim Ota!
Yurakda bor katta armonim,
Sizga suyanch boʻlmadim Ota!

Sizga hamrox munis Onam!
Umidingiz soʻnmasin Ota!
Xizmatizda Opam, Akam!
Gʻururingiz sinmasin Ota!

Men bechora boʻlib qolmayman,
Bir kun orzu ushalur Ota!
Shu soʻzimni aniq aytgayman,
Vada berib bajargum Ota!

Sizga Shamshod boʻldi tashvish,
Ammo gʻamgin boʻlmadiz Ota!
Bólmang sira boʻlmang xomush,
Sizdeb oʻtar umrim Ota!

Otajonim omon boʻlsangiz

Har qanday kun oʻtib ketadi,
Nigohlarim koʻklarga yetadi,
Har bir onim baxtli etadi
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Jarohatu dardimga davo
Ushbu koʻzlar, umrimga maʻno,
Jannatlardan bersin nur mavo,
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Ozor berib qildim koʻp gunoh,
Yoshlik qilib koʻp bo’ldim gumrox,
Hayotimga malakdek hamrox
Otajonim omon  boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizdek hech kim berolmas vafo,
Men-chi faqat beroldim jafo,
Hali mendan koʻrasiz safo,
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Siz deb ursin vujudda yurak,
Menga boshqa yana ne kerak!
Bittagina bebaho tilak!
Otajonim omon bo’lsangiz,
Onajonim omon bo’lsangiz.
Sizlar menga armugʻon doim,
Panohingda asra Xudoyim,
Qo’lim ochib, yangrar duoyim:
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Boʻlaman ha, albat oriyat,
Sizga hamroh boʻlsin ofiyat,
Har on boʻlar dilda bir niyat:
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizsiz mening abadiy taxtim,
Bu soʻz mening buzilmas axdim,
Har lahzaki bud boʻlar baxtim
(Faqat mana shu mening baxtim)
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.

Otam

Ey umrim javhari davlatim Otam,
Dillari quyoshdur mehribon Otam,
Sizga izdoshdurman abadul-abad,
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam.

Bu dunyo sinovli yolgʻonchi dunyo,
Oʻtgaydur umrlar misoli daryo,
Do’st degan ulfatim boʻlsada ammo,
Boʻlolmas siz kabi dartkashim Otam.
Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni eshitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib boʻlibman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.
Bogʻ ichra gurkirar chamanzor ravon,
Tinmagay har nafas mehnatkash bogʻbon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qoʻli gul bogʻbonim Otam.
Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur koʻkdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda soʻzim,
Togʻ kabi sarviqor osmonim Otam.
Joningizga jon boʻlolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa edi berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bogʻim,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!!

Ota haqida sher: Dadam

Sochlariga oralagan oq,
Ko’rsatganlar hayotdan saboq,
Sizni rozi qildimmi yo yoʻq?
Shu savolga qo’yarman soʻroq.

Xech kimsadan kam ham qilmagan,
Mehnat qilib sira tinmagan,
Unitgandir balki o’zini,
Ammo har dam bizni oʻylagan,
Katta yoʻlga qoʻyganda qadam,
Doyim meni qo’llagan dadam.
Yiqitganda beshavqat dunyo,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan dadam.

Ota haqida sher: Temirdan qattiqroq qalqonim, ota

Yelkangiz oʻparkan quyosh ham bota,
Qarshilab barchani bir-bir uyg’ota,
Bolangiz ko’ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!

Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!

Gullar titrasada boʻston vahmida
Eʻzozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
Oʻzin yer aylagan osmonim, ota!

Bolam deb nigohi gʻunchadek soʻlgan,
Ogʻir sinovlarda ne boʻlsa-boʻlgan…
Yuzi qaygʻursa-da, koʻzlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!

Biror lugʻati yoʻq yigʻlab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yigʻlagan tushda
Yillarga ulgʻaygan armonim, ota!

Sizga men shu bukun qoʻshigʻim aytdim,
Qadringizni oʻylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan boʻlsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!

Men siz uchun armon boʻldim

Mehringizni, boringizni ayamasdan,
Bolamga deb yugurdingiz yeldingiz,
Odam boʻlsin, oʻqisin deb charchadingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.

Kasal boʻlsam tabiblarga yugurdingiz,
Kechalari uxlamasdan tik turdingiz.
Alloxim, sen shifo ber, deb yosh toʻkdingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.

Qariganda umid qilib mexru-shafqat,
Qoʻpol soʻzni oldingiz-ku mendan faqat.
Farzandimni asragin, deb panox soʻrab,
Evaziga, onajonim nima berdim?
siz uchun-chi. otajonim nima qildim.

Oqladimmi «farzand» degan buyuk nomni?
Ayadim-ku axir kulcha nonni.
Mexmon qilib yozmadim-ku dasturxonni,
Onajonim, men siz uchun nima qildim?
Otajonim, men sizlarga nima berdim?

Ota yo’qligingiz bilindi

Ota yoʻqligingiz bilindi bugun,
Yuragim yonmoqda yolgʻiz lovillab.
Yonimda edingiz toʻq edi koʻglim,
Uyimiz qoldiku sizsiz huvillab.

Ota yoʻqligingiz bilindi bugun,
Hammayoq sukunat hamma yurar jim.
Charchab horib ishimdan keldim,
Bolam yaxshi keldingmi deb aytmadi hech kim.

Ota yoʻqligingiz bilindi bugun,
Koʻchada yuribman bir oʻzim yolgʻiz.
Doim tergardingiz xavotir olib,
Qani qaytsa edi oʻsha dam essiz.

Ota yoʻqligingiz bilindi bugun,
Sizni doim xotirlayman tunu kun.
Koʻnglimga qil xam sigʻmaydi bugun,
Bugun sizsiz tugʻilgan kunim.

Avvallari shu kunni intiq kutardim,
Dadajonim kelar deb eshik poylardim.
Kuta kuta qolmadi tanamda jonim,
Bugun esa yoqsiz jon ota jonim.

Ota yoʻqligingiz bilindi bugun,
Koʻzlarim kulsayu yurak yigʻlasa.
Bu dunyoda yashab ne qildim,
Sizsiz xayotimda mazmun bolmasa.

Bolasidan ayrilgan ota

Qiynoqlarga chidolmay abgor,
Umri oʻtdi dard bilan yota.
Koʻzyoshlari — tugalmas anhor,
Bolasidan ayrilgan ota.

Sindi sabri, tugadi toqat,
Oʻziga ham qilmadi shafqat.
Tushida ham bolasi faqat,
Bolasidan ayrilgan ota.

Oʻz-oʻzidan kechmogʻi tayin,
Sogʻinch azob berar kun sayin.
Koʻzyoshlari tomadi mayin,
Bolasidan ayrilgan ota.

Har goʻshasi dardning oʻchogi,
Yuragida armon pichogʻi.
Makonidir xasrat quchogʻi,
Bolasidan ayrilgan ota.

Ogʻir yukni kotardi, mana,
Dunyolar ham titradi yana.
Umri endi misli vayrona,
Bolasidan ayrilgan ota.

Azob berar ayriliq qoʻli,
Makonidir Mashrabning choʻli.
Nadomatga eltar har yoʻli,
Bolasidan ayrilgan ota.

Unutadi oʻzin qadrini,
Togʻlar hayron koʻrib sabrini.
Bolasini yoʻqlar qabrini,
Bolasidan ayrilgan ota.

Otang gʻanimatdir

Kel bir zum chetga sur, dunyo tashvishin,
Bir muddat oʻylama uy-roʻzgʻor ishin.
Yoʻlingga intizor eng yaqin kishing,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Otangdek inson yoʻq koʻngli oq, halol,
Topilmas onangdek mehribon ayol.
Bugun hayot boʻlsa, ertaga hayol.
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Holidan xabar ol takror va takror,
Erta ota onang topilmas zinhor.
Hatto asaldan ham shirindir diydor,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Borligi bir neʻmat, soʻzi ming hikmat,
Ularning hayoti bizga dars, ibrat.
Borib duosin ol, fursat gʻanimat,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Gar seni yoʻqlasa hozir boʻl darhol,
Xizmatin qilish hech kelmasin malol.
Erta afsus qilib yurma, quloq sol:
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Otangning sochiga tushibdi qirov,
Onangning yuzlari ajindan «bezov».
Hech bergan mehringni qilmagin oʻlchov,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang.

Dadajonim

Yuragimga toʻlib ketdi oh dardlarim,
Na bolamga, na yorimga aytolmadim.
Erta ketib qolar deya oʻylamasdim,
Bilganimda sizla oʻtib lahza onim,
Jilmas edim yoningizdan dadajonim.

Toʻylarimga bosh boʻlsangiz boʻlardiku,
Gʻarib koʻnglim koʻz yosh toʻkmay yurardiku,
Nabirangiz bobojon deb suyardiku,
Sizsiz bugun omonatga oʻxshar jonim,
Yuragimga darmon boʻlgan dadajonim.

Togʻ edingiz men suyangan endi netay,
Dardlarimni koʻnglim ochib kimga aytay,
Judolikdan ayting ota qayga qochay,
Siz edingiz mening baxtim shuxrat shonim,
Obod boʻlsin oxiringiz dadajonim.

Qaytib keldi qish ham oʻtib yana bahor,
Sogʻinaman mayus koʻnglim chekar ozor,
Koʻrolmasman nahot sizni endi zinhor,
Tebratadi yeru koʻkni bugun ohim,
Tashlab ketdi deya meni dadajonim.

Otamni, onamni asragin olloh

Chiroyli hayotni tuxfa aylagan.
Farzandlarin shoxdek yuksak saylagan.
Oʻzini unutib bizni oʻylagan.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Xayotda goxi payt chekib zaxmatni.
Sabr va shukurda qilgan mehnatni.
Sira aytmadilar biror minnatni.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Jonini fidolar qilib yashaydi.
Baxtni quchib, gʻamni ortga tashlaydi.
Biri quyosh, biri oyga oʻxshaydi.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Xizmatida boʻlay, dunyo turguncha.
Yoshim ulgʻayibdi, qadrin bilguncha.
Men xali ularni rozi qilguncha.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Duosini oling

Gʻanimatmiz umr oʻtar yelday yelib,
Dunyoga bir sinchkov nazar soling doʻstlar,
Olisdasiz uyingizga qaytib kelib,
Otangizni duosini oling doʻstlar.

Derlar kimga vofo qildi dunyo azal,
Uzoqdagi bugʻdoy nondan somon afzal,
Yoʻlingizga mayusgini boqqan oʻshal,
Otangizni duosini oling doʻstlar.

Millatimiz oʻzbek erur qoʻrgʻoni keng,
Imoni keng, dargohi keng, osmoni keng,
Bu dunyoda hech narsa yoʻq duoga teng,
Otangizni duosini oling doʻstlar.

Davlatlarning toji ekan, ota
Ota- ona umrlarning yozi ekan,
Ota rozi boʻlsa xudo rozi ekan,
Otangizni duosini oling doʻstlar.

Uzoq qolmang maqsadi yoʻq safarlarda,
Qaytmoqqa yoʻl bordir oʻsha shaharlarda,
Tahoratga suv ilitib saharlarda,
Otangizni duosini oling doʻstlar.

Yaratganning marhamati biling cheksiz,
Siz Temursiz siz Bobursiz, Ulugʻbeksiz,
Mening uchun jigar aka ukadeksiz,
Otangizni duosini oling doʻstlar.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek